2.2.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini ta'minlash:
- fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda
sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik
uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni
tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish;
- sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlash;
- fuqarolarining hususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini
mustahkamlash;
- fuqarolarning Odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash;
- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish
2.3.
Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish:
-
jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchiligini takomillashtirish va
liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar
va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
- odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma'muriy,
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvining prosessual asoslarini
takomillashtirish;
- jinoyat, fuqarolik va xo'jalik ishlarini ko'rib chiqish tartibini
takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instantsiyalarni
qisqartirish;
- elektron sud ish yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl va
usullarini joriy etish
2.4.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish tizimini takomillashtirish
:
-
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
-
diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga
qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
-
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining
samaradorligini oshirish;
- aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini
tashkil etish.
|