|
Transformatorning nol ketma-ketlikli qarshiliklarini tajriba yoUi bilan aniqlash
|
bet | 42/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovTransformatorning nol ketma-ketlikli qarshiliklarini tajriba yoUi bilan aniqlash. Transformatorning nol ketma-ketlikli qarshiligi Z(0) ni tajribada aniqlashda chulg'amda \= Ib= Ic= I(0) toklarni yaratish zarur bo‘ladi. Buning uchun transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'am fazalari ketma-ket (8.4,a-rasm) yoki parallel (8.4,6-rasm) ulanib bir fazali manbadan o'zgaruvchan tok beriladi.
Ikkilamchi chulg'am fazalari ketma-ket ulanganda ulagich “K” qo'shilgan bo‘lib, parallel ulanganida esa u ochiq bo‘lishi kerak (8.4-rasm).
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida Z(0), r(0) va x(0) qarshiliklar quyidagicha aniqlanadi.
rasm. Nol
ketma-ketlikli qarshiliklarni tajribada aniqlashga oid sxemalar: a — ketma-ket; b — parallel.
n
Tajriba 8.4,a-rasmdagi sxema bo‘yicha o‘tkazilganda:
Z(0) = U/(3 I), r(0) = P/ (3I2) , x(0) = ^Zj, -r(0) , (8.4)
8.4,6-rasmdagi sxema bo'yicha o‘tkazilganda esa:
z(0) = 3U/ I , r(0) = 3P/ I2 , x(0) = ^ZJ, -r(0) . (8.5)
Ikkilamchi chulg'amni ketma-ket ulash yoji bilan tajriba o‘tkazish nisbatan afzal hisoblanadi, chunki bu holda fazaviy toklarning tengligi barcha sharoitda ta’minlanadi.
|
| |