• Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • II bob.Buyuk geografik kashfiyotlar davri




    Download 40,4 Kb.
    bet3/3
    Sana09.12.2023
    Hajmi40,4 Kb.
    #114265
    1   2   3
    Bog'liq
    Jahon tarixi mustaqil ish oltinoy

    II bob.Buyuk geografik kashfiyotlar davri
    2.1.Shimoliy Amerikaning inglizlar va fransuzlar o’rtasida qaytadan taqsimlanishi
    1533-yilda fransuz qiroli Fransisko I Rim papasidan 1493-yilda Portugaliya va Ispaniya o'rtasida dunyoning taqsimlab olinganligi faqatgina o'sha paytgacha ochilgan yerlarga taalluqli ekanligi haqidagi qarorni olishga muvaffaq bo'ldi. Buning natijasida erkin harakat qilish huquqini qo'lga kiritgan Fransiya mustamlakalarni bosib olishga kirishdi. 1534-yilda fransuz Jak Kartye Shimoliy Amerikani fransuzlar mustamlakasiga aylantirishni boshlab berdi. U llohiy Lavrentiy qo'ltig'ini, Shahzoda Eduard orolini ochdi va qirg'oqqa tushdi (keyinchalik Kanadaga tegishli), so'ngra llohiy Lavrentiy daryosi bo'ylab yuqoriga ko'tarildi. Kartye xushmanzaraligi bilan uni lol qoldirgan joyga Monreal (shohona tog') nomini berdi. Aynan shu yerda hindular qishlog'i o'rnida keyinchalik Monreal shahri yuzaga keldi. Biroq tez orada tashabbusni inglizlar o'z qo'llariga olishdi va 1583-yilda Sent-Jon fortida Nyufaundlendga asos solindi. 1584-yilda inglizlar hozirgi AQSh sharqiy qirg'oqlariga joylashib olishga anchagina urinishdi, ammo hindular shuningdek ispanlar tomonidan tez-tez uyushtirib turilgan hujumlar tufayli mustamlakaga aylantirishni to'xtatishga majbur bo'ldilar. Angliyaning janubida va shimolida joylashgan va hozirda AQSh ga tegishli bolgan ingliz qishloqlari XVII asr boshlarida paydo bolgan. Mustamlakachilar uchta kemada besh oy davom etgan va yo'lda ochlik va kasallikdan bir necha o'nlab kishi halok bo'lgan og'ir safardan so'ng 1607-yilda Chezapik ko'rfaziga Jak Kartye yetib keldilar. Bu yerda ular yog'och fort qurishib unga qirol nomini berishdi, keyinchalik bu fort Jeymstaun deb qayta nomlandi. Fransuzlar 1608-yilda Shimoliy Amerikada Kvebek qo‘rg‘onini qurib o‘zlarining birinchi mustamlakalariga asos solishdi. XVII asr oxiriga kelib Yangi Fransiya yangi Angliyaga qaraganda anchagina katta joyni egallardi, biroq fransuzlar og'ir xatoga yo'l qo'yishdi. Ular hindularning eng qudratli guruhi bo'lgan Olti xalq yoki irokezlar bilan urishib qolishdi. Bu janjaldan so'ng 1684-yilda irokezlar inglizlar bilan ittifoq tuzishdi. Inglizlar va fransuzlar o'rtasida Shimoliy Amerikada mustam- ­ lakalarni qo'lga kiritish uchun bo'lgan jang Angliyaning g'alabasi bilan tugadi. Mustamlakalar uchun bo'lgan jangda har ikkala tomondan ham hindularning turli qabilalari faol ishtirok etishdi. Bu yerlarda fransuzlar yoki inglizlar qolishi ko'pincha ushbu qabilalarning qarorlari va xatti-harakatlariga bog'liq bo'lardi.
    2.2.Meksikaning zabt etilishi
    Qadimgi afsonaga ko'ra, bir kuni ko'chmanchi atsteklar kaktusga qo'nib tumshug'ida zaharli ilonni tishlab turgan burgutni uchratishadi. Bu Olloh tomonidan berilgan belgi edi. 1325-yilda shu yerda bo'lg'usi imperiya poytaxti Tenochtitlanga (hozirgi Mexiko) asos solindi. Hozirgi Meksika o'rnida qachonlardir qudratli atsteklar imperiyasi joylashgan edi. Amerika kashf etilgan vaqtda atsteklar 370 qabila joylashgan ulkan hududga egalik qilishardi. Bosib olingan xalqlar o'lpon to'lashar, ular bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo'linar edi, ko'plab asirga olinganlar qonxo'r xudolarga qurbon qilinardi. Bunday sharoitda kam sonli ispanlarning o'zlariga ko'plab ittifoqchilar topganiga ajablanmasa ham bo'ladi. Atsteklarning eng qadrlaydigan xudolaridan biri Ketsalkoatl (Qanotli ilon) edi. Afsonalarga ko'ra, sharqdan dengiz ortidan suzib kelgan bu oq tanli soqolli (hindular soqolsiz) xudo odamlarga ilm-fan olib kelgan: kalendar, matematika, astronomiya, toshga va metallga ishlov berish san’ati. U hindularga dehqonchilik va hunarmandchilikni o'rgatdi, yeb bo'ladigan va dorivor o'simliklarni ko'rsatdi, qonunlarni berdi. Bu xudo, hindularni hayratda qoldirgan holda odamlarni qurbon qilishni talab qilmadi. Ketsalkoatl vataniga qaytib ketdi, biroq u qaytib kelishga va’da berdi. Og'ir qurolyarog'lar taqqan konkistadorlar paydo bo'lganda, hindular hayratdan lol qoldilar. Kelgindilarning bir qismi otlarga minib olishgandi. Atsteklar bu hayvonlarni birinchi marta ko'rib turishlari edi. Ulkan suzib yuruvchi uylarni (kemalar) boshqarib kelgan jangchilarning oq tanli yo'lboshchisi Ernan Kortesni mahalliy aholi xudo - Uchar ilon o'rnida qabul qildi. 1519-yilda bor-yo'g'i 550 dengizchi-konkistadordan iborat ekspedetsiyaga boshchilik qilgan Ernan Kortes xudo rolini qoyilmaqom qilib o'rinlatdi. Mutlaq hokimiyat va so'zsiz itoat etishga ko'nikkan qat’iyatsiz va bo'sh imperator Montesuma pora berib Kortesdan qutulishga harakat qilib ko'rdi, biroq ispanlar qancha ko'p oltinga ega bo'lsalar, ularning ochko'zliklari shunchalik ortdi. O'ta zolim, makkor va firibgar Kortes atigi ikki yil ichida Meksikani zabt etdi. Meksikaning general-kapitani martabasini qo'lga kiritgan Kortes yana ikkita - daryo havzasi Santa-Mariyaga (1523) va Gondurasga (1524-1525) uyush-tirilgan harbiy harakatga boshchilik qildi. U 1535-yilda Kaliforniya yarim oroli qirg'oqlarining uncha katta bo'lmagan qismini aniqladi. Konkistadorlar (ispancha «zabt etuvchilar») - ispanlarning XV-XVI asrlarda Janubiy va Markaziy Amerikaga qilgan bosqinchilik yurishlari qatnashchilari.
    Bundan besh yuz yil ilgari hozirgi Ekvadordan Chiliga qadar bo'lgan hududda kattaligi bo'yicha Rim imperiyasiga teng keladigan ulkan davlat joylashgan edi. Imperator Buyuk Inki hukmronligi ostida 12 mln ga yaqin hindular bor edi. Bu davlat rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan Yangi Dunyo davlatlari orasida ajralib turardi. Inklarning pog'ona-pog'ona bo'lib turadigan yer maydonlari, o'z davridan ancha ilgarilab ketgan irrigatsion qurilmalari hozirgacha yuqori hosil olib kelayotgan hindularga xizmat qilib kelmoqda. Inklar yaxshigina jarroh va matematik, arxitektor va astronom ham bo'lishgan. XVI asrda bu yerga konkistadorlar bostirib kirdilar va ular mahalliy aholi tomonidan juda yaxshi kutib olindilar. Kolumbning 1493-yilda yozgan xatidagi mana bu jumla Yangi Dunyo aholisi, xususan inklarning qandayligini ko’rsatib beradi: «Ulardan nimani so'rama, hech qachon rad etishmaydi, aksincha hamma narsani baham ko'rishadi va barchaga hattoki jonlarini berishga ham tayyordek iltifot bilan munosabatda bo'lishadi». Inklarning so'nggi imperatori Ataualpa razvedkachilarining ma’lumotlaridan ispanlarning barcha harakatlari, hatto ularning rejalaridan ham xabardor edi. Biroq razvedkachilar ispanlarning otlari kechasi ko'rmaydi, odam va ot - yagona mavjudot, yiqilsa, so'ngra qayta jang qila olmaydi, ularning arkebuzlari, ya’ni piltali miltiqlari faqatgina yashin chiqaradi, u ham bo'lsa faqatgina ikki marta, ispanlarning uzunpo'lat nayzalari esa jang uchun mutlaqo yaroqsiz deb imperatorni ishontirishdi. Pisarro Yangi Dunyo qirg'oqlariga (hozirgi Peru hududi) yetib kelganda 200 piyoda askar va 27 ta oti bilan birga edi. Lekin yo'lda uning armiyasi inklar hukmronligidan norozi bo'lgan odamlar hisobiga anchaginaga ortdi. Ataualpanima uchun uni tuzoqqa tushirishlariga yo'l qo'yib berganligini tushuntirib berish qiyin. 1532-yil 16-noyabrda u ko'p sonli mulozimlari kuzatuvida, garchi ular konkistadorlarning yo'lboshchisi Fransisko Pisarro talab qilganidek qurollanmagan holda bo'lsalarda, Kxamarka maydoniga yetib keldi. Shafqatsiz va makkor Pisarro Ataualpaning oltin taxtiravoniga yaqin kelib, imperatorning sochidan ushlab tortib tashqariga sudrab chiqdi. Ispanlar shu zahoti imperatorning mulozimlariga tashlanishdi va yarim soat ichida ularni qirib tashlashdi. Asirga tushgan Ataualpa o'zi o'tirgan xonani ikki marta kumush va bir marta oltinga to'lg'azish evaziga erkinlikka chiqishga rozi bo'ldi. Biroq bu imperatorni qutqarib qola olmadi. Ispanlar uni makkorona suiqasdda, ya’ni «ispan davlatiga qarshi jinoyatlarda» ayblashdi va rasmiyatchilik uchun qisqagina sud qilib 1533-yil 29-avgustda qatl qilishdi. Pisarro tomonidan ochilgan Janubiy Amerikaning Tinch okeanidagi Guayakil qo'ltig'idan boshlab 1200 kilometrga cho'zilib ketgan qirg'oqlari geografik kashfiyotlar jumlasiga kiradi. Uning choparlari bu qirg'oqdan yana 700 km ichkari- Tosh haykaligacha kirib borishdi.Eldorado, ispancha «oltin mamlakat», ispan bosqinchilari XVI-XVII asrlarda Janubiy Amerikadan (asosan Orinoko va Amazonka daryolari havzasida) tinmay izlagan oltin va javohirlarga boy mamlakat. 1535-yilda ispan konkistadori Sebastyan Belalkasar inklarning shimoliy qabilalarini (Ekvador va Kolumbiya hududi) bosib olganidan so'ng unga yangi yo'lboshchi saylash bilan bog'liq udumlar haqidagi hikoyalarni so'zlab berishgan. Bo'lajak yo'lboshchiga loy surkab, ustidan oltin qum sochishgan. «Tilla» odam oltin va zumradlar yuklangan solga qarab yurgan, unga chiqib ko'l o'rtasiga qadar suzib borgan va suvga sakragan. Javohirlar ko'l tubiga tushib ketgan va yo'lboshchi suv yuzasiga chiqqan. Agar uning ustidagi oltin qum oxirigacha yuvilib ketgan bo'lsa demak u xudolarga ma’qul kelgan. Belalkasar shu zahoti bunday marosimlardan so'ng ko'l tubiga xazina qoladigan mamlkatni izlab yo'lga tushdi. Ekspeditsiya Andni bosib o'tgandan so'ng Fransisko de Orelyana boshchiligidagi tavakkalchilar guruhi ulardan ajralib chiqib, sharqqa qarab yo‘1 olgan. Eldoradoni izlash yo'lida ochilgan eng buyuk kashfiyot aynan ularga nasib etdi: ular ulkan, biroq sokin daryoni topishdi va unga Amazonka deb nom berishdi. Belelkasar va Orelyanadan so'ng ularning izidan boshqa konkistadorlar ham yo'lga otlanishdi. Ular orasidan eng o'jari Trinidada gubernatori Antonio de Berrio bo'lib chiqdi. Uolter Reyli Berrioni asirga olinganda u barcha bilganlarini aytib berdi. Reyli kemalarni Angliyaga qaytarib olib ketdi, biroq uning niyati ortga qaytish va Eldoradoni zabt etish edi. 1603-yilda Reylining homiysi - ingliz qirolichasi Yelizaveta I vafot etdi. Reylini esa davlatga xiyonatda ayblashdi. Biroq Yakov I o'lim jazosini ijro etishga oshiqmadi. Oradan 13 yil o'tib, pulga o'ta muhtoj bo'lib qolgan qirolning yodiga Eldorado tushadi. Admiral Reylini oltin topib kelishi uchun ekspeditsiyaga jo'natishadi, biroq u m uvaffaqiyatsiz tugaydi va Uolter Reyli 1618-yil Eski Vestm inster saroyida qatl etiladi. Shunday qilib afsonaviy boyliklar mamlakati topilm adi. Inklarning oltin buyumi Orelyana mahobatli daryo qirg'oqlarida mahalliy qabilani uchratadi, bu qabila ayollari kamondan bexato o‘q uzardilar. Ularni qadimiy yunon afsonalaridagi jangchi ayollarga o'xshatgan Orelyana bu daryoga Amazonka nomini berdi.
    Inglizlardan birinchi bo'lib dengizchi va korsar (dengiz qaroqchisi) ser Frensis Dreyk dunyo bo'ylab sayohat qildi (1577-1580). U Gravelin jangida (1588) Yengilmas armada - ispan flotini tor-mor qilgan ingliz flotiga qo'mondonlik qilgan. 1577-yil noyabrda ingliz qirolichasi Yeli-zaveta I Dreykni Amerikaning Tinch okeani havzasidagi qirg'oqlariga ekspeditsiyaga yubordi. Sayohatning rasmiy maqsadi yangi yerlar, xususan Avstraliyani ochish bo'lsada, aslida Dreyk Am erikaning Tinch okeani qirg'oqlaridagi Ispaniyaga tegishli qirg'oqlariga hujum qilib, iloji boricha ko'proq oltinni qo'lga kiritishi lozim edi. Dreyk to'rtta kemada Plimutdan yo'lga chiqdi. 1578-yil aprelda u La-Plata daryosining quyilish joyiga yetib bordi, janubga qarab yurgan Dreyk Patagoniya qirg'oqlarida qulay gavanni uchratdi. Uning hamrohlaridan biri patagonliklarni shunday ta ’riflagandi: «Ular juda xushmuomala va rahmdil odamlar bo'lib chiqishdiki, biz hech qachon, xristianlar orasida ham bunaqasini uchratmagan edik...» 12 yoshida Dreyk savdo kemasiga уunga bo'lib ishga joylashdi. Kema egasi o'z shogirdidan juda minnatdor edi, u o'limi oldidan Dreykka o'z kemasini vasiyat qilib qoldirdi. Shunday qilib 18 yoshida Dreyk to'la huquqli kapitanga aylandi. Dreyk flotiliyasi Magellan bo’g’ozi orqali Tinch okeaniga chiqqanda dovul boshlanib qoladi. Kemalardan biri izsiz yo'qoladi, bo'ron orqaga uloqtirib tashlagan yana bir kema amallab Atlantika okeaniga chiqib oladi va Angliyaga qaytadi, uchinchisini esa ilgariroq yoqib yuborishga to'g'ri kelgandi. Faqatgina «Pelikan» kemasigina Tinch okeanidan suzib o’tishga muvaffaq bo'ldi va unga «Oltin bug‘u» deb qaytadan nom berildi. Ikki oy ichida bo'ron uni janub yo'nalishida uzoq-uzoqlarga olib ketdi. Oktabr oxirlarida dengizchilar janub tomonidagi eng chekka orolni ko'rib qoladilar. Cheklanmagan suv havzasining ochilishi Dreykka Olovli Yer sirli janubiy materikning bo'rtib chiqib turgan joyi emas, balki bir-biriga yaqin orollardan iborat arxipelag ekanligi, uning ortida chegarasi yo'q dengiz cho'zilib ketganligini isbotlashiga imkon berdi. Antarktida ochilgandan keyin u bilan Olovli Yer o'rtasidagi keng dara Dreyk bo‘g‘ozi deb ataldi. Dreyk ispan portlariga hujum qilishda davom etgan holda Tinch okeani qirg'oqlari bo'ylab oldinga yurdi. Shundan keyin u Tinch okeanini kesib o'tib, Molukka orollariga chiqdi va Afrikani aylanib o'tib, 1580-yil sentabrda Angliyaga qaytib keldi. U o'zi bilan Angliyaning bir yillik daromadidan ikki barobar ko'p qiymatga ega bo'lgan oltin-javohirlar olib keldi. Ushbu ekspeditsiyasi uchun Dreykka ritsarlik unvoni berildi.
    Avstraliyaning ochilishi Antik davr geograflari ham Yerning sharsimon ekanligini bilishardi va Janubiy yarim shaming katta qismini quruqlik egallaydi deb taxmin qilishgan. Taxmin etilgan kontinentni Notanish Janubiy yer deb atala boshlandi. Vasko da Gama Afrikadan aylanib o'tib Hindistonga borish yo'lini ochgandan keyin portugaliyaliklar Molukka orollariga yetib bordilar. Ular ilk marotaba Avstraliyaning shimoliy-g'arbiy qirg'oqlariga tashrif buyurdilar. 1916-yilda g'arbiy Avstraliyada, Robak ko'rfazi qirg'oqlarida (180 j.k.) karonadalar - XVI asr boshlaridan oldin quyib tayyorlangan, Portugaliya davlati ramzi tushirilgan uncha katta bo'lmagan bronza zambaraklar, shuningdek materik qirg'oqlari tushirilgan maxfiy haritalar topildi. Demak 1540-yilga qadar ham Portugaliya kemalari ahyonahyonda Avstraliyaning shimoliy va shimoliy-sharqiy qirg'oqlariga kelib turishgan. Ehtimol ular ko'p marta bu yerlarga tashrif buyurishgan bo'lishsada, baribir bular tasodifiy tashriflar edi. 1605-yil dekabrda Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'oqlaridan g'arbga qarab ispan ekspeditsiyasi yo'lga chiqdi, uning maqsadi afsonaviy janubiy materikni topish edi. Luis Vaes Torres Yangi Gebridlar arxipelagini ochdi, birinchi marta Marjon dengizini kesib o'tib, Yangi Gvineyaning janubiy qirg'oqlari yonidan o'tib ketdi va janub tomondan Avstraliyaning shimoliy qirg'oqlarini ko'rdi. 1642-yilda Garbiy Hindistonning (Karib va Bagam orollari) gollandiyalik general-gubernatori Van Dimen janubiy materikni izlash uchun Abel Tasman boshchiligida ikkita kemada 110 kishidan iborat ekspeditsiya jo'natdi. Tasman katta orolni kashf qilib uni ehtirom yuzasidan Van-Dimen yeri deb atadi (hozir bu Tasmaniya deb ataladi), shuningdek Yangi Zelandiya, Fidji va Tonga orollarini ochdi. 1644-yildagi ikkinchi sayohatida u Avstraliyaning 4,7 ming km ga cho'zilib ketgan shimoliy qirg'oqlarini uzluksiz rejaga olgan. Oradan yuz yildan oshiqroq vaqt o'tib materikning janubiy-sharqiy qirg'oqlarini mashhur kapitan Kuk tadqiq qilgan va uni Britaniya yerlari deb e’lon qilib, unga Yangi Janubiy Dels deb nom bergan. 1786-yilda Angliyada kapitan Kuk tomonidan ochilgan mamlakatni mustamlakaga aylantirish va ingliz tabiatshunosi Jozef Banks taklifiga ko'ra dastlab u yerga jinoyatchilarni surgun qilishga qaror qilindi. Portugallar tomonidan Yevropadan Hindistonga dengiz yo‘lini kashf etilishi.Portugallarning dengiz sayohatlarini tashkil etishda XV asrning birinchi yarmida yashagan shahzoda Genrix (Yenrike) dengiz sayyohining xizmati juda kattadir. U observatoriya va dengizchilar maktabiga asos soldi, geografik kartalarni tuzish va to‘plash bilan shug‘ullandi. 1420 yilda Portugallar Madeyra orolini ikkinchi marta kashf etib unga o‘rnashdilar, 20 yildan so‘ng esa Azor orollarini intensiv o‘zlashtirishni boshladilar. XV asr o‘rtalarida Portugaliyalik dengizchilar Afrikaning g‘arbiy chekka nuqtasi “Yashil burunga”yetib bordilar. Bu kashfiyot juda katta ahamiyatga ega edi, chunki Portugallar buyerda birinchi marta aholi yashaydigan va o‘simlikka boy joylarni uchratdilar. Portugaliya Gvineya qo‘ltig‘ida tayanch nuqtalarni barpo qiladi. Qul savdosi, oltin qum, fil suyagi, ziravorlar olib ketish keng ko‘lamda rivojlanadi.1488 yilda Bartolomeu Diash ekspeditsiyasi Afrikaning janubiy nuqtasi – Yaxshi Umid burnini kashf etdi. Ammo portugallar Hindistonga ochilgan “Yaxshi umid” yo‘lini o‘zlashtirishga oshiqmadilar. Bu yo‘l uzoq va xatarli edi: Lissabondan Afrikaning janubigacha 10ming km ga yaqin, undan Hindistongacha esa taxminan bir necha ming km bor edi. Keyingi ekspeditsiyalarni uyushtirish uchun muhim bir sabab bo‘lishi kerak edi. Ispanlarning Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiyasi Hindistonga g‘arbiy yo‘lni “ochganligi” haqidagi xabarni tarqalishi yuqoridagi sabab bo‘ldi. 1498 yilda portugallarning Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiyasi Afrikaning sharqiy qirg‘oqlarini tekshirib, Yevropadan-Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. XVI asr boshiga kelib portugallar Hind okeani qirg‘og‘idagi muhim tayanch nuqtalar: Mozambik, Ormuz, Goa, Seylon (Shri-Lanka), Malakkaning janubiy chekkasi ziravorlar yetishtiriladigan asosiy rayon – Malukka orolini bosib oldilar. XVI asr o‘rtalarida Xitoy Janubiy qirg‘oqiga – Makaoga o‘rnashadilar. O‘sha davrda Yevropaliklar orasida Portugallar ham Hindistonni ochuvchilardan emas edilar, 1471-1474 yillarda tverlik savdogar Afanasiy Nikitin “uch dengiz osha” Hindistonga borgan edi. Yevropaliklar tomonidan Amerikani kashf etilishi va mustamlaka etilishi.Amerikani birinchi ochuvchi italiyalik Xristofor Kolumb bo‘ldi. Uning biografiyasi hozirgi kungacha to‘liq ma’lum emas. U Genuya savdo uyi namoyandasi sifatida ko‘p vaqt Portugaliyada yashagan, o‘z so‘zlariga qaraganda Angliyada va Gvineya qo‘ltiqlarida bo‘lgan tajribali dengizchi, shturman va dengiz kartalari tuzuvchi sifatida tanilgan. Kolumb o‘zining Hindistonga olib boruvchi harbiy dengiz yo‘li proyektini eng avvalo Portugaliya qiroli Juanga taqdim qilgan, ammo rad javobini olgan. Shundan so‘ng Kolumb Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi va yuqoridagi proyektni ispan qirollariga taklif qiladi. Yetti yillik sarson-sargardonlikdan so‘ng nihoyat uch kema “Santa Mariya”, “Pinta” va “Ninya”da 90 kishilik kichik ekspeditsiya tashkil qilinadi. 1492 yilda ekspeditsiya Bagam orollarini kashf qildi. Kolumb bu orollarni Osiyoning sharqiy qirg‘oqlari deb o‘yladi. Keyingi uch ekspeditsiyalarda Kolumb Kichik Antil orollari, Orinokoning mansabi va Markaziy Amerikaning qirg‘oqlarini kashf qildi. Ammo u umrining oxirigacha “buyuk xoqon (Xitoyga) yurtiga”yetib bordim deb o‘yladi. Deyarli ispanlar bilan bir vaqtda Amerikani portugallar ham kashf qildilar. 1500 yilda Kabralning ekspeditsiyasi Hindistonga ketayotib, to‘satdan Janubiy Amerika Braziliyaning shimoli-sharqiy qirg‘oqlariga duch keldi. Yangi dunyoning nomi italyan Amerigo Vespuchchining tekshirishlari bilan bog‘liq. Portugallar xizmatida bo‘lib u Braziliyaning qirg‘oqlarini o‘rganib, buyer Osiyo emas, balki Yevropaliklarga noma’lum, yangi qit’a ekanligini isbotlab berdi. Dastlab “Amerika” nomi “yegizak” qit’aning faqat janubiga tegishli bo‘lib, hatto XVI – XVII asrdagi kartalarda ham Shimoliy Amerika Osiyoning bir qismi qilib ko‘rsatilgan.Yangi Dunyoning ochilishi, Ispaniyadan ko‘p sonli boylik izlovchilar: mayda dvoryanlar, missioner-monaxlar va xokazo ko‘chuvchilar oqimini olib keldi. Ispaniya katolik dunyoning markazlaridan biri sanalardi. Mahalliy hindular kelgindilarga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadilar, chunki ular hali ibtidoiy jamoa tuzumida yashardilar. Faqat Meksika tog‘liklarida atsteklarning, O‘rta Andda esa inklarning davlatlari bor edi. Ammo ularning siyosiy ahvollari yaxshi emas edi. Bular quldorlik davlatlari bo‘lib, ichki qarama-qarshiliklar va qo‘shni qabilalar nafratiga duchor edilar. Bu esa Amerikani bir avlod almashinishi mobayni – qandaydir 50 yil ichida mustamlaka qilinishiga olib keldi. 1513 yilda ispan konkistadori Balbao Panama bo‘ynini kesib o‘tib Yevropaliklardan birinchi bo‘lib, Tinch okean – “Janubiy dengizni” kashf etdi. 1519-1521 yillarda Kortesning armiyasi atsteklar davlatini istilo qildi. Keyingi yurishlarda hozirgi Kaliforniya, Gonduras va Floridaningerlari qo‘shib olindi. 1531-1535 yillarda ispan konkistadorlari og‘a-ini Pisarrolar inklar davlatini bosib oldilar. Qolgan otryadlar zamonaviy Venesuyela, Kolumbiya, ekvador, Chili va Parana daryosi havzasini ishg‘ol qildilar. Yevropadan Osiyoga Shimoli-G‘arbiy va Shimoli-Sharqiy dengiz yo‘llarni izlanishi.XV – XVI asrlardagi geografik kashfiyotlar va mustamlaka yurishlari jahon xo‘jaligi rivojida ko‘p tomonlama uzoq ta’sir qiluvchi oqibatlarni keltirib chiqardi. Birinchi etapda ularning natijasida, ulkan mustamlaka imperiyalariga asos solgan pireniya davlatlarining qudrati oshishiga olib keldi. Yangi Dunyoning o‘zlashtirilishi jahon savdosi yo‘nalishida keskin o‘zgarishlar yasadi va Yevropaning Atlantika bo‘yi mamlakatlarining rivojlanishiga olib keldi. Yevropaga qimmatbaho metallarning tinimsiz oqib kelishi, buning ortidan “baholarning inqilobi” Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarining savdo-sanoat jihatdan rivojlanishiga olib keldi. Bu mamlakatlar Sharq va Janubi-Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqlar o‘rnatishdan juda manfaatdor edilar. Afrika va Amerika atrofidagi janubiy yo‘llar Pireney davlatlari tomonidan monopoliya qilinganligi sababli Yevropadan Osiyoga olib boradigan Shimoliy Amerika qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tadigan Shimoli-G‘arbiy va Yevrosiyo qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tadigan Shimoliy-Sharqiy yo‘llarni izlash uchun qattiq urinishlar qildilar.
    XV asrning eng oxirida Djon Kabot boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi Hindistonga g‘arbiy dengiz yo‘lini qidirib Nyufaundlend qirg‘oqlarini ochdi. XVI asr boshida uning o‘g‘li Sebastyan Kabot Labradorning sharqiy qirg‘oqlarini tekshirdi va hatto Gudzon bo‘g‘ozi va qo‘ltig‘iga ham kirdi (Magidovich I.P., Magidovich V.I 1983. 65b). 20-yillarning o‘rtalarida fransuzlar xizmatidagi italyan Verratsano Shimoliy Amerikaning Floridadan to Yangi Shotlandiyagacha bo‘lgan sharqiy qirg‘oqlarini tekshirdi, 30- va 40-yillarda esa fransuz Karte Muqaddas Lavrentiya daryosi bo‘ylab qita ichkarisiga kirib bordi. Kanadani fransuzlar tomonidan mustamlaka etilishi boshlanadi.
    Ammo XVI asrning o‘rtalariga kelib Shimoli-G‘arbiy dengiz yo‘li ochilmadi va Atlantika bo‘yi Yevropa davlatlarining Yevrosiyoning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab ochilishi mumkin bo‘lgan dengiz yo‘li qiziqtira boshladi. Savdogar va tadbirkorlarning London jamiyati Uilloubi boshchiligida Shimoli-Sharqqa ekspeditsiya jo‘natadi. Ammo bu ekspeditsiya oldinga qo‘yilgan masalani yecha olmadi. Kemalardan biri Shim. Dvina daryosi mansabiga yetib bordi. Xariston Chenslar chanada Moskvagayetib bordi va Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo aloqalarini tuzdi. Keyingi ekspeditsiyalar omadsizlikka uchradi, ular faqat rus tomonlariga avvaldan ma’lum bo‘lgan Kara-Dengizining janubi-g‘arbiy qismga kirib bora oldilar.
    XVI asrning so‘ngi choragida inglizlarning Shimoli – G‘arbiy dengiz yo‘lini topishga bo‘lgan urinishlari qaytadan boshlandi. Frobliyerning ekspeditsiyasi Grenlandiyani janubdan aylanib o‘tib Bafinerining tor bir Osiyoga o‘tadigan kutundan bo‘g‘oz deb qabul qilingan, qo‘ltiqlardan biriga tushib qoldi. Yevropaliklar birinchi marta uchratayotgan mahalliy aholi eskimoslarning mongoloid irqiga o‘xshashligi Osiyo materigini yaqinligini isbotlovchi dalil bo‘ldi.
    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda, insoniyat va jamiyat rivojlanishi, geografik bilimlarning shakllanishida Buyuk geografik kashfiyotlar katta ahamiyat kasb etadi.Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yangi qit`alar-Amerika, Avstraliya va Antarktida kashf etildi, Yerning sharsimonligi va Dunyo okeanining uzluksiz, yaxlitligi amalda isbotlandi; ilgari noma'lum bo'lgan Tinch okeanining mavjudligi va uning eng katta okean ekanligi,Yer yuzining katta qismi quruqlik emas, suvlikdan iboratligi aniqlandi Yevropa va Osiyoni bog’lovchi Buyuk karvon yo’li sayyoh Vasko-da Gama sayohati tufayli quruqlikdan dunyo okeaniga ko’chdi.Yevropaliklar bu kashfiyot tufayli yangi qit’a Amerikaga ko’chib bora boshlashdi va Afrikada qullar savdosi avj oldi.Buyuk geografik kashfiyotlar jahon savdosining rivojlanishiga katta zamin yaratdi. Yuqorida aytilgan va boshqa o'nlab ekspeditsiyalarda to'plangan ma'lumotlar geografik bilimlarning kengayishiga va takomillashuvi-ga olib keldi. 1544-yilda S. Myunsterning "Kosmografiya", 1650-yili golland olimi B.Vareniusning "Umumiy geografiya" nomli asari bosilib chiqdi. G. Merkator xaritalarning matematik asosini, kartografikproyeksiyalarni ishlab chiqdi. Bularning bari Buyuk geografik kashfiyotlardan keying, ilmiy geografiya rivojlanishi uchun asos bo'ldi.
    Shimoliy va Janubiy Ameri-ka, Avstraliya materiklari kashf etildi; Yerning sharsimonligi va Dun-yo okeanining uzluksiz, yaxlitligi amalda isbotlandi; ilgari noma'lum bo'lgan Tinch okeanining mavjudligi va uning eng katta okean ekanligi,Yer yuzining katta qismi quruqlik emas, suvlikdan iboratligi aniqlandi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1.H. VAHOBOV, O'. K. ABDUNAZAROV, A.ZAYNUTDINOV, R. YUSUPOV.Umumiy yer bilimi. T.: «Bilim» nashriyoti, 2005. - 256-b.
    2.S.V.Kalesnik. Umumiy yer bilimi qisqa kursi. T.: “O’qituvchi” 1966.
    3.K.Gadoyev, S.Berdiyeva. jahongashta sayyoh olimlar. T.: “O’zbekiston” 2012.
    Download 40,4 Kb.
    1   2   3




    Download 40,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II bob.Buyuk geografik kashfiyotlar davri

    Download 40,4 Kb.