• 18. Zararli kasbiy omillar tasnifi. Kasb
  • Simobdan zaharlanishda davolash etaplari




    Download 54,12 Kb.
    bet9/10
    Sana29.11.2023
    Hajmi54,12 Kb.
    #107808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KKI

    17. Simobdan zaharlanishda davolash etaplari.
    Davosi. Simobdan zaharlanish kompleks davolanadi, bunda, ayniqsa, patologik jarayonning nechog'li ifodalanganligini hisobga olish o'rinlidir. Organizmni simobdan xalos etishda ziddi zahar antidotlar ishlatiladi: unitiol, suksimer, natriy tiosulfat shular jumlasidandir. Unitiol boshqa dorilarga nisbatan ancha ta’sirchan hisoblanadi. Preparat 5 foiz suvli eritma holida 5,0 ml miqdorda muskul orasiga yoki venaga yuboriladi. Unitiol 6-7 kun ichida har kuni bitta in’eksiya qilinadi. Suksimer - tabletka sifatida ishlatiladi, bunda dori - tabletkadan (0.5 g) bir kecha-kunduzda 3 marta 7 kun davomida tayinlanadi. Bundan tashqari, davolanishda natriy tiosulfat ham yaxshi natija beradi. Bu preparat 30 foizli eritma holida 5-10 ml miqdorida kunora (5-7 kun) qon tomirlarga ohista yuborib turiladi
    Davolash jarayonida miyaning qon bilan ta’minlanishi vametobolizmni sozlovchi dorilar ham o'rinlidir. Piratsetam, stugeron va vitaminlar, ya’ni askorbin kislotasi, vitamin B1, B6 shular jumlasidandir. Yaqqol ifodalangan emotsional barqarorlikda va uyqusizlikda trankvilizatorlar va uxlatuvchi dorilar tavsiya qilinadi. Shu bilan birga suv muolajalari, davolovchi badantarbiya ham shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi, og'izni va tishlarni doim sanatsiya qilib turish zarur.
    Mehnat qobiliyatini tekshirish. Zaharlanishning boshlang‘ich bosqichida simob va boshqa zaharli moddalar ta’sirini vaqtincha bartaraf etish uchun kasbiy kasallik varaqasi berilib, vaqtincha boshqa ishga o‘tkaziladi.
    Zaharlanishning yaqqol ifodalangan bosqichida (II-III bosqichlari) bemor umuman simob ta’sirisiz ishga joylashtirilishi tavsiya qilinadi. Bordi-yu bunda uning malakasi kamaysa, uning mehnat qobiliyati qanchalik pasayganligini va nogironlikni aniqlash uchun VMEK ga yuborish zarur.

    18. Zararli kasbiy omillar tasnifi.
    Kasb kasalliklari etiologiyasi bo'yicha 5 guruhga bo'linadi:
    1. Kimyoviy omillarning ta'siridan rivojlangan kasalliklar: o'tkir va surunkali zaharlanishlar va ulaming asoratlari, teri kasalliklari (kontakt dermatit, fotodermatit. toksik melano-dermiya va boshqalar).
    2. Ishlab chiqarish aerozollarining ta ’siridan rivojlangan kasalliklar:pnevm okoniozlar, silikoz, siderosilikoz, antrakosilikoz, asbestoz, karbokoniozlar, changli bronxit va boshqalar.
    3. Fizik omillar ta ’siridan rivojlangan kasalliklar: vibratsiya kasalligi, elektrooftalmiya. katarakta, koxlear nevrit, nur kasalligi va boshqalar.
    4. Jismoniy zo ‘riqishlar. organ va tizimlarning zo ‘riqishi bilan bog 'liq kasalliklar: koordinator nevrozlar, periferik nerv tizimining kasalliklari, bo‘yin va bel-dumg'aza radikulopatiyalari, yelka epikondiliti va b. Bachadonning pastga siljishi, oyoqlarda venalaming varikoz engayishi ovoz boylamlarining zo'riqishi natijasida kelib chiqqan kasalliklar (sumnkali laringit) va boshqalar.
    5. Biologik omillar ta ’sirida rivojlangan kasalliklar: yuqumli va parazitar kasalliklar - tuberkulyoz, brutsellez, virusli gepatit, disbakterioz, teri kandidomikozi, visseral kandidomikoz va boshqalar


    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Simobdan zaharlanishda davolash etaplari

    Download 54,12 Kb.