|
Jdpi ning Veb saxifasi
|
bet | 5/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #240853 |
Bog'liq O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nTest savollari
1. Internet tarmog’ida real vaqtda axborotlar (xabarlar) almashish xizmati qanday ataladi?
A. Elektron pochta
B. *Chat
C. Forum
D. Proksi
2. Qog’ozdagi rasm, matn va tasvirlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmani toping.
A) Plotter
B)*Skaner
C) Printer
D) Modem
5-mavzu: Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli (4 soat ma`ruza)
Reja:
1. Kompyuter tarmog’ining arxitekturasi haqida ma’lumot bering?
2. Kompyuter tarmog’ining topologiyasi haqida ma’lumot bering?
3. Kompyuter tarmog’ining tarmoq sistemasining modeli haqida ma’lumot bering?
Kompyuter tarmoqlari-kommunikatsion qism tizimlari yordamida yagona tizimga birlashtirilgan ғujlangan kompyuter tizimlari to`plamidir. Ғujlangan kompyuter tizimlariga alohida EHMlar hamda lokal kompyuter tarmoqlari (LKT) kirishi mumkin. Hozirda amalda tarkibida EHM bo`lgan intelektual’ abonent nuqtalari ishlatiladi va, demak, kompyuter tarmoqlarining eng kichik strukturaviy qismi EHM desak xato bo`lmaydi. (1 - rasm).
Kommunikatsion qism tizim quyidagilarni o`z ichiga oladi:
kommunikatsion modullar(KM);
aloqa kanallari;
kontsentratorlar;
tarmoqlararo shlyuzlar (ko`priklar).
Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bo`yicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bo`lgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va ko`priklar tarmoqni lokal’ kompyuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Ko`priklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bo`lgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi.
|
| |