• Mavzuning obyekti
  • Mavzuning maqsadi
  • Jahon tarixi




    Download 40,4 Kb.
    bet2/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi40,4 Kb.
    #114265
    1   2   3
    Bog'liq
    Jahon tarixi mustaqil ish oltinoy

    Mavzuning dolzarbligi. Mavzuning mazmunini tashkil etgan G‘arbiy Yevropalik sayyohlardan Bartolomeo Diash, Xristofor Kolumb Vasko da Gama, Fernan Magellan va Frensis Dreyklarning faoliyati va ularning kashfiyotlari haqida so‘z boradi.Bu sayohatlarnng kashfiyotlari buyuk geografik kashfiyotlarning birinchi yuz yillik davrining muhim voqealari hisoblanadi. 1488 yil portugaliyalik dengizchilar Afrikani barcha g‘arbiy va janubiy sohillarini tekshirdilar. (Bartolome Diash va boshqalar) 1492 – 1494 yillarda Xristafor Kolumb Bagama orollarini, katta va kichik orollarni kashf qildi. 1497 – 1499- yillarda Vasko da Gama G‘arbiy Yevropadan Janubiy Afrika bo‘ylab Hindistonga uzliksiz dengiz yo‘nalishini ochdi. 1519–1522-yillarda Fernan Magellan va uning safdoshlari Amerikaning janubiy chekkasi bo‘ylab bo‘g‘oz orqali (keyinchalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi) dunyo bo‘lab birinchi sayohat qildi. Frensis Dreyk – ingliz dengiz sayyohi, 1588 - yilda vitse - admiral, 1577 – 1580-yillarda Magellandan so‘ng ikkinchi bo‘lib dunyo bo‘ylab suzib chiqqan.
    Mavzuning obyekti. Buyuk geografik kashfiyotlar davri.Mustamlaka mulklarning paydo bo’lishi .
    Mavzuning predmeti. Buyuk geografik kashfiyotlar 2 bosqichdan iborat.Birinchisi XV asr o’rtasi XVI asr o’rtasigacha ;ikkinchisi XVI asr o’rtalaridan XVII asr o’rtalarigacha.
    Mavzuning maqsadi: Buyuk geografik kashfiyotlarning qachon va kim tomonidan amalga oshirilganligini yoritib berish.
    Mavzuning vazifasi:Buyuk geografik kashfiyotlarni o’rganish ,shu davrdagi bo’lgan yangi dunyolarning ochilishini aniqlash

    I bob.Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi
    1.1.Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari
    Yevropa sayohatchilarining eng muhim geografik kashfiyotlari bilan bog'liq. Geografik kashfiyotlar - odamlar oldindan noma'lum bo'lgan yangi yerlarni izlash va topish. Odamlarning buyuk ishlarni bajarishiga sabab bo'lgan bu sabablar geografik kashfiyotlar XV asrning oxiridan boshlab amalga oshirilgan.Bu geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga bir qancha sabablar mavjud:
    Birinchidan, XV – XVI asr boshida Yevropada yuz yillar mobaynida tovar ishlab chiqarish jadal sur'atlar bilan rivojlanib, xom ashyo talab ortib borishiga olib keldi. Ammo Yevropada xomashyo yetarli emasligi sababli ularni boshqa davlatlardan import qilish kerak bo'ldi. Ikkinchidan, O'rta Yer dengizi bo'ylab mavjud bo'lgan savdo yo'llari, shuningdek, Osiyoni Yevropa bilan bog'lovchi Buyuk Ipak yo'li juda xavfli holga aylandi. Ushbu yo'nalishlarni nazorat qilish Usmonli imperiyasiga (Turkiya) o'tdi. Yevropaliklarga yangi dengiz savdo yo'llarini ochish vazifasi tarixiy zaruriyatga aylandi. Hozirgi zamon kemalari va qurol-yarog'lari o'zlarining rejalarini amalga oshirishga to'liq imkon berdilar. Kompas bilan birga navigatsiya paytida ishlatilgan astrolabe ixtirosi ham katta ahamiyatga ega edi. Ushbu davr mobaynida italiyalik olim P. Toscanelli, bu turning jahon xaritasini yaratganligi sababli. Unda Osiyo qit'asining mollar - ziravorlar (murch, dolchin, qalampirmunchoq, muskat yong`og`i va shu singarilar), qand, zargarlik, attorlik mollari, Sharqning har xil matolari va boshqa mollar G`arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta sinflarnnng iste’moliga tobora ko’proq kira boradi, Janubiy Italiya, Janubiy Fransiya, Sharqiy Ispaniya (Kataloniya) shaharlaridagi savdogarlar Sharq bilan savdo qilishi natijasida juda katta boylik to’playdilar. Biroq XV asrning ikkinchi yarmida O’rta dengiz orqali bo’ladigan savdo inqirozga uchraydi. Bir qancha sabablar ilgari ham levant savdosining rivojlanishiga to’sqinlik qilib kelgan edi.
    Sharq mollari arablar, vizantiyaliklar, italyanlar va boshqa xalqlarning qo’lidan o’tganligi tufayli ularning narxi benihoya oshib ketardi. G`arbiy va g`arbi-shimoliy Yevropa mamlakatlaridagi savdogarlar juda uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimahol edi.Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo qilinishi levant savdosining ahvolini yanada mushkullashtirdi. Turklarning talonchiligi, dengiz qaroqchiligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko’p xilma-xil soliqlar olinishi tufayli O’rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilish xavfli, kam foyda keltiradigan bo’lib qoldi va bu savdo ahyon-ahyondagina bo’lib turdi. Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan-bir yo’l - Misr orqali va Qizil dengiz orqali boradigan yo’l qolgan edi, xolos. Ammo bu yo’lni arablar o’zlariga tamomila monopoliya qilib olgan edilar.
    Hatto venetsiyaliklar ham Sharqqa borganda faqat Aleksandriyagacha borar va u yerda ularni arab savdogarlari o’z ziravorlari bilan kutib olardilar. G`arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo’l topish ustida tobora ko’proq bosh qotira boshladilar. Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga Yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan edi. Yevropada tovar xo’-jaligining rivojlanishi qimmatbaho metallarni ko’proq talab qila boshlaydi. Oltin bilan kumush Yevropa feodallari va o’sib borayotgan burjuaziyaning xo’jalik maqsadlariga tobora ko’proq zarur bo’la boshlaydi.
    Ammo G`arbiy Yevropada qimmatbaho metallar qazib olish ishlari juda sust rivojlanmoqda edi. Sharq bilan bo’ladigan savdo oltin va kumush masalasida qo’shimcha qiyinchilik tug`dirmoqda edi, Levant savdosining savdo balansi Yevropa uchun foydasiz bo’lib qoldi.Yevropa Sharqning qimmatli, g`aroyib mollari evaziga o’zining qishloq xo’jalik va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini, mis, qalay, qisman movut va boshqa ayrim sanoat mollarini bera olardi. Yevropaning bu mollari har holda Sharq mollariga nisbatan umuman ancha arzon yurar va shuning uchun Sharqdan sotib olinadigan mollarning qiymatini qoplay olmas edi. Shunday qilib, Yevropaliklar har yili Sharqqa yetmay qolgan summaning muayyan miqdorini qimmatbaho metallar bilan to’lashga majbur bo’lardilar, natijada oltin va kumush Yevropaga kirmas, balki undan Sharq mamlakatlariga chiqib ketar edi.
    1.2.Amerikaning Kolumbdan avval ochilishi
    XV asr o'rtalarida Portugaliya qiroli Alfons V norvegiyalik kapitan qaroqchilar - Didrik Payning va Gans Poforstning afsonaviy boy mamlakat hisoblangan Hindistonga boriladigan shimoliy dengiz yo'lini izlash bo'yicha ekspeditsiyasini mablag' bilan ta’minlagan. Bu ekspeditsiyaning maxfiy rahbari Portugaliya qirolining vakili Juan Kortereal edi. Korterealning Amerikaga ekspeditsiyasi tarixi haqida hech narsa aniq ma’lum emas. Kemalar Norvegiyadan yoki Daniyadan yo'lga chiqqan va avvaliga Islandiya tomonga qarab yo‘l olishgan. U yerdan Grenlandiyaga, keyin esa Yangi Dunyoga o'tishgan. Korterealning 1472-yilda Amerikada bo'lganligini tasdiqlovchi bu ekspeditsiya haqida yozma ma’lumotlar ancha keyingi manbalarda saqlanib qolgan. Kortereal kashfiyotining asosiy isbotidir. Unda nafaqat Yevropa, balki Islandiyadan g'arbga tomon ketgan yerlar ham ko'rsatilgan, bu yerlarni Yangi Shotlandiya, Nyufaundlen va llohiy Lavrentiy qo'ltig'i deb hisoblash mumkin. Bu yerlar haqidagi ma’lumotlarni u xotinining yaqin qarindoshi bu paytga kelib, Azor orollaridan birida gubernatorlik qilayotgan o'sha Korterealning o‘zidan olishi mumkin edi. Bexaim bu orolda to'rt yil yashagan va shuni ishonch bilan taxmin qilish mumkinki, ular bir necha martalab uchrashishgan va kartograf qimmatli ma’lumotni bevosita sayohatchining o'zidan olgan. Korterealning kashfiyotini yana shu narsa tasdiqlaydiki, qirol Juan II Korterealning o'g'illari Gashpar va Migelga ularning otasi tomonidan ochilgan «orol va materikka» egalik huquqini bergan. XVI asr boshida Gashpar va Migel bu yerlarni izlab yo'lga tushishdi, biroq ular shu ketgancha domdaraksiz ketishdi. Martin Bexaym (1459-1507) - nemis geografi va sayohatchisi uzoq vaqt Portugaliyada xizmatda bo'lgan. U bizgacha saqlanib qolgan eng qadimgi globusni yaratgan.
    XV asrda Yevropada dengiz ortidan keltiriladigan mahsulotlarga, birinchi navbatda vatani Hindiston hisoblanadigan ziravorlarga bo'lgan talab juda oshib ketdi. U yerga quruqlik orqali borish yo'li turklar tomonidan egallab olingandi, shu sababli yevropaliklarga dengiz orqali borish yo'lini izlashga to'g'ri keldi. Bunda asosiy raqobatchilar Portugaliya va Ispaniya bo'ldi. Xristofor Kolumb 1451-yilda Genuyada tug'ilgan bo'lsada, biroq u ko'p yillar Portugaliya kemalarida xizmat qildi. U o'qimishli kishi bo'lib, bir necha tillarda o'qishni bilar va xaritalar tuzishga qiziqardi. Kolumb dadil fikrni - Yevropadan Hindistonga g'arbiy dengiz yo'li orqali suzib borish g'oyasini ilgari surdi. 1485-yilda Portugaliya qiroli bu g'oyani qo'llab-quvvatlashni rad etgandan so'ng u Ispaniya hukumatiga murojaat qildi va ekspeditsiya tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi ekspeditsiyada (1492-1493) hammasi bo'lib 90 kishi qatnashdi, ular uchta uncha katta bo'lmagan kemalar - «SantaMariya», «Pinta» va «Ninya»da yo'lga chiqishdi. 1492-yilning 3-avgustida kemalar avval Kanar orollari tomonga jo'nashdi, so'ngra ekspeditsiya g'arb tomonga qayrildi va Atlantika okeanini kesib o'tdi. Kolumb Bagam arxipelagi orollaridan biriga tushdi. Ochiq orollardan birini u San-Salvador deb nomladi. Shu kun rasman Amerika ochilgan kun deb hisoblanadi. Keyinchalik Kolumb yana bir necha Bagam orollariga yaqinlashib bordi, Gaiti orollarini ochdi va ularga Espanolo deb nom berdi, Kubaning shimoliy-sharqiy qirg'oqlarining bir qismini ochdi, bu yerda u ekin maydonlari bilan o'ralgan qishloqlarga duch keldi. Yevropaliklar o'zlari uchun notanish bo'lgan madaniy ekinlar - makkajo'xori, kartoshka va tamakiga e’tibor qaratdilar, ular ilk marotaba aborigenlar qanday qilib tamaki chekayotganlarini ko'rdilar. Ikkinchi ekspeditsiya (1493-1496), 1,5-2,5 ming kishidan iborat ekipajni o'z ichiga olgan 17 ta kemadan iborat bo'lib, unda Dominika, Gvadelupa orollari, Puerto-Riko oroli va yana yigirmaga yaqin Kichik Antilya orollari ochildi. Uchinchi ekspeditsiya (1498-1500) Trinidad orolini ochdi va Orinoko daryosi deltasini topdi, bu bilan Janubiy Amerikaning ochilishiga asos solindi. To‘rtinchi ekspeditsiya (1502-1504) Martinika orollariga va Gonduras qo'ltig'iga yetib bordi. To'rtinchi ekspeditsiyada Kolumb Markaziy Amerikaning Karib qirg'oqlarida 2 ming km masofani bosib o'tdi. Kolumbning uchta karavellalaridan biri - «Santa-Mariya» Xristofor Kolumb yevropaliklar uchun yangi materik ochgan ini bilmasdan o'tib ketdi. Geografik kashfiyotlar unga boylik keltirmadi, shon-shuhrat esa vaqtinchalik bo'lib chiqdi.Hindistonga dengiz yo'lining ochilishi Kolumbning ispan ekspeditsiyasi g'arbiy Hindistonni ochishdi deb hisoblandi, portugaliyaliklar esa Hindistonga ochilgan yo'lga bo'lgan huquqlarini belgilab olish uchun shoshilishlari kerak edi. Buning uchun 1497-yilda Portugaliyadan Afrika atrofidan aylanib Hindistonga dengiz orqali borish yo'lini topish uchun eskadra shaylandi. Portugaliyalik dengizchilar Afrika janub tomondan sharqqa qarab cho'zilib ketganligini bilishardi, axir 1488-yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubiy chekkasigacha suzib borgan, hattoki uni aylanib ham o'tgan edida. Yangi ekspeditsiyaga boshliq etib asli oqsuyaklardan bo'lgan saroy amaldori Vasko da Gama tayinlandi, uni shaxsan qirol Manuel I ekspeditsiyaga rahbar etib tayinladi. U «San-Gabriel», «SanRafael» va tez yurar «Berriu» karavellasini Gama ixtiyoriga berdi, Vasko «San-Gabriel» kemasida admiral bayrog'ini o’rnatdi. Bundan tashqari flotiliyani oziq-ovqat va asbob-jihozlar g'amlangan transport kemasi kuzatib bordi. Ekipaj tajribali dengizchilardan iborat edi, ular orasida arab va afrika tillarida gapira oladigan tilmochlar ham bor edi. 1497-yil 8-iyulda flotiliya Lissabondan yo'lga chiqdi va bir necha hafta suzib, Yaxshi Umid burunini aylanib o'tdi. Zambezining quyilish joyida ekipaj kemalarni ta’mirlash uchun to'xtab o'tishiga, keyin shimolga qarab suzishVasko da Gamada arablarga tegishli yerlardan o'tishiga to'g'ri keldi. Portugaliyaliklar mahalliy shayx bilan til topishishga muvaffaq bo'ldilar, u ekipajga ishonchli lotsman topib berdi, lotsman kemalarni Hindistonning Kalikutdagi gavaniga olib borib qo'ydi. Sayohatchilar kemalarga ziravorlar va qimmatbaho zebu-ziynatlar yuklab, ortga qaytishdi. Ortga qarab deyarli bir yil suzishdi. Portugaliyaga faqatgina ikkita kema qaytib keldi, xolos. Ekipajning yarmi arablar bilan bo'lgan to'qnashuvda, shuningdek singa kasaliga chalinib halok bo'ldi. Shunday qilib, Vasko da Gama dengiz yo'lini ochdi, 1869-yilda Sues kanali ochilgunga qadar Yevropaning Hind okeani mamlakatlari va Xitoy bilan butun savdo aloqalari shu yo'l orqali amalga oshirildi. Bu savdolarda monopoliya Portugaliya qo'lida bo'ldi, bu unga deyarli yuz yil mobaynida eng kuchli dengiz mamlakati mavqeini saqlab turishiga imkon berdi. Vasko da Gama Afrika qirg‘oqlarini batafsil ta’riflab berdi, batafsilligi jihatidan faqatgina XIX asrdagi Britaniya admiralligining «Afrika lotsiyasi»gina u bilan tenglasha oladi.
    1.3.Dunyo bo’ylab birinchi sayohat:Tinch okeaniga chiqish
    Kashfiyotlarga olib boradigan ekspeditsiya g'oyasini 1470 yilda tug'ilgan va 1521 yilda vafot etgan Fernand Magellan taklif qilgan. Aslzoda, u Portugaliyada tug'ilgan, qirollik sahifasi edi. Ma'lumki, Magellan yaxshi ma'lumotga ega bo'lgan, kosmografiya, navigatsiya va astronomiya bilan shug'ullangan. Uning birinchi sayohati Fernand yigirma yoshida bo'lgan: u harbiy janglarda qatnashgan. Magellan Malakkadagi mahalliy aholi qo'zg'olonini bostirishga muvaffaq bo'ldi va keyin Afrikada xizmatda qoldi. Soxta ayblov dengiz kapitanining karerasini tugatdi. Portugaliya qiroliga taklif qilingan g'arbga suzib borish g'oyasi rad etildi.
    U qirol Charlz V ni Tinch okeani va Atlantika okeanlari o'rtasida o'tish davri mavjudligiga ishontirishga muvaffaq bo'ldi. Agar bu bo'g'ozni topish imkoni bo'lganida, Ispaniya g'arbiy tomonda joylashgan barcha erlarni oladi Kanar orollari(Rim papasi Aleksandr VI buyrug'i bilan). Do'st, astronom Ruy Falier, shuningdek, loyihani qo'llab-quvvatlash evaziga ekspeditsiya keltiradigan foydaning 20 foizini berishni taklif qilgan aristokrat De Aranda qirollik "yaxshi" ni olishga yordam berdi. Shunday qilib, ziravorlar orollariga yo'l topish loyihasi qirol tomonidan qabul qilindi. Biroq Faler De Arandning ulushini 8 foizgacha qisqartirishga muvaffaq bo'ldi.
    Magellan o'z sayohati g'oyasini taklif qilganda, dunyo Markaziy va Janubiy Amerikaning ba'zi qismlari, shuningdek, ulardan tashqarida joylashgan okean haqida allaqachon bilar edi. Ammo keyin hech kim Sharq va G‘arbni boshqa yo‘l bilan bog‘lashi mumkinligidan shubhalanmadi.Magellan Ziravorlar orollari Osiyoda emas, balki Yangi Dunyoda joylashganligini isbotlashga qaror qildi. Bu shuni anglatadiki, achchiq boylik o'sha paytda ishonilganidek, Portugaliya emas, balki Ispaniyaning ta'sir doirasi. Magellan dunyo bo'ylab sayohat qilishni o'ylamagan. U Janubiy Amerikada bo'lishi mumkin bo'lgan bo'g'ozni qidirayotgan edi. U Spice orollariga borishni, tovarlar sotib olishni, Ispaniyaga olib kelishni va daromad olishni xohladi. Beshta kema suzib ketdi. Ularning jihozlari uchun pul yetarli edi. Ular Portugaliya vositachiligisiz to'g'ridan-to'g'ri daromadli ziravorlarga kirishni xohlashdi. Portugaliya hukumati ekspeditsiyani to'xtatishga urinishlariga qaramay, u haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo'lishidan qo'rqib, sayohat amalga oshirildi.
    Portugaliyaning Ispaniyadagi elchisi Alvaro da Kosta Magellanning ekspeditsiyaga chiqishini oldini olish uchun bor kuchini sarfladi. U o'z tashabbusini amalga oshirish mumkin emasligi haqida mish-mishlarni tarqatdi. Ispanlar kapitanga ishonmasliklari, shuningdek, sayohatda ishtirok etadigan qirollik amaldorlaridan faqat muammo kutish mumkin. Magellanga, shuningdek, Portugaliya qiroli uni o'z vatanida kutayotgani, u uchun qulay joy tayyorlanganligi aytilgan. Hammasi behuda edi. Keyin elchi Magellanning hayotiga suiqasd uyushtirdi, bu muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Alvaro da Kosta o'z ishini davom ettirdi: u kemalarni sifatsiz uskunalar va mahsulotlar bilan ta'minlashni tashkil qildi va turli to'siqlarni tuzatdi. Bularning barchasi muvaffaqiyatsiz bo'ldi. To'g'ri, Ispaniyada ko'pchilik ekspeditsiyani portugaliyalik boshqarib borishidan norozi bo'lganlar, u qo'shimcha ravishda yaxshi jekpot oladi: foydaning beshdan bir qismi, yangi ochiq yerlardan yigirma qismi va uchdan biriga egalik qilish huquqi. yangi orollar. Magellanning shaxsiy bayrog'i o'rnatilganda, bu flagmanda g'alayonga olib keldi: u Portugaliya bayrog'iga juda o'xshardi. Qo'zg'olon bostirildi, ammo yon berish kerak edi. Kemada Portugaliyadan besh nafardan ortiq muhojir bo'lishi mumkin emas edi va standart o'zgartirildi. Ekspeditsiya 1519 yil 20 sentyabrda dengizga chiqdi. Yo'l davomida Magellan u bilan birga suzib yurgan ispanlar bilan to'qnashuvlarga duch keldi.
    Birinchisi kapitan Xuan de Kartagena bilan sodir bo'ldi. U Magellan portugaliyaliklar bilan uchrashmaslik uchun tasdiqlangan marshrutni o'zgartirishga qaror qilganidan g'azablandi. Admiral rejalashtirilganidek Amerikaga emas, Afrikaga borishga qaror qildi. Magellan va Kartagena hatto urushib ketishdi. Ispaniyalik kapitanlik lavozimidan mahrum qilindi va boshqa kemadagi yo‘lovchiga topshirildi. Bu Magellanning ishonchliligini oshirdi, ammo uning g'azablangan dushmani bor edi.
    Taxminan 15 ming kilometr masofani bosib o'tgan kemalar odamlar yashaydigan biron bir orolni uchratmasdan, cheksiz kengliklarni bosib o'tishdi. Ovqat tugab qoldi. Odamlar hatto kalamushlarni, ustunlar va yon tomonlardan olib tashlangan charm qoplamalarni iste'mol qilishdi. Uch oy juda qiyin bo'ldi. Biroq, qaysidir ma'noda dengizchilarga omad kulib boqdi: yo'lda hech qanday bo'ron bo'lmadi. Bu yangi okeanni Tinch okeani deb atashga sabab bo'ldi. Bu Magellan ilgari o'ylaganidan ancha katta bo'lib chiqdi.

    Download 40,4 Kb.
    1   2   3




    Download 40,4 Kb.