|
Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar
|
bet | 18/27 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 71,48 Kb. | | #113409 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.infoRivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlatning aralashuvi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida inqirozga qarshi chora-tadbirlarni boshqarish bilan asos solingan. Keyns nazariyasiga muvofiq, soliq, kredit, narx siyosati, davlat xarajatlarini boshqarish, harbiy talabni rag‘batlantirish va cheklash kabi chora-tadbirlar inqirozga qarshi siyosatning asosiy vositalari boidi. Davlat inqiroz davrida yalpi talabni davlat xarajatlarini oshirish, biznesga solinadigan soliqlarni pasaytirish, kredit olish huquqini kengaytirish, yumshoq pul-kredit siyosatini olib borish orqali rag‘batlantirdi. Iqtisodiy o‘sish davrida esa davlat o‘z xarajatlarini qisqartirgan, qattiq pul-kredit siyosati yuritib, soliqlarni oshirgan va kredit olish huquqini cheklagan. Urushdan keyingi yillarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish siyosati, deb nom olgan iqtisodiyotni uzoq muddatli tartibga solishning turli shakllari yuzaga kela boshladi. Tartibga solishning shunday shakllaridan biri iqtisodiy dasturlash va bashoratlash yoki indikativ rejalashtirishdir. Indikativ rejalashtirish 1947-yilda Fransiyada vujudga keldi, keyinchalik Benilyuks mamlakatlarida, 1950-60-yillardan boshlab Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Finlyandiya va Yaponiyada qo‘llanila boshlandi. Urushdan keyingi yillarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish siyosati, deb nom olgan iqtisodiyotni uzoq muddatli tartibga solishning turli shakllari yuzaga kela boshladi. Tartibga solishning shunday shakllaridan biri iqtisodiy dasturlash va bashoratlash yoki indikativ rejalashtirishdir. Indikativ rejalashtirish 1947-yilda Fransiyada vujudga keldi, keyinchalik Benilyuks mamlakatlarida, 1950-60-yillardan boshlab Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Finlyandiya va Yaponiyada qo‘llanila boshlandi. Indikativ rejalashtirish quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi: Indikativ rejalashtirish quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi:
|
| |