|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 41/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovB
8.3-rasm. Chulg‘amlari Y/Yn sxemaga ulanganda nol ketma-ketlikli toklarning ta'siridan transformatorda fazaviy kuchlanishlar sistemasining buzilishini ko ‘rsatuvchi vektor diagramma.
p = F -f- F • F = E ~f~ E
(8.3)
F = F + F
-*A ~A( 1) -»(0)
—U —B(l) —(0) ’ —C —C(l) — (0)-
Bu holda birlamchi chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari sistemasi simmetrik holda qolsa ham birlamchi va ikkilamchi chulg'amlar fazaviy kuchlanishlarining tengsizligi sezilarli darajada oshadi (8.3-rasm). Bu esa bir fazali energiya iste'molchilari uchun zararlidir. Shu sababli nol simidan o‘tadigan tokning qiymati In < 0,25I2N bo‘lishi kerak.
Ikkilamchi chulg'am liniyaviy kuchlanishlariga nol ketma-ketlikli toklari ta’sir qilmay, ularda simmetriklikning buzilishi faqat teskari ketma-ketlikli toklaming mavjudligi tufayli sodir bo‘ladi.
Birlamchi chulg'am A, ikkilamchi chulg'am esa Y0sxemasi boYicha uianganda birlamchi chulg‘am ichida berk kontur paydo bo‘lib, unda nol ketma-ketlikli toklari uchun o‘tadigan yo‘l mavjud bo‘lganligidan faqat shu konturda aylanadi (8.2,6-rasm), ya’ni liniyaga chiqmaydi. “Uchburchak” sxemasida liniyaviy toklar ikkita qo‘shni fazaviy toklarning ayirmasiga teng bo‘lganligidan nol ketma-ketlikli toklar liniyada paydo bo‘lmaydi. Demak, A/Y ulanish sxemasida ikkilamchi chulg‘amdagi tokning uchta tashkil etuvchilari ham birlamchi chulg'amga transformatsiya bo‘ladi.
Nol ketma-ketlikli toklar hosil qilgan natijaviy magnit oqim faqat tarqalgan oqimlardan iborat bo‘ladi. Bunda transformator kuchlanishlari uchburchagi “og‘irlik markazi”ning siljishi uncha sezilarli bo‘lmaydi.
Chulg'am Y sxemasiga ulanganda liniyaviy kuchlanishi U, A sxemasiga ulanganda esa liniyaviy toki I ikkita faza toklari yoki kuchlanishlari qiymatlarining geometrik ayirmasiga teng bo‘lganligidan hamda bunda nol ketma-ketlikli toklar hamma fazalarda yo'nalishi bir xil bo'lgani uchun ular yo‘q bo‘lib ketadilar. Shu sababli birlamchi chulg'amning liniyaviy tokida va ikkilamchi chulg'amning liniyaviy kuchlanishida nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilari bo‘lmaydi.
|
| |