Qizil rang - Qalaba, hursandchilik, shodlik.
Sariq rang - muqaddaslik.
Qora rang - motam.
Sariq gul - ayriliq.
Zangori - oliy e’tiqod.
Oq rang - tozalik, yorug’lik, baxt va omad ramzi.
Ajdodlarimiz ranglarning hamma xususiyatlarini yaxshi bilganlar. Ular atrofimizni o’rab turgan tabiat ranglariga shaydo bo’lganlari uchun zangori, lojuvard va yaxshi ranglarni ayniqsa ko’p ishlatganlar. Binolarning koshin va pargin sirlarini, oftob nurida tovlanishini hamda atrofdagi ranglar bilan boQlanishini hisobga olib, munosib bo’yoqlar tanlaganlar. Pargin va koshinlarda asosan lojuvard, zangori, yashil, sariq va oq ranglar ishlatilgan. Ular osmon, yer, terilgan pishiq Qisht rangi bilan juda yaxshi boshlagan. O’ar bir rangning mazmuni va asoslangan manbai bo’ladi. Ko’m-ko’k, ya’ni havo rang ota bo’yoq koinotini eslatadi. Yashil rang - ona bo’yoq yer yuzidagi yam-yashil tabiat ramzidir. Ular aralashmasida hosil bo’lgan ranglardan xuddi onalik va otalik mehri kelib turganidek tuyuladi.
Ibn Sino ranglarning ruhiyatga ta’siri haqida quyidagilar bildirgan. “Qora, yashil rangdan ko’zga bor manfaat. Shu ranglardan topgay basorating quvvat. Oqu sariq ranglar haddan oshsa agar, bundan sening ko’zlaringga yetgay zarar.” Sariq rang ko’z nuri hamda asab sistemalarini kuchaytirishini ta’kidlaydilar. Bu boshqa ranglar ichida eng quvnog’i sanaladi. Qadimdan ota-bobolarimiz sariq rangni sariq kasalga davo, deb hisoblab kelishgan. Shuning uchun bemorga sariq libos kiydirishgan va uyini sariq rangli buyumlar bilan jihozlashgan. Alisher Navoiy sariq rang to’g’risida shunday degan:
Yara qon da’fi sarig’ jins qilur, turfa ko’rung.
Kim bilur tegsa yuzing to’kig’a bisyor sariq.
Oq rang ham o’ziga xos tomonlarga ega. Azaldan kishilar yangi uyga ko’chib o’tishdan oldin xonaga yangi uy va shiftlarga un sepishgan. Ayrim joylarda hanuz kelinnikiga kuyov tomonidan kelgan quda-andalarga un sepishadi. O’alqimiz odatda kelin kuyov yo’liga oq matodan poyondoz to’shaganlar.
|