Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar

Download 71,48 Kb.
bet10/27
Sana07.12.2023
Hajmi71,48 Kb.
#113409
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.info

Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida globallashuv jarayoni yetakchi tendensiya hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning eksport kvotasi, kapital qo‘yilmalar tarkibida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ulushi, ishchilar tarkibida xorijlik ishchilar ulushi, intellektual mulk savdosining hajmi ortib bormoqda. Bu jarayon avvalo rivojlangan mamlakatlar tarkibida sodir boimoqda. AQSh va Yaponiya eksportining geografik tarkibida rivojlangan mamlakatlar ulushi taxminan 50 %ni tashkil etadi. Shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasida rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ulushi ortib bormoqda. Jumladan, 2000-2013-yillarda AQSh, Yevropa (YeI-28) va Yaponiya tovarlar eksportining tarkibida Xitoyning ulushi mos ravishda 2,1; 1,7; 8,9% dan 7,7; 8,5; 18,1 %gacha ortgan. Globallashuv jarayoni chuqurlashuvi natijasida rivojlangan mamlakatlarning o‘zaro birbiri bilan iqtisodiy bogiiqligidan tashqari ularning boshqa mamlakatlarga ham bogiiqligi ortib bormoqda.

Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi yana bir muhim tendensiya integratsiya hisoblanadi. Jahonning yetakchi uch markazi o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanayotgan bo’lsa-da, integratsiya jarayonlari uchlikning asosini tashkil etuvchi integratsion guruhlar va ularning a’zolari o‘rtasida yanada jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Misol uchun, NAFTA doirasidagi savdo hajmi ushbu guruhning jami tashqi savdosida 1970-yilda 36 %ni, 1990-yilda 41 %ni, 2013-yilda esa 49,2 %ni tashkil etdi. NAFTAning boshqa mamlakatlar bilan savdosida Yevropa mamlakatlarining ulushi yuqori va ushbu ko‘rsatkich 2013-yilda 15,2 %ga teng bo‘ldi

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar

Download 71,48 Kb.