|
Yashindan himoya qurilmalarini montaji. Ishni bajarishga topshirish va qabul qilish
|
bet | 1/2 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 168,9 Kb. | | #254724 |
Bog'liq Yashindan himoya qurilmalarini montaji. Ishni bajarishga topshir
YASHINDAN HIMOYA QURILMALARINI MONTAJI. ISHNI BAJARISHGA TOPSHIRISH VA QABUL QILISH
REJA:
Yashin qaytargich
Yashindan himoya qiluvchilarning umumiy turlari.
Yashin qaytargich - turar joy va sanoat binolari, transport, kommunal xoʻjalik va boshqalarning inshootlarini yashin urishidan saqlaydigan qurilma. Ingichka, uchli metall sterjen koʻrinishidagi elektrod (sterjenli Yashin qaytargich), elektr uzatish liniyalari ustidan tortilgan sim (tros) koʻrinishidagi (trosli Yashin qaytargich) va umumiy qarshiligi 10—20 om dan oshmaydigan puxta yerga ulagichdan iborat.
Yashin qaytargich himoya qilinadigan obyekt ustiga oʻrnatidadi. Yashin qaytargichning ishi toj razryadiga asoslangan (qarang Elektrrazryadi). Atmosferada momaqaldiroq boʻlgan vaqtda hosil boʻladigan kuchli elektr maydon Yashin qaytargichnipg uchila toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida toʻplanishiga yoʻl qoʻymay, ularni yerga oʻtkazib turadi va binoni yashin zarblaridan saqlaydi.
Yakka sterjenli yashin qaytargichning himoya zonasi (taʼsir loirasi) shakli boʻyicha choʻqqisida 45° burchak tashkil etadigan konusga yaqin, yakka trosli Yashin qaytargichda himoya zonasi qirralari tros vazifasini oʻtovchi uch qirrali prizma shaqtida boʻladi. Elektr stanyalarida yashin tokini yerga oʻtkazib yuborish uchun yerga ulagich simdan foydalaniladi. Tunukasi yerga ulangan tunuka tomli binolar, markaziy suv bilan isitiladigan, vodoprovod va yer ostidan elektr oʻtkazilgan binolar yashindan yetarlicha saqlangan boʻladi va ularga maxsus Yashin qaytargich oʻrnatilmaydi. Ichida portlash xavfini vujudga keltiradigan aralashmalar, chang, bugʻ, gazlar hosil boʻladigan binolarni himoya qilish uchun Yashin qaytargich binolardan nariroqqa oʻrnatiladi. Shunda binolarning barcha qismlari Yashin qaytargichning taʼsir doirasida boʻladi.
1-rasm. HL larini o‘ta kuchlanishdan himoyalash
Elektr tizimidagi ko‘zatilayotgan barcha o‘ta kuchlanishlar, ichki yoki kommutatsion va tashqi yoki atmosferaviyga bo‘linadi. Ichki o‘ta kuchlanishga, energiya tizimida qandaydir ichki ehtiyot tizim o‘zgarishlari kiradi. Misol sifatida yuklamani qo‘shish va ajratish yoki ajratilgan HL qisqa tutashuv uchirilganida, to‘satdan yuklama miqdori o‘zgarib kettishi, HL simlari orqali erlanish yoki tarmoqning biron elementlarning tarmoqda simmetriyasi buzilishi, simlari uzilishining erlanishi va erlanmasligi yoki ayrim fazalarni har xil vaqtda uchirib ulash natijasida yuzaga kelishi kiradi.
Tashqi o‘ta kuchlanishga tarmoqda yig‘ilgan energiya manbasi sabab bo‘ladi. Tashqi kuchlanish HL yaqinida atmosfera induktivlik razryadsizlanishi paydo bo‘lishi (bu hollarda kuchlanish oshib kettishi, induktiv bo‘lutlar zaryadlanishi ta’siri yoki yashinning HL ga ta’siri), yana havo liniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bo‘lutlarning bevosita razryadi yoki yashinning to‘g‘ridan to‘g‘ri HL elementlariga urilishi- simga, tayanchga, trosga ta’siri sababli sodir bo‘ladi.
Tizimga atmosferaviy o‘ta kuchlanish eng xavfli hisoblanadi, cho‘nki gazli razryad energiyasi tizim kuchlanishiga bog‘liq emas. Eng xavfli o‘ta kuchlanish, yashinning to‘g‘ri urilishining paydo bo‘lishi, cho‘nki bu holatda HLga katta energiya kiradi, bu induktiv o‘ta kuchlanishdan ko‘pdir. Agar yashinning to‘g‘ri urilishidan tizimda paydo bo‘ladi, shu sababli induktiv o‘ta kuchlanish ko‘p holatlarda, o‘ta kuchlanishdan himoyaga ega bo‘lsa xavfsiz hisobilanadi.
HLni quyidagi atmosferaviy o‘ta kuchlanishdan himoya usullari qo‘llaniladi:
Trosli osmalar yoki o‘zakli yashin qaytargichlar Montaj;
tokli kompensatsiyalovchi, rostlangan induktivlikni Montaj;
Naychali razryadniklarni Montaj;
Daraxt izolyasiyalaridan foydalanish;
Aralash usul, har xil himoya elementlarini qo‘llanilishi.
HL ni ishonchli himoyaqilishda trosli yashin qaytargichlarda simlar va troslar ma’lum bir oraliqda bo‘lishi kerak. Troslarning simlarga nisbatan holati α burchak, 30-40° orasida o‘zgaradi. Agar og‘ish burchak α=30° bo‘lsa simlar tebranishlarida ham ishonchli himoya ta’minlanadi. Troslardan tushirish 30-35 mm² po‘lat simlar bilan bajariladi va ularni xech bo‘lmaganda tayanchlarning ikki tomoniga yotkiziladi. YOg‘och tayanchlarda va AP ko‘rinishdagi tayanchlarda troslarni o‘zaro ulanishi tayanch usto‘nning uchida tepa qismida bajariladi. YUqorida kiritilgan barcha tashkiliy ishlar HL larning yashindan himoyasining samaradorligini oshirish uchun olib boriladi.
Havo liniyalarida eng ko‘p tarqalgan himoya usuli, zaryasizlanganlarni erlanishga ega bo‘lmagan trosli HL ning ma’lum oraliqlarida HL bo‘ylab o‘ning izolyatorlariga parallel o‘rnatiladigan himoyalovchi naychali razryadniklar hisobilanadi. Razryadniklarning harqanday to‘rining vazifasi o‘takuchlanishdan razryadnik orqasidagi HL ning va o‘ning bo‘limlarini himoyaqilish hisobilanadi.
Naychali razryadnikning ishlatilish prinsipi juda oddiy. Razryadnik izolyasion materialdan yasalgan trubalardan iborat, yoy harorati ta’sirida gaz ajratish xususiyatiga ega, bu uchqo‘n oraliq, razryadnikni HL ga ulash qo‘shimcha uchqo‘n oraliq orqali bajariladi, bu ishchi kuchlanishdan naychaning ta’sirlanishini saqlaydi. HL da kuchlanish to‘lqini sodir bo‘lganida razryadnik bilan himoyalanadigan ikkala oraliqham teshiladi, sho‘ndan keyin razryadnikda yoy o‘rnashadi va u HL ishchi kuchlanishi bilan ushlab to‘riladi.
YOyda jadal deionizatsiya sodir bo‘lishi, naychadagi gaz oqimiga to‘ladi va yuqori bosim paydo bo‘lishidan, razryadnikning ishlatilishi keskin tovush chiqarish bilan ko‘zatiladi, u o‘q otilishini eslatadi va kuygan gazlarni chiqarib yuboradi. Razryadnikda gaz generatori bo‘lib fibrali naycha xizmat qiladi, o‘ning sirtiga mexanik mustahkamligini oshirish uchun yuzasiga bakelitli izolyasiyalashgan qog‘oz joylashtirilgan.
Naychali razryadniklar quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak:
a) naychali razryadnik volt-seko‘ndli tavsifi (tashqi oralig‘i bilan birga) himoya sxemasi va himoya izolyasiya tavsifi bilan kelishtirilgan bo‘lishi zarur;
b) kommutatsiyali o‘ta kuchlanish razryadnikning ishlatilishiga ozgina extiyoj tug‘ulishini ta’minlashi uchun sho‘nday tanlanishi kerakki, tashqi oraliq buzilishi va bu holda razryadnik to‘lqin o‘ta kuchlanishiga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, razryadli kuchlanish ikkala oraliqda ham erlangan tarmoqlarda fazanikidan 25 marta va neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda 3,5 marta yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq. Razryadniklarni rusumini tanlashda razryadnikdan o‘tuvchi yoy ko‘zatuvchi tokning ta’siri qabul qilinadi.
Yog‘och tayanchli 35kV HL da fazalar oralig‘i 3-4m bo‘lganida, maxsus yashin himoyasi talab qilinmaydi. Faqat yuqori mas’uliyatli HLzaxirasiz (bez rezerva) trosli yashin qaytargichlar bilan himoyalanadi. Erlangan 110 kV kuchlanishli HL larini razryadli tashki uchqo‘nli oraliqlarini 25 sm dan kamaytirmaslik tavsiya qilinadi.
Naychali razryadniklarni har bir navbatdagi HL aylanishda ko‘zatiladi va har bir momoqaldiroqko‘zatilgach HL tumani (rayoni) ko‘zatilishi bajariladi. Bo‘ndan tashqari HLuchib qayta avtomat (APV) ravishda ajratgich ishlatilishigach razryadniklar qarab chiqiladi.
Yoz mavsumida har yili razryadniklar erlanish qarshiligi o‘lchanadi.
Simlarni termitli payvandlash texnologiyasi quyidagicha: simlar turiga qarab termit turi tanlanadi PAS –po‘latliga (A va AS) va misli M ga M to‘rli trubka olinadi. Payvandlanadigan simlar maxsus siqqich moslamalarga va termit gurgo‘t bilan termit patron yoqiladi; keyin termit tarkibi yonib bo‘lgach ulanish joyi sovo‘tiladi trubkaning qoldig‘i ulangan joyida metalll cho‘tka yordamida tozalanadi, benzin bilan yuviladi va lattada quro‘q surtiladi; chuziqli (ovaliy) ulanish yuqorida keltirilgani kabi zichlanadi.
2-rasm. HL simlarini payvandlash uchun moslama: a) – Mosenergiya payvandlash qisqichlari; b)– payvandlash to‘pponchasi; 1 – qisuvchi jihoz; 2 – payvandlanadigan simlar uchlari; 3 – termitli patron; 4 –ag‘dariladigan himoya shitoki; 5 – prujinalar; 6 – tayanch ilgagi.
Soha energiya qurilishida portlatib simlarni ulash jarayonini yaratgan va bu jarayon texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda bajarilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3-rasm. HL simlarini portlatish energiyasida ulash: a) – portlatishga tayyorlangan zaminlagich; b) – simlarni noto‘g‘ri tutashtirilish sababli ulanish yaroqsizligiga misol; 1,4 – ulanadigan simlar; 2 – portlagich zaryadi; 3 – biriktiruvchining tanasi; 5 – detonatorga detonatsiyalovchi shnur; 6 – izolyasiyali lenta.
Tayanch va traversalarni yerga ulash. HL kuchlanishlariga ko‘ra, HL tayanchlari qanday materialdan yaratilishiga, va qanday xududdan trassa o‘tishiga ko‘ra trversalarni yerga ulash talablari amalga oshirilishi aniqlangan.
1 kV dan yuqori kuchlanishli HL larida yerga ulash. Yerga ulash kerak: a)– 6-35 kV temir beton va metalll HL tayanchlari. Tushirish yerga zaminlagich sifatida temir beton tayanchlarning barcha ko‘ndalang armato‘ra elementlaridan foydalanish zarur, ular o‘zaro metallli va yerga ulangan bo‘lishi kerak; b) – temir beton, metallli va yog‘och tayanchlarning barcha to‘rlaridagi liniya kuchlanishlarida, o‘rnatilgan yashindan himoyalagich yoki osma tros; v) – barcha to‘rdagi tayanchlarda, o‘rnatilgan kuch va o‘lchov transformotorlari, ajratgichlar, saqlagichlar yoki boshqa apparatlar travers va troslarga mahkamlanadi.
Yerga zaminlagich jihozlar qarshiligi 0,05 Om, deb qabul qilingan. Temir betonli tayanchlar liniyalarda, tayanchlarga erlangan armato‘ralar yoki tushayotgan yerga zaminlagichlar mahkamlanadigan izolyatorlar detallariga mahkamlanadi.
Biriktirish payvandlash yoki boltli zich siqish bilan bajariladi.
HL yerga zaminlagichlar odatda 0,5 m cho‘qurlikda joylashgan bo‘lishi kerak, haydaladigan yerlarda (dalalarda) 1m. Agar tayanchlarni tog‘ qoyalarida o‘rnatishga to‘g‘ri kelsa yerga zaminlagich no‘rinni joylashtirishga ruhsat beriladi, shu ochilgan qatlam tagiga qoya ustida qatlam qalinligi 0,1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bundan kam qatlamlilarda yoki qatlam bo‘lmaganida yerga zaminlagichlarni qoya ustida joylashtirish mumkin va ularni ustiga sement qorishmasi qo‘yib bajariladi, biriktirish payvandlash yoki boltli qismda bajariladi. HL tayanchlarini yerga zaminlagichlarga ulash boltlarda po‘lat tasmalar bo‘laklarida, payvandlab metalll tayanchlar oyoqlariga, temir beton tayanchlarda-maxsus chiqishlarga yoki yerga zaminlagich tushirishlariga, armato‘ralar bilan tayanchga ulanadi.
Tayanchlardagi har bir tushirilgan yerga zaminlagichlar ko‘ndalang kesimi harqanday holatlarda 35mm2 dan kichik bo‘lmasligi kerak, bitta simli tushirishlarda diametri 10mm dan kam bo‘lmaydi. Ruhlangan po‘lat bir simli po‘lat tushirgichlar 6 mm lilarini qo‘llashga ruhsat beriladi.
1 kV gacha bo‘lgan HL ni erlash. Neytrali erlangan tarmoklarda metallli tayanchlar va temirbeton tayanchlar armato‘ralari nolli erlangan izolyasiyalanmagan o‘tkazgich tutashtirgich sim bilan, maxsus nolli simga shoxoblovchi boltli qisqichlarga biriktiriladi. Qisqichlar shu liniya simi (alyumin, mis, po‘lat) tayyorlangan materialdan tayyorlanadi. Tutashtirgichlarni tayanchlarga ulash – maxsus chiqishlar bevositaa metallli tayanchlarda yoki traverslarda o‘rnatilgan boltli qisqichlarda bajariladi, temirbeton tayanchlarda esa – maxsus chiqishlar, tayanch armato‘rasiga biriktirilgan. Tutashtirgichlar kontaktli ulanishlari oldin sinchiklab tozalanadi va vazelinli qobiq so‘rib qoplanadi.
Neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda metallli tayanchlar va temirbeton tayanchlar armato‘ralari va yana yerga zaminlagich jihozlarga ulash yo‘li bilan biriktiriladi, tayanchlarga mahkamlangan, yoki metallli tayanchlar asoslari yerga zaminlagich sifatida foydalaniladi, kabellarning metallli qobiqlari, tayanchlarga biriktirilgan va boshqalar. Yerga zaminlagich jihozlar qarshiligi 50 Om dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tashqi yoritgichlar kabellarda ta’minlanganida kabel metallli qobiqlari orqali neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda va unga kabelning nolli tolasi orqali neytrali erlangan tarmoqlarda kabel qobig‘iga biriktiriladi.
Neytrali yerga berk biriktirilgan metallli tortgichli tayanchlarda nolli erlangan simlarga biriktiriladi.
Agarpodstansiyalaryashinfaolzonadajoylashganbo`lsauskunalarniyashindan himoyalashuchunsterjenlivatrosliyashinqaytargichtizimiquriladi.
Sterjenliyashinqaytargichlarayniolinganyokibiryergajamlanganstansiyava podstansiyalarning uskunalarini (ochiq tarqatish qurilmalari, yacheykalari, transformatorlari,vah.k.)himoyalashdaishlatiladi. Sterjenli yashin qaytargichning tuzulishiYashin.qaytargichninghimoyazonasideganda,sterjenatrofidajoylashganuskunaningeng yuqori nuqtasi sterjennikidan past bo`lib himoya zonasi radiusi ichida joylashaganligigaaytiladi.Bundayradiusichigajoylashganobyektningatmosfera yog`inlarita’siridanta’sirlanishehtimolijudakichkinadir.
Yashindan himoya qiluvchilarning umumiy turlari.
Chaqmoq to'xtatuvchisi - elektr inshootlarida va signal uzatishda chaqmoqni himoya qilish rolini o'ynaydigan uskunaning bir turi. Hozirgi kunda u kundalik hayotda keng qo'llaniladi. Oddiy chaqmoq himoyachilari odatda ishlash printsipi, maqsadi va darajasiga qarab har xil turlarga bo'linadi. Xo'sh, kundalik hayotda tez-tez ishlatiladigan chaqmoq himoya vositalarining asosiy turlari qanday?
1. Ishlash tamoyillari bo'yicha tasniflanadi.
Ish printsipiga ko'ra, chaqmoqni himoya qilish moslamalari odatda uch turga bo'linadi: kalit turi, kuchlanishni cheklash turi va shunt turi. Ushbu uch turdagi chaqmoqni himoya qilish moslamalari turli xil ish printsiplariga ega va kundalik hayotda turli sohalarda qo'llaniladi. Har xil turdagi chaqmoqlardan himoya qilish moslamalari o'zlarining ish xususiyatlariga ega va turli sohalarda turli xil foydalanish effektlariga ega.
2. O'z maqsadingizga ko'ra tasniflang.
Chaqmoqlardan himoya vositalaridan foydalanish jarayonida keng ko'lamli jihatlar mavjud. Misol uchun, elektr jihozlari nuqtai nazaridan, chaqmoqni yaxshiroq himoya qilish effektlariga erishish uchun biz hozirgi vaqtda chaqmoqni himoya qiluvchi vositalardan foydalanishimiz kerak; Tarmoq signallari, televizor va telefon signallari nuqtai nazaridan, chaqmoqni yaxshiroq himoya qilish effektlariga erishish uchun odatda signal chaqmoq himoyachilari qo'llaniladi. Monitoring tizimi uchun kompozit chaqmoq to'xtatuvchisi qo'llaniladi.
3. Uskunalar darajasi bo'yicha tasniflanadi.
Yildirimdan himoya qiluvchi qurilmalarning tasnifi odatda ularning chaqmoqlardan himoya qilish kuchiga asoslanadi. Agar ma'lum darajalarda zarur bo'lgan chaqmoqni himoya qilish kuchi nisbatan yuqori bo'lsa, kuchli chaqmoqni himoya qilish effektiga ega bo'lgan ba'zi chaqmoqlardan himoya vositalari tanlanadi. Agar chaqmoqlardan himoya qilishda ma'lum ob'ektlar va jihozlarni kuchaytirish kerak bo'lmasa, chaqmoqni himoya qilish ta'siri yomon bo'lgan ba'zi chaqmoqlardan himoya vositalaridan foydalaniladi.
Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
Jahon miqyosida turli yoqilgʻi E. resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng. Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy resurslari
(koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning E. resurslarini hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston energetika tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va eksport ham qilinadi. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005).
Energetika xalqxoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik energetikasiga ajraladi. [[Gidroenergetika — energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr st-yalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq (q. [[Gidroenergetika).
Issiqlik energetikasi — Energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik energetikasida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
|
| |