|
• makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatning ustuvor maqsadlarini asoslash
|
bet | 19/27 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 71,48 Kb. | | #113409 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotida sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar -kompy.info • o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar majmuyi va ularga erishish muddatlarini belgilash; • rejalashtirilgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy me’yorlarni belgilash; • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish; • davlat va nodavlat boshqaruv organlari tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish. Indikativ rejalashtirish dasturlari 3-5-yilga tuziladi. Shu bilan bir vaqtda ular qisqa muddatli (uch yildan kam) va uzoq muddatli (10-15-yil) bo‘lishi ham mumkin.
Indikativ rejalashtirish dasturlari 3-5-yilga tuziladi. Shu bilan bir vaqtda ular qisqa muddatli (uch yildan kam) va uzoq muddatli (10-15-yil) bo‘lishi ham mumkin.
Davlat xaridlari, buyurtmalari, davlat boshqaruv rganlari, hududiy hokimiyatlar, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari, korxonalar o‘rtasidagi muddatli shartnoma shaklidagi shartnoma-rejalar indikativ rejalashtirish vositalari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda indikativ rejalashtirishning maqsadi mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
muvofiqlashtirishdan iborat.
Indikativ rejalashtirish davlat sektori uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘z ichiga oladi, xususiy korxonalar uchun bu majburiy bo‘lmasa-da, ushbu rejaga mos ish tutadilar. Misol uchun, Yaponiyada ishlab chiqiladigan «umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari» rasman qonun hisoblanmasa-da, iqtisodiy subyektlarni shu dasturlar umummilliy manfaatlar yo‘lida bajarishga yo‘naltiradigan va safarbar etadigan davlat dasturlarini ifoda etadi. Yaponiya chorak asrdan ko‘proq vaqtdan beri indikativ rejalashtirish asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirib kelmoqda.

| |