• 2–rasm. Koaksial kabel
  • Optik tolali aloqa kabellari va ularning hususiyatlari
  • 3–rasm. e.Optik tolali kabelning tuzilishi
  • Ma‘lumotlar --- ingl: data ---- rus: Dannie
  • d.Koaksial aloqa kabellari va ularning hususiyatlari




    Download 3,54 Mb.
    bet4/7
    Sana16.02.2024
    Hajmi3,54 Mb.
    #157528
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    KURS ISHI TAYYOR
    1.-Anketa--talabalar-, Atom quramı, Ariza (javob olish) 2023, 8-SINF QISQARTMA, Analitik va fizik kimyoviy taxlil usullari fanidan yakuniy nazorat, 2023-24 Sillabus Oila pedagogikasi, 1-Maruza (2), КРОССВОРД ПО ИСТОРИЯ, Oripov .E. Nasrullayev.A.O. Bioorganik kimyo, Vino kislotasi-www.hozir.org, Virtual tarmoqlarni yaratish va sozlash(VLAN)., Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov, USB SupportList, Registr kompiyuter
    d.Koaksial aloqa kabellari va ularning hususiyatlari
    Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzulishi 2.15–rasmda
    ko‘rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib metal
    sim to‘qmaga (ekran) o‘ralgan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo‘ladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi, buning
    sababi yuqori darajada ximoyalanganligi (sim to‘qimasi-ekran mavjudligi), to‘qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gachan) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni tamirlash va yig’ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning narxi o‘ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 – 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razemlar o‘rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi. Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatda terminatorlar o‘rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi! erga ulanishi kerak. Erga ulanmasa kabeldagi sim to‘qmasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to‘siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muxitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi.
    24

    2–rasm. Koaksial kabel
    Lekin kabeldagi sim to‘qimani ikki va undan ko‘proq joyidan erga ulangan
    taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek kompyuterlar ham ishdan
    chiqishi mumkin. Terminatorlar albatda kabel bilan moslangan bo‘lishi shart, ya‘ni
    ularni qarshiligi kabelning to‘lqin qarshiligiga teng bo‘lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Omli bo‘lishi kerak. Koaksial kabellar kamroq «yulduz» va «pasiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmog’i. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo‘lmay qoladi. Kabelni to‘lqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel o‘ram xujjatida keltiriladi. Ko‘pincha lokal tarmoqlarda 50 Omli (masalan, RG-62, RG-11) va 93 Omli kabellar (masalan, RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida ko‘p tarqalgan 75 Omli kabel lokal tarmoqlarda ishlatilmaydi.
    25
    Umuman o‘ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam.Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi. Fast Ethernet tarmog’ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi ham, albatta, tasodif emas. Lekin ko‘pchilik xollarda shina topologiya (passiv yulduz emas) juda qulay. Yuqorida aytib o‘tilganidek, qo‘shimcha qurilma – kontsentratordan foydalanishning xojati yo‘q. Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud: ingichka (Thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan; yo‘g’on (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda. Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g’on kabellarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‘tkazish mumkin. Yo‘g’on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq maxkamlab qo‘yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razemni ulash qulay va qo‘shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo‘g’on kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga to‘g’ri keladi, chunki markaziy mis simga etish uchun qoplamalarni teshib o‘ta olish, hamda ximoya sim to‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yo‘g’on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‘p qo‘llaniladi. Xuddi o‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muxim ko‘rsatgich bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham nonplenum (PVC) va shuningdek plenum kabellari ishlatiladi. Tabiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC kabellari uchun sariq rang, Teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa, yo‘g’on kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.
    Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb hisoblanadi va ko‘pchilik
    xollarda ularni to‘liq o‘ralgan juftli kabellar bilan yoki optotolali kabellar bilan
    almashtirish mumkin. Kabel sistemalari uchun mo‘ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari ro‘yxati kiritilmagan. Optik tolali aloqa kabellari va ularning hususiyatlari Optik tolali kabel – bu yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‘rinishda emas, yorig’lik ko‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola bo‘lib, u orqali yorug’lik juda katta masofalarga (o‘nlab kilometrgachan) kam (sezilarsiz) so‘nish bilan uzatiladi. Optik tolaning tuzilishi juda oddiy bo‘lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga o‘xshash (2.16–rasm).
    26
    Faqat markaziy mis sim o‘rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1–10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o‘rniga esa, yorug’likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik
    qoplamadan foydalanilgan. Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug’lik nuri turli tartibda o‘tadi. Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koefitsentli to‘liq ichkiqaytish holatiga ega bo‘lamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti markaziytolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to‘qma yo‘q, chunki tashqi elektromagnit to‘siqlardan ximoya kerak emas. Ammo bazi xollarda tashqi mexanik tasirdan saqlash uchun sim to‘qima bilan o‘raladi. Bunday kabelni bazi holda yuqori darajada ximoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli to‘qima ichida bir necha optotolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo‘lishi mumkin. Optik tolali kabellarni ikki turi mavjud:
    • ko‘p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon lekin sifati past;
    bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko‘rsatgachlarga
    ega.

    27
    3–rasm. e.Optik tolali kabelning tuzilishi


    Optik tolali kabel to‘siqlardan ximoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir
    bo‘lib qolish ko‘rsatgichlari yuqoridarajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit to‘siq nurli signalni o‘zgartira olmaydi, signalni o‘zi esa hech qanday elektromagnit nurlanish xosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmaganaxborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Nazariy jixatdan bunday kabelni signal o‘tkazish yo‘lagi 1012 Gts gachan etadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori ko‘rsatgich. Optik tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus optik qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug’lisignalini elektr signalinga va teskariga o‘zgartirib berishi uchun xizmatqiladi.Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi. Maxalliytarmoqlarda foydalaniladigan chastotada optotoladagi signalning so‘nishi odatdataxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel ko‘rsatgichiga to‘g’rikeladi. Optik tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilansignalni so‘nishi juda kam bo‘ladi. Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGts dan yuqori) uning ustunligi shubxsiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qilolmaydi.
    28
    Lekin optik tolali kabelning ham bazi bir kamchiligi mavjud. Ulardan eng asosiysi – yig’ish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razemlarni o‘rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shafoflash aniqligidan razemdagi signalning so‘nish ko‘rsatgichi judayam bog’liq. Raz‘emlarni o‘rnatish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yoriglik sinish koeffitsenti shisha tolaning yorig’liq sinish koefitsentiga teng bo‘ladi. Har qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun optotolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razem o‘rnatilgan holda savdoga chiqariladi. Optik tolali kabellarda signalni ikkinchi yo‘nalishga ham ayirish imkoni bo‘lsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Ya‘ni bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig’ida. Har qanday taqsimlanish oqibatda yorug’lik signalini ilojsiz so‘nishga olib keladi va agarda ko‘pkanalga taqsimlanilsa, u holda yorug’lik tarmoq oxirigacha etib bormasligi ham mumkin.
    Elektr kabeliga qaraganda optik tolali kabelning mustaxkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish ham unga tez tasir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib signalning so‘nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o‘zgarishiga ham sezgir, Sababi bunday o‘zgarish tasirida shisha tola dars ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan optik kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Optik tolali kabellar shuningdek mexanik tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham yuritiladi. Bu tasirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi. Optik tolali kabellarni faqat «yulduz» va «xalqa» topologiyalarda qo‘llanilidi. Bu holda hech qanday moslash va erga ulash muammosi mavjud emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taminlaydi. Extiml kelajakda kabellarni bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko‘p qismini siqib chiqaradi. Planetamizda mis zaxiralari kamayib borayapti lekin shisha ishlab chiqarish uchun xom ashyo esa zaruridan ortiq. Bir modli kabellarda hamma nur bir xil yo‘ldan o‘tish natijasida ularning hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o‘zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‘lib va faqat 1,3 mkm to‘lqin uzunligidagi yorug’likni uzatadi. Shuningdek dispersiya va signalni so‘nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa ko‘p modli kabeldan ko‘ra ancha uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi.
    29
    Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish vaqabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan to‘lqin uzunligidagi yorug’lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko‘p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modli kabellar o‘zining juda yaxshi ko‘rsatgichlari uchun asosiy kabel bo‘lib qolsa kerak. Ko‘p modli kabelda yorug’lik nurlarining yo‘llari sezilarli darajada farq qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko‘rinishi o‘zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa 125 mkm (bu bazida 62,5/125ko‘rinishda belgilanadi). Uzatish uchun lazer emas oddiy yorug’lik diodi (svetodiod) ishlatiladi, bu esa uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko‘p modli kabelda yorug’likni to‘lqin uzunligi 0,85 mkm ga teng. Kabelni ruxsat etilgan uzunligi 2–5 km oralig’ida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘p modli kabel turi optotolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon va topish ham oson. Optik tolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi ushlanishidan ko‘p farq qilmaydi. Ko‘p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4–5 ns/m atrofidagi qiymatini tashkil qiladi. Ma‘lumotlar --- ingl: data ---- rus: Dannie 1 Rasmiylashtirilgan, ya‘ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos shaklda taqdim etilgan axborot. 2 Kompyuterda qayta ishlanishi jarayonida aylanayotgan hujjatlashtirilgan axborot. 3 Kompyuterda uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlangan, ya‘ni ramzlar (raqamlar) shaklida taqdim etilgan axborot. Ma‘lumotlar misoli sifatida kompyuterga kiritish uchun kodlangan yoki allaqachon kiritilgan matn, nutq, tasvir, istalgan kattaliklardagi jadvallar va h.k.ni keltirish mumkin. ma‘lumotlar uzatish kanali -- ingl: data transmission channel (DTC) rus: kanal peredachi dannix
    1 Kanal pog’onasida obyektlarni ulaydigan mantiqiy kanal.
    2 Bir qurilmadan ikkinchisiga ma‘lumotlar uzatiladigan fizik ulanish.
    Ma‘lumotlarni uzatish kanalini tashkil qiluvchi qurilmalar uzatish jarayonini tartibga soluvchi protokollarga bo‘ysunadi.
    3 Tarmoq qismi. U tarmoqni har bir juft chekka terminallarini o‘zaro bog’laydi
    va ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilish texnik vositalaridan, shu jumladan, aloqa
    liniyasi hamda dasturiy ta‘minot vositalari va protokollardan tashkil topgan.

    Download 3,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 3,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    d.Koaksial aloqa kabellari va ularning hususiyatlari

    Download 3,54 Mb.