• U = U + u 2 . (7.12)
  • Nazorat savollari
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet38/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    U
    Vi
    h

    1=1,

    i) y

    > 0




    u*

    i




    xS

    u'

    l s
    i—Jk

    \ - _c




    U
    IJ'

    1. rasm. Katta quvvatli AT o‘zagida chulg'amlamingjoylashtirilishi (a) va oshimvchiAT ningprinsipialsxemasi (b hamda chulg'amining bir qismi ikkilamchi chulg‘am vazifasini bajaradigan kam quvvatli bir fazali pasaytiruvchi AT ning prinsipial sxemasi (d) .

    Ketma-ket chulg‘amda hosil bo'ladigan EYK E2 tufayli AT ning birlamchi va ikkilamchi tomonlarida har xil (U va U') kuchlanish olish mumkin bo‘ladi. Oshiruvchi AT da ketma-ket chulg‘amni kirish tarmog‘ining “x” uchiga shunday ulash lozimki, bunda uning kuchlanishi U2 birlamchi tarmoq kuchlanishi U ga qo‘shilib, uni U' gacha oshirsin, ya’ni:
    U' = U + u2 . (7.12)
    AT ning ketma-ket chulg‘ami kirish va chiqish tarmoqlari bilan kontaktda bo‘lgani tufayli uning izolatsiyasi YK tarmoq kuchlanishi (U')ga mo‘ljallab hisoblanishi lozim.
    AT dagi asosiy elektromagnit jarayonlami oydinlashtirish maqsadida undagi kam qiymatli salt ishlash isroflari, kuchlanish pasayishlari va magnitlovchi tokni e’tiborga olmagan holda quyidagi nisbatni yozish mumkin:
    U / U' = Ej/ (Ej + E2) = 1 / (1 +1 / kw), (7.13)
    bu yerda
    kw = E,/E2 = wi / w2 (7.14)
    — AT da chulg‘amlar o‘ramlari sonlarining nisbati orqali ifodalangan transformatsiyalash koeffitsienti.
    Shunday qilib, kuchlanishni o‘zgartirish (oshirish yoki pasaytirish) xarakteri odatdagi kuch transformatorida chulg‘amlar o‘ramlari sonlarining nisbati orqali aniqlansa, kuch avtotransformatorida bu xarakter chulg‘amlarni elektr ulash sxemasiga bog‘liq bo‘ladi. Albatta, U/U' nisbatga chulg‘amlar o‘ramlari sonlarining nisbati ham ta’sir qiladi. Shuning uchun AT da ikkita transformatsiyalash koeffitsientining farqiga borish zamr:

    1. chulg‘amlar o‘ramlari sonlarining nisbati (7.14) bilan aniqlanadigan transformatsiyalash koeffitsienti kw;

    2. salt ishlashda (I' = I2 = 0) AT ga kirishdagi (U) va undan chiqishdagi (U') tarmoq kuchlanishlari kattaliklarining nisbati bilan aniqlanadigan transformatsiyalash koeffitsienti k^:

    1. pasaytimvchi AT uchun (7.5,6-rasm) —

    k„ = 1 + 1 / kw > 1. (7.15)

    1. oshimvchi AT uchun (7.5,c-rasm) —

    k'u = U / U' = kw/(l+ kw) < 1 ; (7.16)
    AT ning barqaror ish rejimi elektromagnit jarayonlari quyidagi tenglamalar sistemasi bilan xarakterlanadi:
    a) -Ui=Ei-hZu b) U? = -LZ2, '

    1. l!+L/kw = Io, d) E,=E2kw. | (7J7)

    AT ni ishlab chiqarish uchun materiallar sarfi, uning gabaritlari va tannarxi odatdagi transformatordagi kabi elektromagnit quwat Sem orqali aniqlanadi.
    Kirishdagi (U) va chiqishdagi (U') tarmoq kuchlanishlari nisbati U'/ U =1,25+2,5 bo‘lgan hollarda AT ni elektroeneigetika sistemalarida katta quwatli elektr tarmoqlarni biriktirishda o‘zgartirgich sifatida qoilanilganda katta samara beradi.
    AT ning ikkilamchi tomonidagi kuchlanish o‘zgarishi ikki chulg‘amli transformator uchun ishlatilgan formulalar bo‘yicha hisoblanadi, chunki AT ning almashtirish sxemasi transformatomikiga o‘xshash bo‘lib, faqat parametrlarining kichikligi bilan farqlanadi.
    Katta quwatli AT larda FIK r\ = 99,5+99,7 foizga teng.
    Uch fazali ikki chulg‘amli AT ning fazaviy chulg'amlari “yulduz” sxemasi bo‘yicha ulanadi; uch chulg'amli katta quwatli AT ning PK chulg‘ami esa “uchburchak” sxemasi bo‘yicha ulanadi.
    Uch chulg‘amli AT da PK chulg'amning asosiy vazifasi elektr uzatish liniyasini tokning 3-garmonikasidan himoya qilishdan iborat. Uni alohida tarmoqqa ulab manba sifatida ishlatib bo‘lmaydi; faqat ayrim hollarda elektr ta'minoti sistemasi quwat koeffitsienti coscp ni oshirish maqsadida sinxron kompensator yoki zamr bo‘lganda reaktor ulash mumkin, xolos.
    AT laming afzalliklari quyidagilardan iborat:

    1. aktiv (mis, elektrotexnik po‘lat) va izolatsion materiallar kam sarflanadi; 2) gabarit o‘lchamlari nisbatan kichik; 3) FIK nisbatan katta, tannarxi esa arzon.

    Kuch AT lari katta quwatli sinxron va asinxron motorlarni ishga tushirishda hamda yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida bir-biriga yaqin, masalan, 110 va 220 kV; 220 va 500 kV kuchlanishli elektr sistemalarini bogiashda qoilaniladi.
    AT ning transformatsiyalash koeffitsienti kw> 2,5 bo‘lsa hal qiluvchi hisoblanadigan quyidagi kamchiliklarga ega bo ‘ladi:

    1. pasaytiruvchi AT da I ning katta bo‘lishi; 2) yuqori kuchlanish tomonining past kuchlanish tomoni bilan elektr jihatdan ulanganligi sababli, butun chulg'am izolatsiyasining juda katta elektr mustahkamlikka ega bo'lishini talab etadi; 3) pasaytiruvchi katta quwatli AT larda past kuchlanish tarmog‘ining simlari bilan yer orasida xavfsiz ishlatish shartlariga aslo to‘g‘ri kelmaydigan katta kuchlanish paydo bo‘ladi.

    Nazorat savollari:
    7. Uch chulg'amli transfomator qanday ishlaydi?

    1. Uch chulg‘amli transfomatoming qanday afzalliklari bor?

    2. AT ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

    3. AT ning afzalliklari nimalardan iborat?


    1. Download 3,86 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172




    Download 3,86 Mb.