Mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish




Download 465.5 Kb.
bet9/94
Sana31.07.2021
Hajmi465.5 Kb.
#16327
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
2.2. Mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish.
Operatsion tizimlar yuqoridagi strategik prinsiplarga asoslanib loyihalashtiriladi. Bu jarayon mahsulotlar va ishlab chiqarishni loyihalashtirishni, ishlab chiqarish quvvatlarini va ularning joylashuvini aniklashni, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni uz ichiga oladi.

Mahsulotlarni loyihalashtirish iste’molchilarning extiyojlarini kondirishga karatilgan bulishi zarur. Ushbu mahsulotga iste’molchilarning konkret talablarini taxlil qilish uchun ishlab chikaruvchi loyihalashtirilayotgan mahsulotning quyidagi me’zonlarini nisbiy axamiyatliligini kurib chikishi kerak:

1. Kiymati.

2. Foydalanishda tejamliligi.

3. Sifati.

4. Dabdaba elementlari.

5. Xajmi, quvvati yoki chidamliligi.

6. Xizmat kilish muddati.

7. Foydalanishda ishonchlilik.

8. Xizmat kursatishga talablar, uning osonligi.

9. Foydalanishda uning universalliligi.

10.Foydalanishda xavfsizligi.

Mahsulotning kerakli jixatlarini ta’minlash uchun loyihalashtirish davomida ishlab chikaruvchi quyidagi sohalarda imkoniyatlarni tanlashi kerak buladi:
1.Xajmi va shakli.

2.Materiallar.

3.Standart va maxsus qismlarning nisbati.

4.Asosiy (modulь) qismlar.

5.Ishonchlilikni oshirish uchun kushimcha komponetlar.

6.Xavfsizlik elementlari.

Mahsulotni loyihalashtirish mezonlari va tanlashning mumkin bulgan variantlari urtasida ma’lum bir yonbosishlar va kelishuvlarga to’g’ri keladi. Masalan, avtomobilь korpusi uchun kalinrok metall listlardan foydalanish, avtomobilning xizmat muddati va xavfsizligini oshiradi, lekin uning narxining qimmatlashuviga va ma’lum masofaga yokilgi sarfini oshishiga olib kelishi mumkin.

YAngi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash jarayoni quyidagi keng kamrovli masalalarni uz ichiga oladi: yangiliklarning samaradorligi omillarini taxlil kilish, korxonaning texnik siyosatini shakllantirish asoslari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (ITTKI)ni tashkil etish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tomondan tayyorlash, ishlab chiqarishning tashkiliy -texnik darajasini taxlil kilish va prognozlash.

Mahsulot ishlab chiqarishni yangilash korxonaning ichki va tashki bozorlarda raqobatbardoshligi darajasini oshirishning muxim omilidir. Buning uchun yangi ishlanmalarning samaradorligini doimiy ravishda taxlil kilib borib, uning natijalariga asosan korxonaning texnik siyosatini shakllantirish kerak.

Korxonaning texnik siyosati - korxona raxbariyati tomonidan menejment sistemasining tarkibiy qismlari bulgan mahsulot sifatini oshirish, resurslarni tejash, korxonani tashkiliy-texnik rivojlantirish sohasida olib boriladigan strategik chora-tadbirlar tizimidir.

Korxonaning texnik siyosatini ishlab chikish va amalga oshirishning yiriklashtirilgan bosqichlariga quyidagilar kiradi:

- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi darajasini aniklash va kelgusida mahsulotlarning raqobatbardoshligini innovatsiyalar xisobiga ta’minlash maksadida marketing tadqiqotlarini utkazish;

- uz ichiga texnik siyosat goyalarini olgan korxona strategiyasini ishlab chikish;

- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va korxonani texnik jihatdan kengaytirish bo’yicha ITTKI olib borish;

- yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash;

- korxonaning yangi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;

Korxona texnik siyosatining muxim tarkibiy qismlaridan biri bulgan resurslarni tejash strategiyasini mahsulot sifatini ta’minlash masalasi bilan birgalikda ishlab chikish zarur.

Quyidagi chizmada "sifat resurstalablik" matritsasi keltirilgan:

SIFAT




Resurstalablik

past

yukori

past

1.Mahsulot sifatsiz va arzon (samarali)

2.Mahsulot sifatli va arzon

yukori

4.Mahsulot sifatsiz va qimmat (samarasiz)

3.Mahsulot sifatli, lekin qimmat

2-chizma "Sifat - resurstalablik" matritsasi.


Uzining sifat darajasi va resurstalabliligi bo’yicha mahsulot joylashgan sektorni aniklagach, uning rivojlanish strategiyasi yunalishini oldindan aniklash mumkin. ( 3 -chizma)

SIFAT





Resurstalablik

past

yukori

past

1.Mahsulot sifatini oshirish

2.Mahsulot sotish bozorini kengaytirish

yukori

4.Mahsulotni yangi turiga utish

3.Mahsulotning resurstalabligini pasaytirish

3-chizma. Mahsulotning sifati va resurstalabligidan kelib chikkan xolda uning rivojlanish strategiyalari.


Korxonada resurslarni tejashning quyidagi strategiyalaridan foydalanish mumkin:

- mahsulotning kinematik sxemasi (tuzilishi, ishlash prinsipi)ni soddalashtirish;

- mahsulot qismlarining tur ichidagi va turlararo unifikatsiyalash;

- mahsulot konstruktsiyasini texnologik darajasini takomillashtirish;

- ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik rivojlantirish;

- mahsulot konstruktsiyasini uzgartirmagan xolda sifatli mahsulot ishlab chiqarishni konkret turdagi resursi arzon bulgan xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni kengaytirish;

-resurslarni tejash omillarini amalga oshirish.

Mahsulot loyihalashtirilganidan so’ng, uni ishlab chiqarish jarayonining bosqichlarini aniklash zarur. Bunda ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirishning quyidagi mezonlarini kurib chikish kerak:

1.Ishlab chiqarish quvvati;

2.Iqtisodiy samaradorlik;

3.Moslashuvchanlik;

4.Unumdorlik;

5.Ishonchlilik;

6.Ta’mirga yaroklilik;

7.Standartlashtirish va natijalarning doimiyligi;

8.Xavfsizlik va sanoat sanitariya va gigienasi;

9.Ishchilarning xayotiy extiyojlarini kondirish.
Ishlab chiqarish jarayonining kerakli jixatlarini ta’minlash uchun ishlab chikaruvchi quyidagi yunalishlarda imkoniyatlarni tanlashi kerak:

1.Kayta ishlovchi tizimning turi (loyihaviy tizim, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarish, uzluksiz jarayon, yukoridagi tizimlarning kombinatsiyasi.);

2.Butlovchi qismlarni sotib olish yoki uzi ishlab chiqarish;

3.Ba’zi vazifalarni uz mablaglari yordamida xal kilish yoki pudratchilarga topshirish;

4.Kayta ishlashning usullari;

5.Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi;

6.Ishchilar mexnati ixtisoslashuvi darajasi.

YUkoridagilardan kurinib turibdiki, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonni loyihalashtirishga ta’sir etadi. Shuning uchun mahsulotni loyihalashtiruvchilar va jarayonni ishlab chikuvchilar bir-birlari bilan uzaro xamkorlikda ishlashlari zarur.

Mahsulot uz xayot tsiklining rivojlanishi davomida uni ishlab chikaruvchi jarayon xam rivojlanishi talab etadi. Agar jarayonning xayotiylik davri mahsulotning xayotiylik davriga mos xolda rivojlanmasa, tashkilotning raqobatbardoshligi pasayishi mumkin.

Mahsulotning xayotiylik davrining boshlangich bosqichida uni sotish xajmi oz darajada buladi. Mahsulotning konstruktsiyasi xali tula barkaror bulmasligi mumkin, uning raqobatbardoshligi narxiga emas, farklovchi belgilariga bog’liq bo’ladi. Bu bosqichda ishlab chiqarish jarayoni moslashuvchan bulishi kerak, chunki uni mahsulotning konstruktsiyasidagi uzgarishlarga mos xolda tezda moslashtira olish zarur. Kup mikdorda va yukori iqtisodiy samara bilan ishlab chiqarish imkoniyati unchalik muxim emas. Bu paytda jarayon sermexnat, mayda seriyalab va avtomatlashtirilmagan bulishi mumkin.

Mahsulotni takomillashtirish davomida uning konstruktsiyasi kuprok standartlashtirila boradi, sotish xajmi ortadi. Raqobatbardoshlikning asosiy omili bulib mahsulotning narxi xizmat kilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishlab chiqarishning barkarorligi masalalari muxim axamiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish jarayoni kapitalsigimli, yukori avtomatlashtirilgan va ommmaviy buladi.



Download 465.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 465.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot va uni ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish

Download 465.5 Kb.