J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




Download 3,86 Mb.
bet45/172
Sana30.11.2023
Hajmi3,86 Mb.
#108639
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172
Bog'liq
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

Totg<‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar. To‘g‘rilagich qurilmalari rangli metallurgiyada (masalan, Olmaliq va Navoiy kombinatlari), kimyo sanoatida (Farg'ona, Chirchiq va Navoiy kombinatlari) texnologik jarayonni, qora metallurgiyada (Bekobod metallurgiya kombinati) esa jo‘valash mashina (stan)lari elektr yurit- malarini o‘zgarmas tok bilan ta’minlashda, elektrotermiyada, elektrlashtirilgan temiryo‘l va shahar elektr transportlarida, katta quwatli turbo- va gidrogeneratorlar qo‘zg‘atish sistemasida va boshqa ayrim sohalarda foydalaniladi.






  1. rasm. STN-500-I tipli payvandlash transformatorining tuzilishi (a) va ishining prinsipial sxemasi (sxemada reaktor ajratib ko'rsatilgan) (b): [1, 2 — tegishlicha YK va PK chulg ‘amtar; 3 — magnit o 'tkazgich; 4, 6 — reaktor magnit sistemasining qo ‘zg ‘almas (4) va qo ‘zg ‘aluvchi (6) qismlari; 5 — reaktor chulg‘ami; 7 — qo‘zg‘aluvchi qismni harakatga keltirish uchun dastakli yurituvchi vint; 8 — qo‘zg‘aluvchi qismning titrashini kamaytirish uchun prujina; 9ikkilamchi chulg'am va reaktor chulg'ami qisqichi; 10 — kojux; 11 — g'ildirak; 12 — payvandlanadigan detal; 13 — elektrod; 14 — tokli simning izolatsion tutqichi]; payvandlash transformatorining tashqi xarakteristikalari (d): [minimal (1) va maksimal (2) zazorlar uchun; U2elektr yoyining turg‘un yonishi uchun zaruriy kuchlanish].

Katta quwatli to‘g‘rilagich qurilmalari esa elektr tarmog'iga maxsus maqsadli kuch transformatorlari orqali ulanadi.
0‘zgartirgich agregati maxsus maqsadli kuch transformatorlari ikkilamchi chulg'am fazalari soniga ko‘ra — bir, uch, olti, 12 va 24 fazali (24 fazalini bitta transformatorda faqat ko'prik sxemasida hosil qilish mumkin) turlarga bo‘linadi.
To‘g‘rilagich sxemalarida ishlatiladigan transformatorlarning ik- kilamchi chulg'amiga tokni faqat bir yo‘nalishda o‘tkazadigan ventillar ulanadi. Bunday transformatorning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning turli fazalariga ulangan ventillar navbatma-navbat ishlaganligi tufayli, ayrim fazalarida yuklama qiymatining bir xil bo‘lmasligidir.
Bunday transformator chulg‘amlaridan nosinusoidal toklar o‘tadi. Tokning yuqori garmonikalari quyidagi sabablarga ko‘ra hosil bo‘ladi:

  1. ikkilamchi chulg‘amning ayrim fazalariga ulangan ventillar tokni o‘zidan davrning faqat bir qismidagina o‘tkazishi;

  2. to‘g‘ri!agichning o‘zgarmas tok tomoniga induktivligi katta bo‘lgan tekislovchi drossel ulanganligi tufayli transformator chulg'amlaridagi tokning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli to‘g‘ri burchakka yaqin bo‘lishi.

0‘zgartirgich qurilmalari maxsus maqsadli kuch transformatorlarida, umumiy holda, I, va I2 toklarning ta’sir etuvchi qiymatlari yuqori garmonikalar ta'sirida har xil bo‘lishi natijasida S1N va S2N hisoblash quvvatlar har xil bo‘ladi. Shuning uchun ventilli to‘g‘rilagich transformatorining «tipaviy quwati» tushunchasi kiritiladi (tipaviy quwat

  • o‘zgartiigich qurilmasi transformatorining tipigaoid bo'lgan quwat).

0‘zgartirgich qurilmalarining maxsus maqsadli kuch transformator- larining tipaviy quwati to‘g‘rilash sxemasidan bog‘liq holda(masalan, 6 fazali to‘g‘rilash sxemasida) (9.3-rasm) quyidagicha aniqlanadi:
S1Ip = 0,5 (S1N + S2N) = 1,26 PdN, (9.1)
bundaS1N=3I1NUlfN= l,045PdN, S2N= 6I2NE2CN=1,48PdN, [PJN= UJNIdN

  • to‘g‘rilagichning o‘zgarmas tok tomonidagi (chiqishidagi) quwati].

11N va I2N — tegishlicha tarmoq va ventil chulg‘amlarining toklari;
U1N va E2fN — tarmoq va ventil chulg'amlarining tegishlicha fazaviy kuchlanishi va EYK.
Tipaviy quwat koeffitsienti — Ktip= Slip//PdN.To‘g‘rilagich qurilmasi uchun transformator tanlashda bu koeffitsient ma’lum bo‘lishi lozim.
Yuklamanominal bo‘lgandatransformatoming tipaviy quwati S(ip, uning chiqish quwati PdN dan katta(Slip> PdN) bo‘Iadi.
Maxsus maqsadli kuch transformatorining quwatiga va qo‘llanish sohasiga bog‘liq holda uning to‘g‘rilangan kuchlanishi 6 V dan bir necha ming voltgacha, to‘g‘rilangan tok esa 2 A dan 200 kA gacha bo‘lishi mumkin.
0‘zgartiigich qurilmalari uch fazali transformatorlarining tarmoq chulg'amlarini «yulduz»ga, ayrim hollarda esa «uchburchak»ka ulanadi; ventil chulg‘amlari «yulduz», «qo‘sh yulduz» (to‘g‘ri va teskari), «uchburchak-yulduz», «zigzag» sxemalarga ulanadi. Qo‘sh yulduzning

  1. rasm. Uch fazali kuchlanish- lar sistemasini olti fazaliga o ‘zgartirish sxemasi va uning vektor diagrammasi.

neytrallari tenglashtiruvchi reaktor orqali ulanadi. Bunda tarmoq chulg'ami uch fazali tarmoqqa ulanganda ventil chulg'ami tomonida to‘g‘rilagichning ulanish sxemasiga bog'liq holda uch, olti (9.3-rasm) yoki 12 fazali to‘g‘rilashga imkon tug'iladi.
To‘g‘rilashning olti fazali sxemalari asosan quwati 250+4000 kW bo‘lgan o'zgartirgich agregatlarida, undan katta quwatlilarida esa 12 fazali sxemalar ishlatiladi.
Avtomatika qurilmalari uchun transformatorlar

  1. Impulsli transformatorlar. Bunday transformatorlar impulsli texnika qurilmalarida elektr impulsi amplitudasini va qutbiyligini o‘zgartirish, yuklama zanjiri tokining doimiy tashkil etuvchisini yo‘qotish kabi vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Impulsli transformatorlar tok (yoki kuchlanish) impulsining qayta magnitlanishi rejimida ishlaydi.

Bunday transformatorlarga qo'yiladigan asosiy talab - transformatsiyalangan kuchlanish impulsining shakli imkon qadar buzilmasligi kerak.

  1. Pik-transformatorlar. Elektron texnikasida boshqariladigan ventil (masalan, tiristor)ni rostlash uchun kuchlanish impulsi keskin o'tkir (piksimon) shaklda bo'lishi kerak. Bunday impulslarni sinusoidal o‘zgarayotgan kuchlanish berilgan pik-transformator yordamida olish mumkin.

Pik-transformator — o'zagi magnit jihatdan kuchli to‘yingan odatdagi ikki chulg‘amli transformatordir. Shu sababli transformatorning
ikkilamchi chulg‘amida pik (cho‘qqi)simon shakldagi kuchlanish U2 liosil bo‘ladi. Magnit oqim O va tok i, nol qiymatidan o‘tish paytida ikkilamchi kuchlanish maksimum (U2niax) qiymatga erishadi.


  1. Download 3,86 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   172




Download 3,86 Mb.