|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 52/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovK vn= sin(qvac /2) / [q sin(vae / 2)] . (10.21)
Seksiyalar gumhining EYK Egl quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Egi= q E,i Ki= 4>44 f %w, • q kKr (10-22)
Chulg'am fazasining EYK. Hoziigi zamonda o‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘ami uchun ikki qatlamli qisqartirilgan qadamli taqsimlangan chulg‘am turi keng qo‘llanilmoqda. Awal ta’kidlab o‘tilganidek, faza chulg‘ami seksiyalar guruhlaridan tarkib topgan; bu gumhlar ham, o‘z navbatida, bitta qutblar jufli ostida joylashgan “q” ta seksiyadan iborat. Demak, barcha gumhlar bir xil magnit sharoitlarda bo'lgan bir xil sondagi seksiyalardan tashkil topadi.
Bunday elektr mashinaning faza chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYK shu fazaning tarkibidagi barcha g'altaklar (seksiyalar) EYK larining yig‘indisiga teng bo'ladi. Fazaning ikki qatlamli chulg‘ami 2rtag‘altaklar guruhidan, bir qatlamlisi esa r ta gumhdan iborat bo‘ladi. G'altaklar gumhlari o‘zaro ketma-ket, parallel yoki aralash (ketma-ket va parallel birgalikda) ulanishi mumkin (10.10-rasm). Agar seksiya (g‘altak) gumhlari, o‘ramlar soni ws bo‘lgan q ta seksiyadan iborat boiib, ular ketma-ket ulanganda chulg‘amning har bitta shoxobchasi (a) va &zasida hosil boiadigan EYK ta'sir etuvchi qiymatining 1-garmonikasi quyidagiga teng boiadi:
E, = 4,44 f w,.kqis ,-k, , 0, = 4,44 f w, (10.23)
bunda kch , = kqiu-k, i (10.24)
o‘rta va katta quwatli mashinalar chulg‘am koeffitsientining 1- garmonikasi.
0‘zgaruvch^n tok chulg‘amlarining magnit yurituvchi kuchlari
0‘zgaruvchan tok mashinasi havo oraIig‘idagi induksiya stator aylanasi bo‘ylab magnit yurituvchi kuchning taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Mashinaning statorida yoki rotorida joylashgan barcha o‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining natijaviy magnit yurituvchi kuchi (MYK) havo oralig‘ida aylanma magnit maydonini hosil qilishi lozim. Shuning uchun sinusoidal kuchlanish berilayotgan har bir chulg'am, fazoda sinusoidal taqsimlangan MYK ga ega boiishi kerak. Agar bu shartlar bajarilmasa (berilayotgan kuchlanish nosinusosoidal yoki MYK nosinusoidal taqsimlangan boisa), u holda magnit maydoni tarkibida yuqori garmonikalar boiib, ular mashinaning energetik ko'rsatkichlarini yomonlashtiradi.
0‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘amlari MYK larini tahlil qilishda quyidagilar asos qilib olinadi:
o‘zgaruvchan tok chulg‘ami MYK vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va bu bilan birga fazoda (stator aylanasi bo‘ylab) taqsimlangan, deb faraz qilinadi;
stator chulg'amidagi tokning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi sinusoidal shaklda, demak, chulg'am MYK ham sinusoidal shaklda o‘zgaradi;
mashina havo oralig‘i stator perimetri bo‘yicha o‘zgarmas, ya’ni rotor o‘zagi silindrik shaklda, deb hisoblanadi;
rotor chulg‘amida tok yo‘q, demak, rotor magnit maydonni hosil qilmaydi, deb faraz qilinadi.
Yigilgan chulg‘amning MYK. MYK ning taqsimlanishini yig'ilgan chulg‘amli (10.15-rasm) ikki qutbli mashina misolida ko‘rib chiqamiz.
Bunda AX faza chulg‘amining hamma o‘ramlari diametral yuzada joylashgan ikkita pazda joylashgan. Agar tok faza chulg‘amining boshi A dan oxiri X ga yo‘nalgan bo‘lsa, kuch chiziqlari 10.15-rasmda ko‘rsatilgandek yo‘nalgan ikki qutbli magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu oqimning har bitta kuch chizig‘i faza g‘altagining hamma o'ramlari (w= wg.) bilan qurshaladi, shu sababli g‘altak hosil qilgan MYK F . = I w ga teng bo‘ladi. Tok maksimal qiymatga ega bo‘Iganda MYK ham maksimal qiymatga erishadi.
|
| |