|
Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotningBog'liq gVrce39JkgsNRtL5kjp4MQRHzKFlIW4utGTdXPrM3.2. Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
etakchi tarmoqlarini modernizasiya va difersifikasiya qilish hisobiga
uning raqobatbardoshligini oshirish
:
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida
sanoat, xizmatlar ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini
ko'paytirish;
- ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash,
ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni
amalga oshirishga qaratilgan aktiv investisiya siyosatini olib borish;
- sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi
bosqichga o'tkazish orqali yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish;
3.3. Qishloq xo'jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish
-
tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni
muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash,
ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport
salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada
maqbullashtirish, bo'shab qolgan erlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat va moyli
ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bog'va uzumzorlarni joylashtirish;
- qishloq xo'jalik ekinlarining yangi selektsiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka
ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga
moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini kengaytirish
|
| |