|
Fan bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolarBog'liq portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua Fan bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar.
Turkiy adabiy yodgorliklarni va har bir turkiy xalqlar adabiyotining taraqqiyot tendensiyalarini bugungi kun talabi nuqtai nazaridan chuqur o’rganish.
“Tekke” she’riyati va turk adabiyotidagi “Oshiqlar” she’riyatini turkiy xalqlarning to’rtliklari bilan qiyosan o’rganish taqozosi bor.
Turkiy xalqlar adabiyotidagi she’riy janrlarni qiyosiy tahlil qilish.
Qozoq va o’zbek adabiyoti o’rtasidagi o’zaro aloqa va hamkorlikning tarixi, bu ikki xalq ijodida ko’plab uchraydigan mushtarak motivlar va bir-biriga yaqin obrazlarni o’rganish.
Badiiy tarjimada milliy ruhni berish dolzarb masala bo’lib kelmoqdaki, bu hol galdagi muammolardan biridir.
Turkiy xalqlar adiblari asarlarini badiiy-g’oyaviy va mavzu jihatdan yaqinligi, shu bilan birga, har bir millat yozuvchisining o’ziga xos xususiyatlarini, roman janri asosida taqqoslab o’rganish.
Markaziy Osiyo va Qozog’iston xalqlari adabiyotlarini qiyosiy tipologik o’rganish, umuman o’zbek va qozoq adabiyotshunosligining galdagi vazifalaridir.
O’zbek va turkiy xalqlar adabiyoti namunalari o’rtasidagi o’zaro mushtarak va nomushtarak farqli xususiyatlarni aniqlash hamda talqin qilish davr taqozosidir.
Turkiy xalqlar adabiyotining keyingi yillarda qo’lga kiritgan jiddiy yutuqlari hali adabiyotshunoslikda o’rganilganicha yo’q, bunga ham jiddiy e’tibor berish lozim.
Turkiy xalqlar adiblarining (Turk, qozoq, qirg’iz, ozarbayjon, turkman) ko’zga ko’ringan asarlari haqida yozilgan adabiy tanqidiy maqolalarini umumlashtirish va dars jarayoniga o’rni bilan qo’llash.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar:
1. Karimov. I. A. Ijobiy ishlarimizni oxiriga etkazaylik. T., “O’zbekiston”, 1994.
2. Garbuzova A.V. Turk adabiyoti klassiklari.-T.:1960 y. 15-21-b.
3. A. Adhambek. Turk adabiyoti tarixi. -T.: 2005y.
4. A. Adhambek. XX asr turk nasri taraqqiyoti. ( ma’ruzalar matni) T., 2001 y.
5. M.Sariboeva. Turkiy xalqlar adabiyoti fanidan o’quv-uslubiy majmua. Guliston -2016
6. A.Uzoqov. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi adabiyoti. (o’quv qo’llanma). –T.: 2008
6. Sh. Shomuhammedov. «Fors-tojik adabiyoti klassiklari» T., 1964 y. 12-14-b.
7. Tarjima san’ati.T., 1980, 180-183-b.
8. N.Komilov. Tafakkur karvonlari. –T.,1999 y. 150-155-b.
9. O. Sharafiddinov. Tanlangan asarlar. –T.1978 y. 239-244-b.
10. O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi №6 608-b.
11. Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma’naviy.-Toshkent, 2005.
12. Jalolidddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir.Toshkent,2004.
13. Rashod Nuri Guntekin. Choliqushi.-Toshkent,2002.
14. Nozim Hikmat. Inson manzaralari.-Toshkent,1982.
Yashar Kamol. Inja Mamad.-Toshkent,1968.
16. Abay. O’lanlar -Toshkent.2000
17. Muxtor Avezov. Abay. Abay yo’li.-Toshkent,1957-1960.
18. Chingiz Aytmatov Asrni qaritgan kun. Qiyomat.Toshkent,1986.
19. Chingiz Aytmatov. Kassandra tamg’asi.-Toshkent, 2003
20.Maxtumquli. She’rlar.-Toshkent,1976.
21. www. feb-web.ru
22. www. krugosveta.ru
|
| |