• YELKA SUYAGI EPIKONDILITI
  • BILAK TENDOVAGINITI
  • 16. Simobdan zaharlanish
  • Javoblar Kasb kasalliklarining etiologik omillari, tasnifi, diagnostik prinsiplar va oldini olish chora-tadbirlari




    Download 54,12 Kb.
    bet8/10
    Sana29.11.2023
    Hajmi54,12 Kb.
    #107808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    KKI

    YELKA BO‘G‘MI PERIARTRITI
    Kasallik yelka kamari mushaklarining uzoq vaqt zo'riqishi va yelka bo'g'imi yordamida kuchli harakat qilish natijasida paydo bo'ladi. Bu temirchilarda, bo'yoqchilar, yuk tashuvchilar, o't yoquvchilar, g'isht teruvchi va parmalovchilarda kuzatiladi. Xastalik ko'pincha qo'lni uzoq vaqt ko'tarib turib ishlash, tanadan uzoqlashtirish natijasida paydo bo'ladi..
    YELKA SUYAGI EPIKONDILITI
    Yelka suyagi epikondiliti qo‘llarning keng tarqalgan kasb kasalliklaridan biridir. Xastalik yelka suyagining o'ta zo'riqishi va kichik jarohatlanishi natijasida kelib chiqadi. U yelka suyagining ichki va tashqi tirsak bo‘g'imiga yaqin turgan do'ng sathida surunkali aseptik periostit va tendomiofastsit holida namoyon bo'ladi. Ko'pincha tashqi epikondilit kuzatiladi. Kasallik bilakning pronatsiya va supinatsiyasini, bukish va yozishni talab qiladigan kasb egalarida ko'proq uchraydi.
    Temir kesuvchilar, qirquvchilar, chilangarlar, g‘isht teruvchilar, bo'yoqchilar, sut sog‘uvchilar va boshqalar shular qatoriga kiradi.
    BILAK TENDOVAGINITI
    Bilak tendovaginiti tayanch-harakat apparatining ko'p uchraydigan kasb kasalliklaridan biri hisoblanadi. U odatda, bir taxlitda tez takrorlanadigan, bir xil harakat qilib ishlovchi kishilarda kuzatiladi. Xastalik bir maromda qo'l, panja harakati talab qiladigan chilangar, tokar, sayqallovchi, sut sog‘uvchilarda rivojlanadi. Tendovaginit o'ng bilakning egiluvchan sathi yuzasida, ko'proq boldirning old yuzasida va mushaklaming surunkali zararlanishi natijasida axill paylar sohasida rivojlanadi.

    16. Simobdan zaharlanish

    Simobdan zaharlanishda titrash mexanizmini muskullar innervatsiyasining buzilishi va muskullarga qo‘zg‘a!ishning sinaptik uzatilishning o'zgarishi bilan tushuntirish mumkin.


    Simobdan zaharlanish 3 ta bosqichga ajratiladi:
    1. Simobdan zaharlanishning boshiang'ich yoki yengil bosqichi (I bosqich). Bunda kasallik asta-sekin rivojlanadi, bemorning umumiy ahvoli o'zgarmaydi. Nevrasteniya simptomlari paydo bo'ladi, bosh og'riydi, uyqu buziladi, xotira susayadi, ishtaha kamayadi, ko'ngil aynib, ish qobiliyati kamayadi, bemor serzarda, jizzaki bo'lib qoladi. Obyektiv tekshirilganda, quyidagilar kuzatiladi:
    - vegetativ disfunksiya simptomlari: teri rangining o‘zgarishi, uzoq saqlanadigan qizil dermografizm, ko‘p terlash, gipersalivatsiya:
    - yurak-tomir tizimida taxikardiya, yurak urishining tez o‘zgarishi, qon bosimining o'zgarishi va h.k.;
    Simobdan surunkali zaharlanishning o'rtacha ifodalangan bosqichi (II bosqich). Bunda zaharlanish belgilari yaqqol ifodalanadi. Bu simptomlar quyidagicha yuzaga chiqadi: bosh og'rishi, bosh aylanishi, xotiraning pasayishi, ozib ketish, vegetativ o'zgarishlarning zo'rayishi, simobli nevroz holatining rivojlanishi shular qatoriga kiradi. Yaqqol ifodalangan zaharlanish nevrozning o'ziga xos ko'rinishida kechadi va «simobli eretizm» sindromini ham kuzatish mumkin.
    Simobdan zaharlanishning og'ir turi toksik ensefalopatiya (III bosqich) ko'rinishida rivojlanadi.Ensefalopatiyaning bu turi og'ir organik o'zgarishlar bilan ta’riflanadi. Bunda bemor bosh og'rishidan, uyqusizlikdan, darmonsizlik, ruhi buzilganligidan shikoyat qiladi. U atroflicha tekshirilganda, qo'l va oyoqlar muskullarida tarqalgan titrash aniqlanadi. Bundan tashqari, patologik reflekslarning paydo bo'lishi, dizartriya, gimomimiya, muskullar tonusining pasayishi, har xil gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Kasallikni davolash uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda simobdan zaharlanishning og'ir turi (III bosqich) kuzatilmaydi.


    Download 54,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 54,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Javoblar Kasb kasalliklarining etiologik omillari, tasnifi, diagnostik prinsiplar va oldini olish chora-tadbirlari

    Download 54,12 Kb.