• Ikkinchidan
  • To’rtinchidan
  • Beshinchidan
  • Jamiyat falsafasi




    Download 0,82 Mb.
    bet19/20
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #257405
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    11-MAVZU назарий

    Birinchidan, jamiyat ekologik barqaror taraqqiyoti ehtiyoji va zaruriyati tabiatga estetik munosabatni san’at asarlarida ifodalashning ustuvor vazifalarini belgilab berishin va uning konstruktiv-rasional usul-vositalarini yaratishni taqozo qilmoqda. Zero, global ekologik borliqning xususiyatlari, ularni san’at asarlarida aks ettirishga va transformasiya qilishga nisbatan ilgarilab ketmoqda.
    Ikkinchidan, shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabatga ta’sir usul-vositalarini rivojlantirishga falsafaning: obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylikning dialektik aloqadorligi, tabiatga estetik munosabatni san’atda ifodalashning konkretligi; tarixiy ekoestetik merosini tiklash va ijodiy rivojlantirish; ekoestetik qadriyatlar transformasiyasida xalq pedagogika texnologiyasidan foydalanish; usul-vositalarning maqsadga muvofiqligi va adekvatligi; obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar birligi; maqsad, vosita va natija umumiyligi; tarixiylik va mantiqiylik, milliylik va umuminsoniylikni uyg’unlashtirish tamoyillari kontekstida yondashish kerak.

    1. Uchinchidan, turli ijtimoiy ong shakllari, amaliy faoliyat yo’nalishlari va can’at janrlarini ekologiyalashtirish usullari hamda vositalarni uyg’unlashtirish umuminsoniyat ekologik barqaror taraqqiyoti manfaatlarga mos keladi.

    2. To’rtinchidan, hozirgi davrda jamiyat barqaror taraqqiyotini belgilovchi mezonlar tarkibida shaxs ekologik ongiga ta’sir qiluvchi usul-vositalar rasionalligi va konstruktivligi asosiy ko’rsatkichga aylanmoqda, lekin ularni sun’iy ravishda mafkuralashtirish hamda siyosiylashtirish umuminsoniyat ekologik qadriyatlari integrasiyasiga to’siq bo’ladi.

    3. Beshinchidan, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish shaxs ekologik ongi rivojlantirishning usullari va vositalari natijasi bo’lib qolmasdan, balki uning imkoniyati hisoblanadi. Shuning uchun ham shu ularni o’rganish fanning yangi yo’nalishlarini vujudga keltirmoqda.

    Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
    Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o’n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo’ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo’yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o’rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo’lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta’sir ko’rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g’oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo’lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo’nalishini, yog’inlar miqdorini o’zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg’oq hududlarida yashovchilarga havf–hatar tug’dirib dengizlardagi suvning sathi ko’tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko’payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo’shimcha ta’sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo’ladigan munosabati estetik jihatdan to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi hamda uning estetik «no’noqligi» bois ular o’rtasida katta bo’shliq yuzaga keldi; bu bo’shliq insoniyat boshiga misli ko’rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ko’plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta’minlashga, o’simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo’q bo’lib ketish havfining oldini oladi.



    Download 0,82 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 0,82 Mb.