|
Javoblar Kasb kasalliklarining etiologik omillari, tasnifi, diagnostik prinsiplar va oldini olish chora-tadbirlari
|
bet | 2/10 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 54,12 Kb. | | #107808 |
Bog'liq KKI 5. Ish faoliyatida o'tkaziladigan tibbiy davriy ko'riklar xulosalarini o ‘rganish, uni hisobga olish, patologik jarayonni o'rganish katta ahamiyatga ega.
6. Ma ‘lum bir kasbdagi ishchilar orasidagi bir xil o ‘tkir yoki surunkali kasb kasalligi bor-yo'qligini aniqlash va h.k.
Kasb kasalliklari 2 ta guruhga bo ‘linadi:
1. Spetsifik kasbiy kasalliklar. Bunda kasallikni keltirib chiqargan omillar asosiy o ‘rinni egallaydi. Bu kasalliklar faqat ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanadi va o'ziga xos spetsifik klinik belgilar bilan ifodalanadi. Masalan, pnevmokonioz kasalligi, vibratsion kasalligi, qo'rg'oshin, simob, benzol, pestitsidlar ta ’siridan rivojlangan kasbiy zaharlanishlar va boshqalar.
2. Nospetsifik kasb kasalliklari. Ma ‘lum bir zararli omilga ega bo'lgan, ishlab chiqarish sharoitlarida vujudga kelgan umumiy kasalliklar shular jumlasidandir (masalan, surunkali bronxit, bronxial astma, sil kasalligi, o'pka emfizemasi va boshqalar).
Elektropayvandchilarning pnevmokoniozi va nevmokoniozlarning boshqa turlari.
1.Silikoz –tarkibida kremniy qo‘shoksidi bo‘lgan chang bilan nafas olish.
2.Silikatoz – tarkibida kremniy qo‘shoksidi va boshqa elementlar: magniy, alyuminiy, temir, kalsiy (azbestoz, talkoz, kaolinoz, sementli pnevmokonioz) bo‘lgan chang bilan nafas olish.
3.Metalokonioz – tarkibida metall: temir, alyuminiy, bariy, marganes (sideroz, alyuminoz, baritoz) bo‘lgan chang bilan nafas olish.
4.Karbokonioz – tarkibida ko‘mir changi: koks, grafit, qurum (antrakoz, grafitoz) bo‘lgan havo bilan nafas olish..
5.Aralash changdan (antrakosilikoz, siderosilikoz) kelib chiqqan pnevmokoniozlar.
6.Organik changdan (paxta-bisinoz, probka-suberoz, trostinoviy-bagasoz, tabak-tabakoz, bug‘doy-fermer o‘pkasi va boshqalar) kelib chiqqan pnevmokoniozlar.
|
| |