J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




Download 3,86 Mb.
bet80/172
Sana30.11.2023
Hajmi3,86 Mb.
#108639
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172
Bog'liq
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

=^2maxsin(w/±a). (17.3)
Faza rostlagich avtomatikada faza bo‘yicha xatolikni kompensatsiyalashda, boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda, elektr o‘lchov asboblarini tekshirishda va boshqalarda ishlatiladi.
Aylanuvchi (buriluvchi) transformator. Aylanuvchi transformator o‘zgaruvchan tok elektr mikromashinasi bo‘lib, u rotorning burilish burchagini kuchlanishga aylantirib beradi va bu kuchlanish shu burchakka yoki uning biror bir funksiyasiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Aylanuvchi transformatorning tuzilishi (17.3-rasm) xuddi faza rotorli asinxron motorniki kabi bo‘ladi. Stator va rotorning har qaysiga bir- biriga nisbatan faza 90° ga siljigan ikkita bir fazali tarqalgan chulg‘amlar joylashgan. Magnit o‘zak bir-biridan izolatsiyalangan elektrotexnik po‘lat plastina (tunuka)lardan yig'ilgan bo‘ladi.






  1. rasm. Aylanuvchi transformatoming umumiy ko ‘rinishi (a): 1korpus (tana), 2stator, 3 — stator chulg'ami, 4 - rotor, 5rotor chulg'ami, 6 — kontakt halqalar, 7 — chot‘kalar; b — prinsipial sxemasi.

Aylanuvchi transformator burilish yoki aylanish rejimida ishlashi mumkin. Burilib ishlash rejimida rotoming statorga nisbatan holati buradigan mexanizm (reduktorli ijrochi motor) yordamida o‘zgartiriladi. Bunda stator chulg'amining bittasi — qo‘zg‘atish chulg‘ami (QCH) o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanadi, boshqa kompensatsiyalovchi chulg‘ami (K) esa qarshilikka ulanadi yoki qisqa tutashtiriladi. Ayrim hollarda statorning ikkala chulg‘amlari ham o‘zgaruvchan tok manbalariga mustaqil ravishda ulanadi.
Rotorning sinus (S) va kosinus (S) chulg'amlari kontakt halqalarga cho‘tkalar orqali ulangan bo'ladi. Aylanuvchi transformator uzluksiz aylanish ish rcjimiga mo'ljallanganda qo‘zg‘atish va kompensatsiyalovchi chulg'amlar rotorda, sinus va kosinus chulg‘amlar esa statorda joylashgan bo‘ladi.
Bunday holatda kompensatsiyalovchi chulg‘am qisqa tutashtiriladi, qo‘zg‘atish chulg‘ami esa ikkita kontakt halqa yordamida o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanadi.
Selsinlar. Selsin ikkita chulg‘amdan: birinchisi birlamchi yoki qo‘zg‘atish chulg‘ami va ikkinchisi sinxronlovchi chulg‘amdan iborat. Selsinlar bir va uch fazali bo‘ladi.
17.4-rasm. Indikator rejimida ishlayotgan selsining ulanish sxemasi: D - datchik (darakchi); P —priyomnik (qabul qilgich); BL — bogjovchi liniya (sim)lar; QCH — qo ‘zg‘atish chulg'ami; 0^ va 02 — tegishlicha datchik va priyomniklaming bosh o ‘qlari.
Uch fazali selsinning tuzilishi faza rotorli asinxron motorning tuzilishi kabi bo‘ladi. Ular elektr vali sistemalarida ishlatiladi. Avtomatika sistemalarida esa bir fazali selsinlar ishlatiladi. Sinxronlovchi chulg‘am statorda, qo‘zg‘atish chulg‘ami esa odatda rotorda joylashgan bo‘ladi. Bir fazali selsin ham kam quwatli asinxron mashinasi kabi tuzilishga ega. Ular ayon va noayon qutbli bo‘ladilar.
Selsinlar asosan indikator va transformator rejimlarida ishlaydi.
Indikator rejimida (17.4-rasm) selsin-priyomnikning rotori bosh o‘q 0, ga ulangan bo'ladi. Bunda datchik D ning va qabul qiluvchi (priyomnik) R ning qo‘zg‘atish chulg‘amlari umumiy o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga, sinxronlash chulg‘amlari esa bog‘lovchi liniya orqali o‘zaro ulanadi. Agar D va R rotorlari holatlari orasida nomuvofiqlik sodir bo‘lsa, unda sinxronlovchi chulg‘amlardan toklar o‘tib, ular qo‘zg‘atish oqimi bilan ta'sirlashib qarama-qarshi yo‘nalgan sinxronlovchi momentlarni hosil qiladi va, natijada nomuvofiqlik burchagi 0 ga teng bo'ladi.

Download 3,86 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172




Download 3,86 Mb.