• Shahar elektr transporti kuch transformatorlari.
  • x25 kV sistemali tortish transformator p'odstansiyalarida bir fazali kucli




    Download 3,86 Mb.
    bet47/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    2x25 kV sistemali tortish transformator p'odstansiyalarida bir fazali kucli transformatorlari qoMlaniladi. Ularning ikkilamchi chulg‘ami har t|aysisi 25 kV kuchlanishli ketma-ket ulangan ikkita seksiyadan tashkil lopgan (9.5-rasm). Seksiyalar bunday ulanganda kontakt tarmog‘ini 50 kV kuchlanish bilan ta'minlashga imkon beradi. Bu kuchlanish


    9.4-rasm. Elektrlashtirilgan temiryo 'lning 2x25 elektr ta 'minoti sistemasi tortish podstansiyasidagi ikkilamchi chulg'ami boTmgan bir fazali maxsus maqsadli kuch transformatori: (1 — bir fazali kuch transformatori; 2bir fazali kuch AT; 3 — elektr energiyani ta 'minlovchi maxsus liniya; 4 — kontakt tarmog‘i; 5 — rels tarmog‘i).

    temiryo‘1 bo‘ylab maxsus AT punktlarida joylashtirilgan liniya AT lari yordamida rostlab turiladi.


    Shahar elektr transporti kuch transformatorlari. Shahar elektr tarmoqlari xususiyatidan kelib chiqqan holda bunday maxsus maqsadli kuch transformatorlarining birlamchi kuchlanishi 6; 6,3; 10 va 10,5 kV bo‘ladi.
    Tramvay-trolleybuslarni elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2= 600 V boMgan TMP-800/10; TMP-1600/10 va TMP-3200/10 tiplari ishlatiladi.
    Ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2= 825 V, quwati 3200 kV A gachabo‘lgan TMP-1600/10, TMP-3200/10 vaTSZP tipdagi quruq maxsus maqsadli kuch transformatorlari metropoliten elektr ta’minoti uchun ishlatiladi.

    1. Elektr o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar

    Bunday transformatorlar o‘zgaruvchan tok zanjirlarida elektr o‘lchash asboblari (voltmetr, ampermetr, vattmetr va boshq.)ning o'lchash chegaralarini kengaytirish va yuqori kuchlanish tarmoqlarida mazkur asboblar bilan ishlash xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ishlatiladi. Bundan tashqari releli himoya asboblarini ulashda ham foydala- niladi. Bunday transformatorlarni «o‘lchash transformatorlari» deyi- ladi. Ularning quwati 5 V A dan bir necha yuz V A gacha bo‘ladi. 0‘1- chov transformatorlari kuchlanish va toklarni o‘zgartirganda xatolik mumkin qadar kam bo‘lishining zarurligi ularga qo'yiladigan asosiy talabdir.

    1. Kuchlanishni oMchash sxemalari uchun transformatorlar.

    Bunday transformatorlar kuchlanishi 0,38^-1150 kV bo‘lgan o‘zga- ruvchan tok tarmoqlari kuchlanishini o'lchash sxemalarida ishlatiladi. Shu sababdan ulami «kuchlanish transformatorlari» deyiladi. Mazkur transformator pasaytiruvchi bo‘lib, birlamchi chulg‘amda kuchlanish nominal (masalan, 3; 6; 10; 35; 110 kV va boshq.) bo'lganda ikkilamchi
    kuchlanishi 100, 100/ ^/3 yoki 100/3 VboMadigan qilib bajariladi. Uning
    ikkilamchi zanjiriga voltmetr hamda vattmetr, chastota o'lchagich, energiya hisoblagich (schetchik) va fazometrlarning kuchlanish chulg'amlari ulanadi.
    Bu o‘lchash asboblarining elektr qarshiligi katta (taxminan 1000 O) bo‘lib, kuchlanish transformatorlarining ish rejimi salt ishlash rejimiga yaqin bo‘ladi. Bu holda U,= E,; U0= E2N, deb hisoblash mum- kin boMadi, lekin E,= (w,/ w2 )E2 boMgani uchun
    U, = (w, / w2 )U2 = *U2 , (9.2)
    bunda k =w,/w2 - transformatsiyalash koeffitsienti.
    Kuchlanish transformatorining xatoligi birlamchi (U,) va ikkilamchi (U2) chulg‘am kuchlanish vektorlari orasidagi siljish fazasiga bogMiq holda o‘zgaradi. Ko‘chirilmaydigan (statsionar) kuchlanish transfor- matorlarini uchta (0,5; 1 va 3), laboratoriya kuchlanish transformator- larini esa 4 ta (0,05; 0,1; 0,2; va 0,5) aniqlik klassga boMadilar.
    Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib tayyorlanadi. Kuchlanish U =3000 V gacha quruq qilinib, U > 3000 V boMganda esa moyli (moy bilan sovitiladigan) qilinadi. 9.5-rasmda NOM-35 tipli kuchlanish transformatori (b) va uni tarmoqqa ulash sxemasi (a) ko‘rsatilgan.
    Elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida transformator ikkilamchi chulg‘amining chiqish uchlaridan biri va transformator qoplamasi (kojuxi) zaminlanadi, ya'ni yerga tutashtiriladi.






    1. rasm. Kuchlanishi 35 kVbo'lgan tarmoqqa mo‘ljallangan NOM-35 tipli kuchlanish transformatorini tarmoqqa ulash sxemasi (a) va uning tashqi ko ‘rinishi (b): (1 — korpus; 2 — yuqori kuchlanishli tarmoqdan ulanadigan sim uchun qisqich; 3 —o 'tish izolatorining kengaytirgichi; 4 — moy ko ‘rsatkich; 5 — zaminlash uchun bolt; 6 — moyni to'kish uchun tiqinli teshik; 7 — ikkilamchi chulg'am uchlari chiqarilgan izolatsion taxtachaning qopqog‘i va 8 — o‘lchash asboblariga sim ulash uchun shtutser (uchlariga rezba ochilgan biriktiruvchi qism); KT — kuchlanish transformatori.


    1. Download 3,86 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   172




    Download 3,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    x25 kV sistemali tortish transformator p'odstansiyalarida bir fazali kucli

    Download 3,86 Mb.