|
Kuchlanishni induksion rostlagich (regulator)
|
bet | 79/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovKuchlanishni induksion rostlagich (regulator). Bunday regulator uch fazali buriluvchi avtotransformator ko‘rinishda ishlab chiqariladi va uch fazali o‘zgaruvchan kuchlanishni rostlash uchun ishlatiladi.
Induksion rostlagichning sxemasi 17.2,a-rasmda ko'rsatilgan. Bunda birlamchi chulg'am sifatida rotor chulg'ami ishlatilsa, ikkilamchi chulg'am sifatida esa stator chulg‘ami ishlatiladi.
Induksion regulator uch fazali tarmoqqa ulansa, uning rotor va stator chulg'amlarining har bir fazasida EYK hosil bo‘ladi:
U-reg = E_\ + E2 KU-kir + El2 1 (17.2)
bu yerda: U_ku. = U\~K\ \ U2 « E2 — chiqishdagi kuchlanish; Ukir —
kirishdagi kuchlanish. (17.2) tenglamadan shu narsa ko'rinadiki, Ukjr va £2 vektorlari geometrik qo‘shilar ekan, shu sababli U kuchlanishning qiymati Ukir va E2 vektorlari orasidagi burchakka bog‘liq bo'ladi. Rotorning holatini o‘zgarganda bu burchak o‘zgarib turli qiymatli Urcg kuchlanishi olishi mumkin.
Faza rostlagich (fazoregulator). Faza regulator (17.2,c-rasm) konstruksiyasi jihatidan faza rotorli asinxron mashina bo‘lib, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining qiymati o‘zgartirilmagan holda uning birlamchi kuchlanishga nisbatan fazasini o‘zgartirib beradi. Uning
1 7.2 - r a s m .
Kuchlanishni induksion rostlagichning ulanish sxemasi (a) va vektor diagrammasi (b); faza regulatorning ulanish sxemasi (d) .
induksion regulatordan farqi shuki, fazoregulatorda rotor va stator chulg‘amlari o‘zaro elektr jihatdan ulanmagan, ya’ni transformator bog‘lanishga ega, shuning uchun ham uni ayrim holda buriluvchi transformator deb ataladi.
Ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi fazasini rotomi statorga nisbatan burish bilan amalga oshiriladi (stator chulg‘amini birlamchi chulg‘am deyiladi).
Agarda faza rotorli asinxron mashinaning rotori va statorining bir xil faza o‘qlari mos tushsa, aylanuvchi magnit oqimi stator va rotor chulg‘amlarini bir vaqtda kesib o‘tadi demak, hosil bo‘lgan EYK E, va E2 laming fazalari ham bir xil bo‘ladi. Rotomi u yoki bu tomonga a burchakka burib (17.2,t/-rasm), kerak bo‘lgan EYK fazasini olish mumkin, ya’ni:
|
| |