|
Marshrutlash protokollari
|
bet | 10/29 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 49,59 Kb. | | #236292 |
Bog'liq Javob Kompyuter tàðmîg‘i topologiyasiMarshrutlash protokollari - uzatuvchi va qabul qiluvchi o’rtasida ma’lumot almashish uchun marshrutizatorlar tomonidan foydalaniladigan belgilangan qoidalar to’plamidir.
Tarmoq marshrutizatori protokollari - marshrutizatorlarning bir-biri bilan aloqa qilish usullarini belgilashga yordam beradi. U tarmoqqa kompyuter tarmog’idagi istalgan ikkita tugun o’rtasida marshrutlarni tanlash imkonini beradi.
Marshrutlash jarayonida asosan ma’lumotni qisqa vaqtda etib borishi uchun eng qisqa yo’lning xaritasi ishlab chiqiladi va qabul qiluvchining adresi bo’yicha uzatiladi.
GLOBAL TARMOQLAR (WAN).
Javob:
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi mumkin.
Global kompyuter tarmog’ining keng tarqalgan umumiy tuzilish:
S (switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX (multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq interfeysi va NNI (Network-Network Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis ATSi va kichkina qora rangli to’rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya’ni modemlardir.
Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi. Bu kommutatorlar paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya’ni ular aynan paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar.
Bu global kompyuter tarmog’i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan ma’lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko’rsatilayotgan xizmatlar narxining 2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi.
|
| |