Jabborov qobil latifovich naqsh elimentlarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish




Download 5,91 Mb.
bet21/35
Sana03.04.2021
Hajmi5,91 Mb.
#14044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Uchinchi bosqich. Amaliy san’at fanidan olingan bilim, ko’nikma va malakalar asosida sinov topshirish. Odatda, sinov uchun ham ta’limiy dasturdan foydalaniladi, ammo u nazorat tartibida amalga oshiriladi (ko’rsatmasiz va xatolarni hisoblash asosida). O’quvchilarni sinovdan o’tkazmasdan turib, o’qituvchi fanni o’qitish jarayonida qanday yutuqlarga erishganligini bilib ololmaydi. Sinov topshirish vaqtida o’quvchilar o’zlari ustida mustaqil ish olib boradilar, axborot manbalaridan foydlanish asosida yetarlicha bilim manbalarini to’plab olishga erishadilar.

To’rtinchi bosqich. Bu bosqichda o’quvchilar amaliy san’at fanidan yangi-yangi ma’lumotlarni topish, yangi obyektlarni o’rganish maqsadida o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydilar. Bu endi haqiqiy kasbiy faoliyat bo’lib, bunda o’quvchilar axborot manbalarini to’plash maqsadida kompyuterlardan mustaqil foydalanish, o’qitish jarayonini ta’limiy dastur asosida tahlil etish texnologiyasini joriy etadilar.

Fikrimizcha, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy o’quv yurtlarida amaliy san’atni samarali o’qitish uchun tartibli ta’limiy dasturlar fondini yaratish bo’yicha rejali ishlar olib borilishi kerak. Yaratilgan ta’limiy dasturlarda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir:



  • Amaliy san’atni o’qitish, bunda mavjud har qanday mavzuni yoritish bo’yicha samarali o’quv jarayonlarini tashkil etish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • Amaliy san’atning zamonaviy yutuqlaridan xabardor qiladigan axborot texnologiyasi vositalari, qulay ilmiy texnik ensiklopediya bo’lishi;

  • yoritilayotgan har qanday mavzuga tegishli ma’lumotlar to’plash uchun aniq tuzilma va zaruriy axborotni izlash uchun qulay tizimga ega bo’linishi lozim.

Bu maqsadlarga erishish uchun esa amaliy san’atdan elektron resurslarni tanlash va yaratish metodikasini ishlab chiqishni taqozo etadi. Albatta, buning uchun o’quvchilar kompyuter va internetdan foydalanishni bilishlari, shu orqali mazkur fan bo’yicha eng yangi ma’lumotlarni yig’ishlari talab etiladi.

Kelgusida bu fondni amaliy san’atning fundamental bilimlari va ilg’or yutuqlari bilan boyitib borish, alohida fond dasturi yaratish, zarur vaqtda tegishli ma’lumotlarni olish, ma’lumotlarni qayta ko’rib chiqish, tuzatish va qo’shimchalar kiritish va boshqa qator imkoniyatlar mavjud.



  • Yuqorida yaratilishi ko’zda tutilgan amaliy san’at fondini tizimli ravishda, ta’lim oluvchilarga kerakli ma’lumotlarni qulay topish mumkin bo’lgan holatda tuzish mumkin.

Umumta’lim (mehnat ta’limi) fanlarini o’qitishda informasion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida o’qitishning faol usullari va axborot texnologiyalardan keng foydalanish asosiy masalalardan biriga aylanib qoldi. Bu masalani muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan fan o’qituvchisining kasbiy malakasiga va pedagogik mahoratiga bog’liq. Shunday ekan, oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarning pedagogik malakasini shakllantirish va pedagogik mahoratini rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shubhasiz, bu ishda ilg’or pedagogik tajribalar va zamonaviy axborot texnologiyalari juda qo’l keladi. Shuning uchun ham, umumiy o’rta ta’lim maktablarida fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari to’g’risida ma’lumot berish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Axborot texnologiyasi bu – axborotlarni to’plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va tasvirlashni ta’minlovchi metod va vositalar majmuidir.

Ta’limda axborot texnologiyasi deyilganda o’quv-tarbiya jarayoniga, xususan, fanga oid barcha ma’lumot, fundamental va ilg’or fan-texnika yutuqlari bo’yicha axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va ulardan amaliy foydalanish metodlari va vositalari majmui tushuniladi.

Tadqiqot va izlanishlardan shu xulosaga keldikki, bugungi kunda ta’limga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish o’z ichiga quyidagi masalalarni qamrab olishi lozim:

- ta’lim oluvchilar shaxsini rivojlantirish va ularni axborotlashgan jamiyat sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsatishga tayyorlash:


  • o’quvchilarning fan bo’yicha algoritmik fikrlash tarzini rivojlantirish;

  • reproduktiv faoliyat ulushini kamaytirish hisobiga o’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatish;

  • loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish asosida o’quvchilarda fanlarga bo’lgan qiziqish va ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • o’quvchilarda murakkab vaziyat va fan-texnika masalalariga oid masalalarni hal qilishda optimal yechimni qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish;

  • dastur va tizimlar bilan ishlash malakasini shakllantirish va rivojlantirish;

  • o’quvchilarning fanlar bo’yicha axborot yig’ish ulardan foydalana olish malaka va madaniyatini shakllantirish.


Download 5,91 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Download 5,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jabborov qobil latifovich naqsh elimentlarini kompyuter texnologiyalari asosida tuzishni takomillashtirish

Download 5,91 Mb.