|
Yangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi
|
bet | 16/27 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 71,48 Kb. | | #113409 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.infoYangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: • ta’lim; • axborot-kommunikatsiya bozorlari; • intellektual xizmatlar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklarni aniqlaydi, innovatsion rivojlanishga moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi orqali faol ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashishini rag‘batlantirib borishi natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan ta’minlanmoqda. Misol uchun, ushbu ko‘rsatkich Yel da 56 %ga, AQSh da 63 %ga, Yaponiyada esa 74 %ga teng. IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umummilliy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflanayotgan xarajatlar tarkibidagi ulushi o‘rtacha 70 %ga yaqinlashmoqda
Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklarni aniqlaydi, innovatsion rivojlanishga moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi orqali faol ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashishini rag‘batlantirib borishi natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan ta’minlanmoqda. Misol uchun, ushbu ko‘rsatkich Yel da 56 %ga, AQSh da 63 %ga, Yaponiyada esa 74 %ga teng. IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umummilliy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflanayotgan xarajatlar tarkibidagi ulushi o‘rtacha 70 %ga yaqinlashmoqda
Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga sarflanayotgan investitsiyalar hajmining oshib borishi bilan bir qatorda asosiy kapitalning faol elementi hisoblangan axborot texnologiyalariga sarflanayotgan investitsiyalar ham jadal sur’atlarda o‘sayotganligini kuzatish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha AQSh yetakchi mavqega ega va 1970-80-yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanayotgan xarajatlar yiliga o‘rtacha 20-25 %ga, 1990-yillarda esa 30-35 %ga o‘sib borgan.

| |