1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
- davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan
chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta'minoti darajasini
oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish
orqali isloh qilish;
- mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga
oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy
sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, jismoniy va
yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning
zamonaviy shakllarini joriy etish;
- "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko'rsatishning samarasi,
sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
- xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish
- jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
- fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va
siyosiy faolligini oshirish;
- mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va faoliyatining
samaradorligini oshirish;
- ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning
professional faoliyatini himoya qilish.
II.
Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo'nalishlari
2.1.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudning nufuzini oshirish, sud
tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
- sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag'batlantirish va ijtimoiy
ta'minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- sudyalarga g'ayriqonuniy tarzda ta'sir o'tkazishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ta'sirchan
choralar ko'rish;
- sudning mustaqilligi va beg'arazligi, sud prosessi tomonlarining tortishuvi va teng
huquqligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish;
- "Xabeas korpus" institutini qo'llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini
kuchaytirish; - sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
- sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish
|