• Sinxron generator EYK larining muvozanat tengiamalari va vektor diagrammalari
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet89/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Agar 'F = 90° bo‘lsa. yakoming magnit oqimi Qa mashinaning bo'ylama o‘qi bo‘yicha yo‘naladi(19.2,6-rasm) va magnit
    induksiyasining egri chizig‘i d-d o‘qqa nisbatan simmetrik bo‘ladi. Bu o‘q bo‘yicha havo oralig'ining magnit qarshiligi nisbatan kichik bo‘lgani uchun, magnit induksiyasining qiymati ¥= 0 dagi induksiyaga nisbatan katta bo‘ladi. Shu sababli induksiyalarning birinchi garmonikalari Badl va Boql ham turlicha maksimal qiymatlarga ega bo‘ladi (19.2-rasm).

    1. rasmda ayon qutbli sinxron generatoming qo‘zg‘atish chulg‘ami va yuklamaning xarakteri: a — aktiv (v|/ = 0°), b — induktiv (v|/ = +90°) va s - sig‘imiy (y = —90°) bo‘lgandagi yakor chulg‘ami magnit oqimlarining o‘zaro yo‘nalishlari va ularga tegishli vektor diagrammalari ko'rsatilgan.

    Yuklamaning xarakteri aktiv bo‘lganda (19.3,a-rasm) A fazada tok va EYK lar bir vaqtning o‘zida maksimumga erishadi. Bu holda yakor tokining magnit maydoni ko‘ndalang o‘q bo‘yicha yo‘nalib yakoming qutb tagiga kirib kelayotgan qismini kuchsizlantiradi, qutb tagidan chiqib ketayotgan qismini esa kuchaytiradi. Mashinaning magnit zanjiri to‘yingan bo‘lganligidan natijaviy magnit oqim nisbatan kamayadi. Burchak v|/ = 0° bo‘lganda stator chulg‘amidan o‘tadigan toklar hosil qilgan elektromagnit kuchlar rotorning aylanish yo‘nalishi bilan mos tushadi. Bunda rotoiga miqdor jihatdan teng va qarama-qarshi yo‘nalgan (tormozlovchi elektromagnit momentini hosil qiluvchi) kuchlar ta'sir qiladi. Bu momentni muvozanatlash uchun generator valini aylantiruvchi birlamchi mexanizm (turbina)ning mexanik momenti oshirilishi zamr.
    Induktiv xarakterli yuklamada yakor tokining vektori I, EYK vektori E0 dan v|/ = pp/2 burchakka orqada qoladi. Rotorning 19.3,a-rasmda ko‘rsatilgan holatidagi paytga mos keluvchi EYK laming yo‘nalishi o‘tkazgichlar yonida “x” va nuqta belgilari orqali belgilangan. Qutblar o‘qida joylashgan A faza o'tkazgichlarida induksiyalangan EYK ning qiymati maksimal qiymatga erishadi (qo‘zg‘atish induksiyasi maksimal bo'lganda).
    Yakorning magnit maydoni (oqimi) Oa yakor toki Io yo‘nalishi bilan mos tushib qo‘zg‘atish maydon O ga qarshi yo‘naladi va uni kuchsizlantiradi. Demak, vy = +90° da yakor reaksiyasi magnitsizlovchi ta'sir ko'rsatib, natijaviy magnit oqim va uning yaqor chulg‘amida hosil qilgan EYK salt ishlash rejimidagiga nisbatan kam bo'Iadi.

    1. rasm bo'yicha chap qo‘l qoidasidan foydalanib yakor chulg‘ami o‘tkazgichlariga ta'sir etadigan kuch f aniqlansa, yakor chulg‘amiga ta'sir etuvchi kuchlar yig‘indisi nolga teng bo‘lishi kelib

    2. chiqadi. Demak, sinxron generator yuklamasi induktiv xarakterli bo‘lganda uning elektromagnit momenti nolga teng bo‘lar ekan.

    Sinxron generator yuklamasi sig'imiy (\j/ = —90°) xarakterli bo‘lganda ham (19.3,rf-rasm) uning elektromagnit momenti nol bo‘ladi, chunki yuklamaning xarakteri sof induktiv yoki sof sig'imiy bo‘lgan hollarda yakor toki faqat reaktiv tashkil etuvchidan iborat bo'ladi.
    Ayon qutbli SM larda havo oralig'ining natijaviy qarshiligi o'zgarib turishi sababli, mashinaning ish xossalarini tahlil qilishda ikki reaksiya usuli qo'llaniladi. Bu usulga asosan yakorning MYK Fa ikkita tashkil etuvchidan iborat bo'ladi (19.4-rasm), ya'ni: bo'ylama ta'sir etuvchisi
    F„d ~ Fa siny/ (19.2)
    va ko‘ndalang ta'sir etuvchisi
    Faq - Fa cosy. (19.3)
    Bunda yakorning MYK Fa = F_ad + F_aq bo'ladi. Yakorning bo‘ylama tashkil etuvchi MYK Fyakoming bo‘ylama magnit oqimi
    19.4-rasm. Ayon qutbli sinxron mashinaning aktiv- induktiv (a) va aktiv-sig'imiy (b) xarakterli yuklamada yakor toki va MYK ning bo ‘ylama va ko ‘ndalang tashkil etuvchilari.
    Ead ni, yakor MYK ning ko‘ndalang tashkil etuvchisi F_aq esa yakoming
    ko'ndalang magnit oqimi Oaq ni hosil qiladi. Oad va Oaq oqimlar o‘zlaridan 90° orqada qoladigan yo'nalishda (o‘qda) yakor chulg‘amining bo‘ylama Ead va ko‘ndalang Ea EYK larini hosil qiladi. Agar generatorning yuklamasi aktiv-induktiv xarakterli bo‘lsa,
    Favektor E0 dan 0 < 't' < 90° burchakka keyinda bo‘ladi (19.4,a-
    rasm), aktiv-sig‘imiy xarakterli bo'lganda esa, Fa vektor EYK vektori E0dan 0 < ¥ < 90° burchakka oldinda bo‘ladi (19.4,ft-rasm).
    Shunday qilib, ayon qutbli SG da yuklama xarakteri aktiv-induktiv bo‘lsa — yakor reaksiyasi magnitsizlovchi ta'sir ko‘rsatib, aktiv-sig‘imiy bo‘lganda esa — magnitlovchi ta'sir ko‘rsatar ekan.
    Ayon qutbli mashinalarda qo‘shni magnit qutblari oralig'ining magnit qarshiligi qutb uchliklari bilan stator orasidagi oraliqning magnit qarshiligidan katta bo‘ladi. Shuning uchun ayon qutbli sinxron generatorlarda yakor magnit oqimining ko‘ndalang tashkil etuvchi qismi noayon qutbli mashinanikiga nisbatan ancha kichik boMadi. Shu sababli, MYK ning kamayishini hisobga oladigan maxsus koeffitsient kiritiladi:
    Faq=KqFag=KqFaC0S V ’ (19'4>
    bu yerda: kq — yakor ko‘ndalang reaksiyasining ta'sirini hisobga oluvchi koeffitsient. Odatda, bu koeffitsient'kq = 0,30 0,65 ga teng bo‘ladi.
    Shuningdek, ayon qutbli sinxron mashina MYK ning bo'ylama yo'nalgan qismini topish tenglamasiga kd koeffitsienti kiritiladi:
    Fad=Kd-Fad=KdFaS'n'V ’ (195)
    bu yerda kd — yakor bo‘ylama reaksiyasining ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient. Odatda, kd = 0,80 -r 0,95 ga teng.

      1. Sinxron generator EYK larining muvozanat tengiamalari va vektor diagrammalari

    SG salt ishlaganda uning tashqi klemmalaridagi kuchlanish stator chulg‘amida hosil bo‘lgan EYK ga teng bo‘ladi. Agarda SG ga yuklama ulangan bo'lsa, yakor reaksiya tarqoq magnit oqimi ta'siridan va statordagi kuchlanish pasayishi natijasida klemmalardagi kuchlanish EYK dan kichik bo'ladi.
    Quyida noayon va ayon qutbli SG larda hosil bo‘ladigan EYK lami ko‘rib o‘tamiz.
    Noayon qutbli SG yakor chulg‘amida hosil boMadigan EYK lar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    1. asosiy magnit oqim $0 hosil qilgan EYK E0.

    2. yakor chulg‘amining MYK Fa yakorning magnit oqimi Ou ni vujudga keltiradi. Bu oqim, o‘z navbatida, yakor chulg‘amida o‘zinduksiya EYK Eo ni hosil qiladi:

    Ea=-jlt-xa» 09.6)
    bu yerda xo — yakor chulg‘amining induktiv qarshiligi;

    1. tarqoq magnit oqimi Oal hosil qilgan EYK Eo|:

    Eltr=-jlrxl (19.7)
    bunda xIa - yakor chulg‘amining tarqoq induktiv qarshiligi;

    1. va Ool magnit oqimlari yakor toki tomonidan hosil qilingani tufayli xa va xol induktiv qarshiliklarni qo'shish mumkin: xo + xol = xs (bu yerda: xs — noayon qutbli SM ning sinxron induktiv qarshiligi yoki to‘la induktiv qarshilik deyiladi). U holda

    K, = ~JLxa + {~jI\Xai) = ~jl\Xs. (19.8)

    1. Stator chulg‘ami aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi:

    Url=I_rrr (19.9)
    Noayon qutbli SG ning kuchlanishi yuqoridagi EYK laming vektor yig'indisidan iborat bo'ladi:
    Ul=E0 + E,-Un yoki
    LLi = K0 - jL\Xs ~hri‘ (19.10)
    SM larning turli xil ish rejimlarini tahlil qilishda vektor diagramma- laridan keng foydalaniladi.
    Vektor diagrammani ikkita yo‘l bilan qurish mumkin.
    SG ning magnit to'yinishi hisobga olinmagan hoi uchun vektor diagrammani qurishda quyidagi kattaliklar, ya'ni:

    1. salt ishlashdagi EYK E0ning qiymati;

    2. yuklama toki I, ning qiymati va bu vektor bilan EYK E0 lar orasidagi siljish burchagi — vp;

    3. stator fazaviy chulg‘amining sinxron reaktiv xs va aktiv r, qarshiliklari ma'lum bo‘lganda kuchlanish U, ni aniqlash.

    SG ning magnit to ‘yinishi hisobga olingan hol uchun vektor diagrammani qurishda esa yuqoridagilarga qo‘shimcha holda stator chulg'amining o'ramlar soni w, va mashinaning salt ishlash xarakteristikasi ham ma'lum bo'lishi kerak.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   172




    Download 3,86 Mb.