• Milliy davlat boshqaruvi tizimi
  • Maxmadiyorov Zuhriddinning " O’zbekiston tarixi I"




    Download 0.52 Mb.
    bet1/2
    Sana15.03.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #172950
      1   2
    Bog'liq
    mustaqil ish M Z
    Operatsion sistema, Motiv va uning turlari, Aziz, USTI, 2 topshiriq, 1 topshiriq, 1 dars, 1-50, 81-100

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


    AKT sohasida kasbiy ta’lim fakulteti
    650_20 guruh talabasi
    Maxmadiyorov Zuhriddinning
    O’zbekiston tarixi I”
    fanidan bajargan
    Mustaqil ishi

    Toshkent — 2024


    Milliy davlat boshqaruvi tizimi
    REJA:
    1. Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.
    2. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
    3. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
    4. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
    5. Xulosa
    6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    Milliy davlat boshqaruvi tizimi. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o‘z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tildi.


    Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agro-sanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari- "O‘zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O‘zjamg‘armabank", "G‘allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o‘zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
    Shunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991-yil 18-noyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida", 1993-yil 28-dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida" va 1994-yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
    O‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
    Bir palatali O‘zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda samarali olib bordi:

    • O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish;

    • qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

    • parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

    • shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;

    • amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o‘rgangan holda olib borish;

    • joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko‘rsatish.


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko‘ra yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. SHuningdek, 2 nafar deputat Spiker o‘rinbosari etib saylandi, qo‘mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etildi va ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Murod sharifxo‘jaev Senat raisi etib saylandi. Suningdek 2 nafar senator Rais o‘rinbosarlari etib saylandi, Senat qo‘mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Milliy davlatchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan ijroiya hokimiyat-Vazirlar Mahkamasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.
    Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko‘radi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida" gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi.
    Bu Kontseptsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va ya’ni – uchinchi bosqichni boshlab berdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada ta'riflanmoqda.
    Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta'rif berilgan: Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta'minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o'zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo'llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir. Yurtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini ―...... bu - erkin, demokratik, huquqiy tsivilizatsiyalashgan jamiyat bo'lib, unda yakka hokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo'ravonlik qilishga o'rin yo'q, Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko'p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashshabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirib turiladi yoki ―Fuqarolar o'rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o'rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro ta'sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin deya tariflaydi.

    Mustaqillik tufayli davlat va jamiyat boshqaruvining haqiqiy demokratik tabiati to'g'risida aniq tasavvur, fikr va mulohazalar paydo bo'lib, fuqarolar o'z erkinliklari, siyosiy huquqlarini bevosita yoki bilvosita amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu huquq O'zbekistonning xalqaro munosabatlarning sub’ektiga aylanganligidan, fuqarolarning o'z taqdirini o'zi amalda belgilash shart-sharoitlarini ta'minlamoqda. Natijada, demokratiya xalq hukumatga emas, aksincha hukumat xalqqa xizmat qilishi kerakligi to'g'risidagi tamoyilga asoslana boshladi. Demokratiya sharoitida xalq davlatning irodasiga qarab emas, aksincha, ongli, faol fuqarosi sifatida ishtirok etadi. Davlat va fuqaro o'rtasida shunday oqilona munosabat qaror topadiki, davlatning fuqaro ustidan hukmronligi, zo'ravonligi, "bo'ysundirish" kabi totalitar davlatga xos belgilari barham topadi. Davlatning demokratik kuchi ham uning fuqaroga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Shunda xalqning davlatga nisbatan sadoqati yuqori bo'ladi. Xalqni itoatkorlik asosida tutib turish va siyosat olib borish, oxir oqibatda faqat demokratik jarayonlarga hamda xalqning jamiyat boshqaruvi jarayonlaridan, faol mehnat ruhiyatidan so'ndiribgina qolmasdan, davlatni tobora zaif bir holatga tushib borishga sabab bo'ladi. Bunday davlat, siyosiy rejimning dunyo hamjamiyati oldida ham nufuzi yuqori bo'lmaydi. Fuqarolarga erkinlik, demokratiyani real ta'minlab bermagan davlat tabiatan ma'rifiy bo'la olmaydi. Demokratik jamiyatda esa fuqarolar o'z erkinligi va huquqlaridan to'la foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
    Bular:
    a) avvalo, erkin mehnat faoliyatini tanlash va uni amalga oshirish;
    b) davlat hokimiyatidan va mustaqil bo'lgan turli institutlarda ishtirok etish;
    v) ijtimoiy hayot sohalarida erkin faoliyat ko'rsatish;
    g) jamiyat siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotida sodir bo'ladigan o'zgarishlardan xabardor bo'lish, turli fikr va qarashlarga o'z munosabatlarini bildirishda erkin bo'lish bilan birga, muayyan ma'suliyatini ham o'z zimmasiga olish orqali amalga oshib boradi.
    O'zbekiston mustaqillik tufayli, fuqarolarning so'z, majlislar va vijdon erkinligini ham yangicha asoslarga qo'ydi. Bu daxlsiz huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini milliy qadriyatlar va an’analar, respublikaning milliy tarkibi xususiyatlari, polietnik davlat talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshira boshladi. Bu har bir insonga, 104 uning millati, dini, jinsi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, fuqaro sifatida ham huquqlarini teng amalga oshirish uchun demokratik asoslar yaratib berildi. Bu Respublikada yashayotgan har bir fuqaroning mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida erkin faoliyatini amalda ta'minlab bermoqda.
    Xulosa
    Milliy davlat boshqaruvi tizimi, bir mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, va huquqiy tizimlarini boshqarish uchun qo'llaniladigan qonunlar, institutlar, va jarayonlardan iboratdir. Bu tizim odatda bir mamlakatning hukumat tomonidan o'rganilib, amalga oshirilib, va boshqarilib boriladi. Milliy davlat boshqaruvi tizimi, mamlakatning boshqaruv organlari, qonuniy va qonunlar bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritadigan vazifadorliklar, va boshqaruv organlarining ishlash usullarini o'z ichiga oladi. Bu tizimda muhim bo'lgan elementlar o'zaro bog'liqlik, qonunlarga rioya qilish, huquqiy himoya, va huquqiy javobgarlik prinsiplaridir.
    Milliy davlat boshqaruvi tizimi, qonunlar tomonidan belgilangan qoidalarga asoslanganligi uchun o'zining huquqiy tizimlarini va institutlarini qo'llab-quvvatlaydi. Bu tizim o'z ichiga qonun qabul qilish organlari (masalan, parlament), qonunlarni amalga oshirish organlari (masalan, prezident yoki hukumat), huquqiy nazorat organlari (masalan, konstitutsiya mahkamasi), va tartibga solish organlarini (masalan, politsiya) oladi. Milliy davlat boshqaruvi tizimi, mamlakatning iqtisodiy sohasida ham o'z huquqiy tizimlarini o'z ichiga oladi. Bu tizimda iqtisodiyotni boshqarish uchun qonunlar, iqtisodiyot sohasidagi tartibni ta'minlash uchun institutlar (masalan, moliya vazirligi), va iqtisodiy faoliyatni nazorat qilish organlari (masalan, antimonopol va tartibga solish komissiyalari) mavjud bo'ladi. Milliy davlat boshqaruvi tizimi siyosiy, iqtisodiy, va huquqiy sohalar orasidagi bog'liqlik va hamkorlik asosida mamlakatning yaxshi boshqarilishi va huquqiy jamiyatni ta'minlashga qaratilgan. Bu tizimning muhim vazifalari o'zaro muvofiqlanish, huquqiy himoya, huquqiy javobgarlik, va huquqiy tartibni ta'minlashdir.
    Boshqaruv shakllari va milliy davlat boshqaruvi tizimlarining tafsilotlari mamlakatdan mamlakatga o'zgarishi mumkin. Ularning shakllari, usullari, va institutlari odatda konstitutsiyalar, qonunlar, va mamlakatning tarixi, madaniyati, va siyosiy jarayonlari tomonidan belgilanadi. Boshqa mamlakatlarda milliy davlat boshqaruvi tizimlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lganligi uchun, har bir mamlakatning milliy davlat boshqaruvi tizimiga xususiy o'zgarmoqlar va xulosa qilishlar mavjud bo'ladi.

    Download 0.52 Mb.
      1   2




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maxmadiyorov Zuhriddinning " O’zbekiston tarixi I"

    Download 0.52 Mb.