Jabborov Komiljonning " Elektron pedagogika"




Download 457.16 Kb.
Sana28.03.2024
Hajmi457.16 Kb.
#179781
Bog'liq
2 topshiriq
mustaqil ish M Z, Operatsion sistema, Motiv va uning turlari, Aziz, USTI, 1 topshiriq, 1 dars, 1-50, 81-100


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
AKT sohasida kasbiy ta’lim fakulteti
650_20 guruh talabasi
Jabborov Komiljonning
Elektron pedagogika”
fanidan bajargan
2-topshirig’i

Toshkent — 2024


Savollar
1. Avtoplay dasturida yordamida fanning electron vositasini tayyorlashni o’rganish, mavzuni “Venn diagrammasi” metodi asosida tahlil qilish.
2. iSpring dasturida electron vositalar va ularni tayyorlash jarayonlarini izohlang.
3. CourseLab dasturining imkoniyatlarini izohlang.


Javoblar
1. AutoPlay dasturi oynasining tuzilishi Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin [5]. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo’lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta‟minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi Autoplay Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste‟molga chiqardi. Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o’zaro bog’lashni amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin [11]. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma‟lumotlar bazasini va shunga o'xshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma‟lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv ko'rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug’atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste‟molga chiqarilgan.

2. Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv–metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil]. Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin. EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com]. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega [http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi. iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
Kengaytirilgan iSpring Suite 7 paketi о‘zida quyidagi imkoniyatlarni jamlagan: 
– PowerPoint muhitida о‘quv kurslari va Flash-taqdimotlarni
yaratish (iSpringPro); 
– interaktiv testlar, sо‘rovnomalar va anketalarni ishlab chiqish (iSpring QuizMaker); 
– elektron kurslarni illyustrativ imkoniyatlarini oshirish uchun interaktiv elementlarni yaratish (iSpring Kinetics). 
Talabani bilimini tekshirishning eng sodda va sifatli usuli – bu baholash testi hisoblanadi. iSpring dasturining Testi qismida Noviy test tanlanadi.

3. iSpringPro dasturi: iSpringPro dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.swf) va HTML formatiga konvertasiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.
Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.
Хususan:
• Yaratiladigan elektron o`quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga o`tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system) bilan integrasiyalashtirish mumkin degani.
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish imkoniyati mavjud
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta`minlaydi
Ushbu paket o`z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o`quv kurslari, har xil so`rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
Download 457.16 Kb.




Download 457.16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jabborov Komiljonning " Elektron pedagogika"

Download 457.16 Kb.