• (2V2/7t)-rw
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet53/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    f,™. = '_ "’ = V2 I*. 00.25)
    bunda , I — tokning maksimal va effektiv ta’sir etuvchi qiymatlari.
    Agar magnit zanjiri ferromagnit qismlarining magnit qarshiligini

    1. rasm. Ikki qutbli yig'ilgan chulg ‘amli mashinaning sxemasi (a) va yig‘ilgan chulg‘am MYKning taqsimlanish diagrammasi (b).

    nolga teng deb qabul qilinsa, u holda MYK ning taqsimlanishi stator aylanasi bo'ylab to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shaklida bo'ladi (10.15,6- rasm).
    Statoming yig‘ilgan chulg'ami ikkita pazda joylashganligi tufayli, uning MYK ikkita (musbat va manfiy) to‘g‘riburchak ko‘rinishida bo'ladi. Ulardan har birining qiymati magnit zanjirining bitta havo oralig‘idan magnit oqimini o'tkazish uchun zarur bo‘lgan MYK ga mos keladi, ya'ni:
    F = Fg.max/ 2 = (V2 I w) / 2 = (72/ 2) I w, (10.26)
    To‘g‘ri burchakli to'rtburchak shakldagi MYK ni Fure qatoriga yoyib sinusoidalar yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin:
    Fx = (V2/ 2) I w • (4/ n) • [cos(7tx/ t) + (1/ 3) • cos(3rcx/ t) + (1/ 5) ■ cos(57tx/ t) + ... + (1/ n) • cos(n7tx/ x)], (10.27) bu yerda: “x” — chulg‘am simmetriya o‘qi (faza o‘qi)dan tekshirilayotgan
    nuqtagacha bo‘lgan masofa; (V2 / 2) I w = F — mashina magnit zanjirida bitta havo oralig‘idan magnit oqimini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan MYK.
    Tok maksimal qiymatga ega bo‘lganda, yig'ilgan chulg‘am MYK ning birinchi garmonikasi quyidagiga teng bo'ladi:
    Fj = (2V2/7t)-rw = 0,9I-w. (10.28)
    Demak, yig‘ilgan chulg'amning MYK sinusoida shakldan ancha farq qilar ekan, shu sababli bunday chulg‘amlar amalda kam ishlatiladi.
    Taqsimlangan chulgamning MYK. Magnit maydonning taqsimlanish egri chizig‘ini sinusoidaga yaqinlashtirish maqsadida, har bir faza g'altaklari bir nechta pazlaiga joylashtiriladi. Bunda chulg‘amning sovitilishi ham yaxshilanadi.

    1. rasmda 6 ta pazga (q = 3) joylashtirilgan ikki qutbli mashina

    2. chulg‘ami ko‘rsatilgan. Bunday chulg‘am MYK ning taqsimlanish shakli pog‘onasimon bo‘ladi. Taqsimlangan chulg'amning MYK o'ramlar soni w = w'/ 3 bo‘lgan va fazoda a = tcP/t burchakka (bunda p — qo‘shni pazlar o‘qlari orasidagi masofa) siljigan uchta yig‘ilgan chulg‘am MYK larining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

    Taqsimlangan chulg‘am MYK 1-garmonikasi quyidagicha ifodalanadi:
    Ft l = 0,9-I-w- ku, (10.29)
    bunda ktl = sin(qa/2) / [q sin(a/2)] (10.30)
    birinchi garmonika uchun chulg‘amning taqsimlanish koeffitsienti
    (q = 3).






    1. rasm. Ikki qutbli mashinaga oid ikki qatlamli taqsimlangan stator chulg'amining ko‘ndalang qirqimi (a), chulg'am MYK ning taqsimlanish diagrammasi (b) va stator pazlarida taqsimlangan g ‘altaklar MYK larining 1-garmonika vektorlarini qo ‘shish diagrammasi (d)

    Umumiy holda nn-garmonika uchun chulg‘amning taqsimlanish koeffitsienti quyidagicha topiladi:
    ktv = sin(qva/2) / [q sin(va/2)], (10.31)
    bunda va — alohida g‘altaklar MYK larining va-garmonika tashkil etuvchilari orasidagi siljish burchagi.
    Chulg‘am g‘altaklarini pazlar bo‘yicha taqsimlab joylashtirish, uning natijaviy MYK egri chizig‘idagi yuqori garmonikalar amplitudalarini ancha kamaytiradi va mashina havo oralig‘idagi maydon shaklini sinusoidaga yaqinlashtiradi.
    Qadami qisqartirilgan chulgamning MYK. Taqsimlangan chulg‘amda MYK ning 5, 7-garmonikalarning ta'siri ancha kamayadi, lekin ayrim garmonikalar juda oz miqdorda kamayadi. Shuning uchun taqsimlangan chulg amda chulg‘am qadami qisqartiriladi (yikki qatlamli qilib o'raladi, har bir seksiyaning bir tomoni pazning pastki qismida, ikkinchi tomoni esa boshqa pazning ustki qismida yotadi.

    1. rasmda ikkiqutbli mashinaning stator pazlarida q = 3 bo'lganda joylashtirilgan ikki qallamli qadami qisqartirilgan chulg'am ko‘rsatilgan. Berilgan holda harbitta faza chulg‘ami oltita g‘altakdan iborat. Birinchi, ikkinchi va uchinchi g‘altak tomonlari 1, 2, 3 pazlarning pastki qatlamlarida va 2', 3', 4' pazlarning ustki qatlamlarida, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi g'altak tomonlari esa — 2, 3, 4 pazlaming ustki qatlamlarida va l', 2',3' pazlaming pastki qatlamlarida yotadi. Bu chulg'am uchun MYK ning stator aylanasi bo‘ylab taqsimlanishi 10.17-rasmda keltirilgan.

    Qadami qisqartirilgan taqsimlangan chulg‘amning MYK Fx ni hisoblashda o‘ramlarsoni w' = w/ 2, diametral qadamli, taqsimlangan, bir-biriga nisbatan it(l—(3) burchakka (bunda p = y/z — nisbiy qadam) siljigan 2 ta chulg‘am MYK (F'x va F'x) larining geometrik yig‘indisi orqalianiqlanadi. Buchulg‘amlardanbittasi 1—1', 22', 33' pazlaming pastki qatlamlaridajoylashgan uchta g‘altakdan, ikkinchi chulg‘ami esa

    1. 2', 33' va 4-4' pazlarning ustki qatlamlarida joylashgan uchta g‘altakdan iborat. Natijaviy MYK 1-garmonikasining amplitudasi ko'rsatilgan chu!g‘amlarning F', va F', MYK lari birinchi garmonika amplitudalarini vektor qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Faza tokining qiymati maksimal bo'lgandabu MYK lar F'j= F', = 0,45 I wktlbo‘ladi.

    Demak, pazlardataqsimlangan qadami qisqartirilgan chulg‘am MYK 1-garmonikasining qiymati quyidagicha topiladi:


    F,= 2 F',cos(*p/2) = 0,9 lw ktl k bu yerda kqisl= cos(np/2)

    (10.32)
    (10.33)
    “il qisl ’
    birinchi garmonika uchun chulg‘amning qisqartirish koeffitsienti. Yuqori (v) garmonika uchun qisqartirish koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
    kfiv = cos(vp/2). (10.34)
    Snunday qilib, chulg‘am qadami qisqartirilganda MYK ning va induksiyaning taqsimlanishi sinusoidal shaklga yaqinlashar ekan.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172




    Download 3,86 Mb.