• «O‘smasimon turi»
  • Pnevmokoniozlarning rivojlanish jarayoni (kechishi) 4 xil boladi
  • Diffuz o`choqli Pnevmokoniozning II bosqichiga uchraydgan Qor Bo`ron surati . Pnevmokoniozning III bosqichiga uchraydgan O’smasimon turi. 5. Silikoz
  • Javoblar Kasb kasalliklarining etiologik omillari, tasnifi, diagnostik prinsiplar va oldini olish chora-tadbirlari




    Download 54,12 Kb.
    bet3/10
    Sana29.11.2023
    Hajmi54,12 Kb.
    #107808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KKI

    3. Pnevmokoniozlar rentgen tasnifi
    І bosqich. Jismoniy zo‘riqishda hansirash, doimiy bo‘lmagan ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, quruq yo‘tal. O‘pka rentgenografiyasida o‘pka suratining simmetrik kuchayishi va deformatsiyasi, o‘pkaning o‘rta qismlarida diametri 1-3 mm bo‘lgan tarqalgan tugunchalar. O‘pka ildizlari qalinlashgan, limfa tugunlari kattalashgan.
    ІІ bosqich. Bir oz jismoniy zo‘riqishda hansirash kuchayishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar kuchayishi, quruq yoki shilliq balg‘amli yo‘tal. Tugunli turida «Qor bo‘ron surati» fibroz fonida tarqalgan, diametri 5sm gacha bo‘lgan tarqalgan tugunlar. Interstitseal turida tugunlar kuzatilmaydi.
    ІІІ bosqich. Klinikada o‘pka-yurak yetishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorda hansirash tinch holatda ham kuzatiladi. Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar «toshbaqa toshkosasi»ni eslatadi va doimiy bo‘ladi. Balg‘amli yo‘tal va ba’zida bo‘g‘ilish xurujlari kuzatiladi.
    O‘pka rentgenografiyasi: massiv gomogen soyalar, «O‘smasimon turi» -o‘pkaning markaziy rakiga o‘xshash kartina bo‘ladi.

    4.Pnevmokoniozlar patogenezi – nazariyalar.
    Pnevmokonioz - kasbiy kasallik bo'lib, ishlab chiqarish changining uzoq muddatli ta’siri natijasida rivojlanadi va o'pkada diffuz tarqalgan surunkali aseptik yallig'lanish va pnevmofibroz rivojlanishi bilan ifodalanadi.
    Pnevmokoniozlarning rivojlanish jarayoni (kechishi) 4 xil bo'ladi:

    1. sekin va uzoq kechadigan (10-15 yil):

    2. tez kechadigan (3-5 yil);

    3. kech rivojlanadigan (changli muhitdagi ishdan keyin bir necha yil o'tgach);

    4. regressiv pnevmokonioz.

    Pnevmokoniozning I bosqichiga uchraydgan Diffuz o`choqli
    Pnevmokoniozning II bosqichiga uchraydgan Qor Bo`ron surati .
    Pnevmokoniozning III bosqichiga uchraydgan O’smasimon turi.
    5. Silikoz
    Silikoz - tarkibida ozod kremniy dioksidi bo’lgan chang ta’siridan rivojlangan pnevmokoniozlardir. Silikoz eng ko'p tarqalgan va og'ir kechadigan pnevmokoniozlarning bir turi hisoblanadi.
    Tog'-kon, mashinasozlik va chinni buyumlar ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi hamda u yerda ishlab chiqarish mobaynida ozod kremniy dioksidi hosil boiishi tufayli ko'p tarqalgan edi. Silikoz ko'proq ishlab chiqarish korxonalarning quyidagi ishlovchi guruhlarida rivojlanishi mumkin:
    Kasallikning rivojlanish davri boshlangan vaqtdan boshlab kasallik rivojlanguncha b oigan davr 15-20-yilni tashkil etadi, lekin noqulay mehnat sharoitlarida bu muddat 5-8 yilgacha qisqarishi mumkin. K asallikning rivojlanish muddatlari quyidagi muhim omillarga, ya’ni changning tarkibi va miqdoriga, uning dispersligiga, yuqori nafas y o ila rin in g holatiga va organizm ning reaktivligiga bogiiqdir.

    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Javoblar Kasb kasalliklarining etiologik omillari, tasnifi, diagnostik prinsiplar va oldini olish chora-tadbirlari

    Download 54,12 Kb.