|
BOB. IKKI CHULG‘AMLI
TRANSFORMATORLARNING NOSIMMETRIK ISH
REJIMLARL TRANSFORMATORLARDA 0‘TISH
JARAYONLAR
|
bet | 39/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovBOB. IKKI CHULG‘AMLI
TRANSFORMATORLARNING NOSIMMETRIK ISH
REJIMLARL TRANSFORMATORLARDA 0‘TISH
JARAYONLAR
, 8.1. Ikki chulg‘amli transformatorlarning nosimmetrik
ish rejimlari
Uch fazali transformatorlami elektr ta’minoti sistemalarida ishlatish jarayonida nosimmetrik ish rejimlari tez uchrab turadi. Bunga transformator fazalariga ulanadigan bir fazali iste'molchilaming har xil taqsimlanishi, ya’ni fazalarga ulanadigan elektr yoritgich chiroqlari yuklanishining notekisligi, katta quwatli bir fazali iste’molchilarga kiradigan payvandlash transformatorlari, induksion pechlar, nosimmetrik qisqa tutashuvlar sababchi bo'ladi.
Fazalardagi yuklama tokining nosimmetrik bo‘lishi liniya va faza kuchlanishlarini ham nosimmetrik qilib, iste'molchilarga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, o‘zgamvchan tok motoriga nosimmetrik kuchlanish berilsa, uning quwati kamayadi; elektr yoritgich chiroqlarining yoritishi yomonlashadi va boshqalar. Transformatoming o‘zida esa qo‘shimcha isroflar hosil bo‘lib, uning FIK kamayadi va qizishi oshadi. Shu sababli transformatoming nosimmetrik rejimlarini o ‘rganish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Simmetrik tashkil etuvchilar usuli. Nosimmetrik ish rejimlarini tekshirishda simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalaniladi. Birlamchi chulg‘am kuchlanishlari simmetrik bo‘lib, katta quwatli elektr tarmog'iga ulangan uch fazali transformatoming ikkilamchi toklari nosimmetrik bo‘lganda nosimmetrik uch fazali toklar, kuchlanishlar va magnit oqimlar sistemasini uchta simmetrik sistema, ya’ni fazalaming to‘g‘ri, teskari va nol ketma-ketliklariga ajratish mumkin (8.1-rasm).
Transformator nosimmetrik yuklama bilan ishlaganda fazaviy toklarining qiymati har xil bo‘ladi va ularning fazalariaro siljish burchagi 120°ga teng bo‘lmaydi.
rasmda: \a,\b,lc~ nosimmetrik toklar sistemasi; \a(l), IM1), Ic(1) — to‘g‘ri ketma-ketlikli simmetrik toklar sistemasi (bundagi toklaming moduli o‘zaro teng); Ifl(2), IW2), I[<2) — teskari ketma-ketlikli simmetrik toklar sistemasi (bundagi toldar ham modul jihatdan o‘zaro teng va ulaming fazalar ketma-ketligi teskari); I^, IA(0), — nol
rasm. Nosimmetrik toklar sistemasini simmetrik tashkil etuvchilarga
ajratish.
ketma-ketlikli toklar sistemasi (bunda toklar modul jihatdan teng bo‘lib, o‘zaro siljish burchagi esa 0° ga teng, ya’ni fazalari mos tushadi).
Nol ketma-ketlikli toklaming qiymati hamma fazalarda o‘zaro teng va yo'nalishlari bir xil bo‘lgani tufayh, bunday kontur faqat transformator chulg‘ami “yulduz (Y)” sxemasiga ulanib nol simi tashqariga chiqarilgan bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi.
Bu holda fazalaming nol ketma-ketlikli toklari nol simi orqali tutashadi (8.2,a-rasm). Chulg‘amning nol simidagi toki In fazaning nol ketma-ketlikli toki If(0) ga nisbatan uch marta katta bo‘ladi:
In = Ia+ l„+ Ic= 3 lm. (8.1)
rasm. «Nol simli yulduz» (a) ea «uchburchak» (b) sxemalari bo‘yicha ulangan chulg‘amlarda nol ketma-ketlikli toklar.
Agar transformatoming nol nuqtasi zaminlangan (yerga ulangan) bo‘lsa, nol simi vazifasini yer bajarishi mumkin.
Nol simli Y ulanishdan boshqa hamma ulanish sxemalarida ikkilamchi chulg'am liniyaviy toklari tarkibida nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilari bo‘lmaydi va bunda nosimmetrik toklar sistemasini simmetrik toklar sistemasiga ajratganda to‘g‘ri va teskari ketma-ketlikh toklar bo‘ladi, xolos.
Nol ketma-ketlikli toklar bo‘lmaganda simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalanmasdan, har bitta fazaviy chulg'amni mustaqil transformator sifatida alohida qarash mumkin.
|
| |