3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini
himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va
xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini rag'batlantirishgaqaratilgan institusional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish
-
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlash,
barcha turdagi to'sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik
va kichik biznesni rivojlantirish yo'lida to'liq erkinlik berish, amaliyotda "Agar
xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va kuchli bo'ladi" degan printsipni amalgi
oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat,
nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini
qat'iy oldini olish
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va
optimal foydalanish:
-
sotsial-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom
ashyo, sanoat, qishloq xo'jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan
kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash;
- hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish
masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va
eksport salohiyatini o'stirish yo'li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni
jadal rivojlantirish
3.6. Turizm sohasini rivojlantirish:
-
turizm tarmog'ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish
tizimini takomillashtirish;
- turizm sohasida viza, lisenziya berish va ruxsat olish tartibtaomillarini
soddalashtirish;
- xorijiy investisiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida
biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- yangi turizm yo'nalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini
rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish.
|