33
aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va
hokazolar. “Toza rux” 420
S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda
quyidagi qatorni yodda
tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash
vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon,
solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon,
birlamchi etalon
va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy
o‘lchovlar
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga
bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov
va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.