Girih naqsh kompozisiyalari tuzish. O’rta Osiyo xalq amaliy san’ati qadimdan mashhur. Ota-bobolarimiz yaratgan nodir san’at asarlari, ular qurgan muhtasham binolar, arxitektura yodgorliklari hozirgi kungacha o’z maftunkorligini yo’qotmagan. O’atto chet ellik sayyohlar ham qadimiy yodgorliklarni ko’rib lol qolmoqdalar. Bular jumlasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Kalon minorasi, Samarqanddagi Shohi-zinda maqbarasi, Go’ri Amir maqbarasi, Ulug’bek, Sherdor, Tillaqori madrasalari kiradi. Yuzlab xalq me’morlarining qo’llari bilan yaratilgan jonli naqshlar kishilarga ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Chunonchi, Ulug’bek madrasasini tomosha qilar ekanmiz, uning ta’lim-tarbiya maqsadida bunyod etilganligi naqqoshlar bezagi orqali sezilib turibdi. Madrasa bezagidagi bir-birini kesib o’tgan behisob chiziqlardan tashkil topgan naqshlar charaqlab turgan yulduzlarni eslatadi. Ana shu ko’p burchakli va qirrali yulduzlardan tashkil topgan geometrik naqshlar girih deb yuritiladi.
Girih – forscha chigal, tugun degan ma’noni anglatadi. Girih murakkab naqsh turiga kiradi. Geometrik naqsh muayyan taqsimlarga ega bo’ladi. O’ra bir taqsimning o’z tuzulishi mavjud bo’ladi. Girih qat’iy qonuniyatga ega murakkab shakllar asosida takrorlanadi. Demak, har bir girih handasaviy (geometrik) qonuniyatlar asosida vujudga keladi. Girih o’zining murakkabligi, aniq qonuniyatga ega bo’lganligi hamda ko’rkamligi bilan boshqa naqsh turlaridan ajralib turadi.
Girih qat’iy qonuniyatga ega murakkab naqshdir. Usta islimiy nusxa chizishda istagan tomonga navdalarni yo’naltirishi mumkin. Agar ma’qul bo’lmasa o’chirib boshqa yoqqa yo’naltirib bo’sh o’rinlarni gul, g’uncha yoki barglar bilan to’ldirish mumkin. Lekin girih naqshini chizishda usta chizayotgan girihga tobe’ bo’lib qoladi. Chunki har bir girih handasiy (geometrik) qonuniyatlar asosida vujudga keladi. Xandasiy naqshlar O’rta Osiyo va yaqin sharq mamlakatlarida juda keng tarqalgan. U o’zini murakkabligi va aniq qonuniyatga ega bo’lmaganligi, ko’rkam va vazminligi bilan sovlat to’kib turadi. Biron inshoatni bezashda girih bilan islimiy birgalikda qo’llangan bo’lsa, birinchi bo’lib ko’zimizga girih tashlanadi. Kompozisiyada girih yetakchi o’rinni, islimiy esa to’ldiruvchi o’rinni tutadi. Shu sababli girih bilan islimiy birgalikda qo’llangan kompozisiyada islimiy girih chizig’ini kesib o’tmaydi. Girih birinchi, islimiy ikkinchi planda turadi. O’ar bir xalqni islimiy yoki oddiy o’simliksimon naqshlarini ko’rsak ular bir-biridan ajralib turadi. Chunki, har yerni o’ziga xos manzarasi va o’simlik dunyosi naqshida aks etib turadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, islimiy naqshlar geografik xarakterga ega bo’larkan. Girihning Yana bir afzalligi shundaki, u baynalminal, geografik xarakterga ega emas: shu bois u vatan tanlamay yer yuzining hamma qit’asida o’z-o’rnini topa oladi.
Xo’sh naqqoshlikda ramz nima? - u arabcha “ishora qilmoq” so’zidan olingan, tabiatni, voqyelikni hayotdan quvonch va tashvishlarni, do’st va dushmanlarni, yaxshilik va yomonlikni naqsh elementlari, jonli chiziqlar, ranglar orqali tasvirlashdir.
Biz endi o’zbek milliy naqsh tili alifbosi bilan tanishib chiqamiz. Ular quyidagilardan iboratdir:
|