|
Jahon tarixi
|
bet | 1/3 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 40,4 Kb. | | #114265 |
Bog'liq Jahon tarixi mustaqil ish oltinoy
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TURIZM FAKULTETI UMUMKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI KAFEDRASI
“JAHON TARIXI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: “Buyuk geografik kashfiyotlar.Mustamlaka mulklarning paydo bo’lishi”
BAJARDI:GID 2-BOSQICH TALABASI SAYDALIYEVA OLTINOY
CHIRCHIQ-2023
Buyuk geografik kashfiyotlar.Mustamlaka mulklarning paydo bo’lishi
Reja:
Kirish
I bob.Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi
1.1.Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari
1.2.Amerikaning Kolumbdan avval ochilishi
1.3.Dunyo bo’ylab birinchi sayohat:Tinch okeaniga chiqish
II bob.Buyuk geografik kashfiyotlar davri
2.1.Shimoliy Amerikaning inglizlar va fransuzlar o’rtasida qaytadan taqsimlanishi
2.2.Meksikaning zabt etilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
XV asrda G‘arbiy Yevropada feodalstik munosabatlarni barqarorlashishiga va kapitalistik munosabatlarni rivojlanishiga sharoit yaratildi. Sanoat ishlab chiqarishida birinchi kapitalistik manafakturalar paydo bo‘ladi. Metallurgiyadagi texnik inqilob, porox ishlab chiqarish, o‘qotar qurollarni ishlatilishiga olib keladi, bu esa Yevropa armiyalarini oldinga olib chiqadi. Ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi asosi bo‘lgan kitob bosmasi yo‘lga qo‘yiladi. Yelkanli kema-karavellalarni ixtiro etilishi, kompas va dengiz kartalarining ishlatilishi dengizda uzoq sayohat qilish imkonini yaratdi.
Yevropaning yetakchi davlatlari Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor edilar. Bu mamlakatlar G‘arbiy Yevropaga ziravorlar, ipak mato va qimmatbaho toshlar olib kelinardi. Quruqlikdagi vositachilik savdosi oqibatda Yevropada passiv savdo ayirboshlash balansi va qimmatbaho metallar kamomadini keltirib chiqarardi. Ammo XV asr o‘rtalarida Turklar tomonidan sharqiy O‘rtayer dengiz bo‘yini istilo etilishi bunday savdoni yo‘qqa chiqardi. Shunga bog‘liq holda Shimoliy Italiyaning savdo respublikalari Geniya va Venetsiyaning ahamiyati tushib ketadi va Ispaniya va Portugaliyaning roli oshadi. Mavrlarga (arablarga) qarshi olib borilgan uzoq davom etgan mustaqillik kurashi natijasida ushbu Pireniya davlatlarida, dengiz bo‘yi shaharlari burjuaziyasi va harbiy dvoryanlarga tayangan kuchli qirol hokimiyati o‘rnatildi. Portugaliya o‘zerini mavrlardan tozalashni erta tugatdi va avvaldan ma’lum yo‘nalishda, janubga qarab Afrika qirg‘oqlarini egallashga kirishdi. Rekonkista Ispaniyada sal kechroq tugallandi va uyerda Osiyoga olib boradigan noma’lum g‘arbiy yo‘lni izlashga tushildi. Bunga Yerning sharsimonligi haqidagi antik davr tasavvurlarini uyg‘onishi sabab bo‘ldi. XV asrning 70-yillarida, Toskanellining dunyo kartasi keng tarqaldi. Unda Yevropaning g‘arbida, hozirgi Amerika uzunligida Osiyoning sharqiy qirg‘oqlari tasvirlangan edi. Bu g‘oya XV asr oxirida Yer sharining dastlabki globuslaridan biri bo‘lgan Bexaymning globusida ham berilgan edi. Quyida buyuk geografik kashfiyotlarning qisqacha tavsifini keltirib o‘tamiz.
|
| |