• Avtotransformatorlar
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet36/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    rasm. Uch chulg‘amli pasaytiruvchi transformator o‘zagida chulg‘amlaming joylashtirilishi (a) va prinsipial sxemasi (b).







    1. rasm. Quvvati 16MV-A, 110/ 38,5/ 11 kV, TDT~16000/110 tipli uch fazali uch chulg‘amli transfomator: 1 - kran; 2ventilator; 3bak; 4radiator; 5ilgich; 6 — tok transfomatori bilan o ‘tish flanetsi; 7 — yuqori kuchlanish uchun o 'tish izolatori; 8 — o ‘rta kuchlanish (38,5 k V) o‘tish izolatori; 9 — 110kVo‘tish izolatorining qog'oz-bakelit silindri; 10 — PBVqayta ulagichiyuritmasi; 11 — pastkuchlanish (11 kV) o‘tish izolatori; 12chiqarish trubasi; 13gaz relesi; 14 — kengaytirgich; 15moy ko‘rsatkich; 16havo quritkich; 17 — YK chulg‘am qayta ulagichi; 18 — YKchulg‘am (110 kV); 19 ~ termosifonli flltr; 20 — transfomatomi siljitish uchun aravacha; 21 — taqsimlash qutichasi; 22domkrat o ‘rnatish uchun tokcha; 23 — bosh quticha.

    Umumiy maqsadli uch chulg'amli kuch transformatorlari katta quwatlar (6300+80 000 kVA)ga va yuqori kuchlanishlar (35+220 kV)ga mo‘ljallab tayyorlanadi. 7.2-rasmda shunday transformatorlardan TDT— 16000/110 tipi ko‘rsatilgan. Bunday transformatorlarda salt ishlash toki I0nominal tok I1N ning juda ham kam qismi (0,5+1,2 %) ni tashkil qilganligidan, uni e’tiborga olmagan (I0»” 0) holda, uch chulg‘amli transformator toklarining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
    i, * - (r2 + r3). (7.3)
    Uch chulg'amli transformatorning afzalligi shundaki, ayrim hollarda

    1. rasm. Uch chulg‘amli transformatoming almashtirish sxemasi.




    elektr stansiyasida yoki transformator podstansiyasida kuchlanishi har xil bo‘lgan ikkita ikki chulg‘amli kuch transformatori o‘miga bitta uch chulg'amli transformator ishlatish mumkin. Bu holda transformator o‘rnatish uchun kam joy talab qilinadi, energiya isroflari nisbatan kamayadi va podstansiya tannarxi arzonlashadi.
    Uch chulg‘amli transformatorda barqaror elektromagnit jarayonlar ikki chulg‘amli transformatomikiga o‘xshash holda quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi:

    (7.4)
    a) U, = -E, + I.Z,; b) U'2 = E'2 - I'2Z'2;

    1. U'3 = E'3 - I'3Z'3; d) !(, = I, + I'2 + I'3,

    bu yerda: Z, = r2 + jx,, Z'2 = r'2 + jx'2, Z'3 = r'3 + jx'3 — transformator chulg‘amlarining tegishlicha to‘la qarshiliklari; I’2=I2 • w2/w2 va I'3=I3 • Wj/w^ — birlamchi chulg'am o‘ramlar soniga keltirilgan ikkinchi va 3-chulg‘am toklari.
    Salt ishlash toki I0< I1N bo‘lganligidan magnitlanish shoxobchasini hisobga olmagan holdagi uch chulg‘amli transformatoming almashtirish sxemasi 7.3-rasmda ko‘rsatilgan. Mazkur sxema transformatorning parametrlari ma’lum boiganda va yuklamaning qarshiliklari berilgan boisa transformator chulg‘amlarining toklari va kuchlanishlarini hamda ulardagi isroflami aniqlashga imkon beradi.
    Ikkilamchi chulg‘amlari orasidagi magnit bogianish ulaming o‘zaro bir-biriga ta’sir etishiga sababchi boiadi. Masalan, 2-chulg‘am toki I2 ning o‘zgarishidan faqat uning kuchlanishi U2 o‘zgarib qolmasdan, birlamchi chulg‘am toki I, va 1-chulg‘am toia qarshiligidagi kuchlanish lushishi (I,Z,) ning o‘zgarishi tufayli 3-chulg‘am kuchlanishi U3 ning qiymatiga ham ta’sir qiladi.
    Uch chulg‘amli transformatorning transformatsiyalash koeffitsientlari (k, 2, k, 3, k23) uning salt ishlash tajribasidan aniqlanadi:
    k12«U, /U2, kr 3 « Uj /U3 ,
    k2;3 - U2 / U3 = (U2 / U.) / (U3 / U.) = k13 / k12. (7.5)
    Uch chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv tajribasini o‘tkazish tartibi ikki chulg‘amli transformator tajribasidan farq qilmaydi.
    Standart tavsiyasi bo'yicha zamonaviy uch chulg‘amli kuch transformatorlarida chulg‘amlarining quwatlari har bittasi 100 foiz quwatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bunda transformator 100 foiz quwatni ikkilamchi chulg‘amlardan bittasiga beradi yoki bu quwat ikkinchi va

    1. chulg‘am quwatlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.

    Chulg‘amlarning o‘zakda joylashtirish ketma-ketligi transformator qisqa tutashuv kuchlanishlari qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, TDTN- 40000/220 tipli katta quwatli transformatorda chulg‘amlar o‘zakda PK—0‘K—YK ketma-ketlikda joylashtirilganda ularning qisqa tutashuv kuchlanishlari uqt (12)=12,5, uql(13)= 22,0 va u 3)= 9,5 foizlarga teng bo‘ladi.
    Standart tavsiyasi bilan uch fazali uch chulg'amli transformatorlarda Yn /Yn /A — 0 — 11 yoki Yn /A /A —11—11, bir fazali uch chulg‘amli transformatorda esal/I/I — 0 — 0 guruhlar ishlatiladi.

      1. Avtotransformatorlar

    Chulg'amlari elektromagnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishga ham ega boTgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi.
    Transformatorda birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga toTa energiya elektromagnit vositasida berilsa, avtotransformator (AT)da toTa energiyaning bir qismigina shu yo‘1 bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganligi tufayli bevosita beriladi.
    Bu AT da elektr energiyani uzatish usulining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
    AT lar kuchlanishni pasaytiruvchi va oshiruvchi, bir fazali va uch fazali, ikki chulg'amli va uch chulg‘amli turlarga boTinadi. Agar AT chulg‘amining «AX» uchlarini tarmoqqa ulab, uning «ax» qismiga iste’molchi ulansa — pasaytiruvchi AT (7.4-rasm), agarda «ax» qismini tarmoqqa ulab, «AX» uchlariga iste’molchi ulanganda — oshiruvchi AT boTadi.
    Kam quwatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) AT ning bitta

    1. rasm. Elektr energetikasi sistemasida ekspluatatsiya uchun o ‘rnatilgan katta quvvatli yuqori kuchlanishli birfazali a vtotransformator.

    chulg'ami bo‘lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg‘am vazifasini bajaradi. Bu holda chulg‘am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ikkilamchi chulg‘am o'ramlari sonini o‘zgartirib kuchlanish rostlanadi. Katta quwatli yuqori kuchlanishli AT lar uchun chulg'amlarning bunday konstruksiyasi to‘g‘ri kelmaydi, chunki kontaktlar katta tok yuklamasiga bardosh hcra olmaydi. Shu sababli katta quwatli AT larda elektr jihatdan ulangan o'zakda bir xil balandlikda joylashtirilgan ikkita chulg‘ami ho‘ladi (7.5-rasm).
    AT ni amaliyotda bajaradigan vazifasi nuqtayi nazardan o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda ularning o‘ziga xos xususiyatlari to ‘la ravishda namoyon bo ‘ladi.
    Ishlash prinsipi. AT ning salt ishlash rejimidagi elektromagnit jarayon odatdagi transformatornikidan farq qilmaydi. Yuklama ulanmagan pasaytiruvchi AT ning (7.4-rasm) «AX» chulg‘amiga (o'ramlar soni WAX) o‘zgaruvchan kuchlanish U, berilganda undan salt ishlash toki I0A o‘tib, transformatordagi singari o‘zinduksiya EYK E( ni hosil qiladi. Salt ishlashda shu chulg‘amning yuklama ulanadigan (o'ramlar soni Wax) qismidagi EYK EaI kelib chiqishiga ko‘ra o'zinduksiya EYK bo‘lib, EAX ning bir qismini tashkil etadi (Izoh:

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172




    Download 3,86 Mb.