30
toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish.
Mos kelish usuli -
o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan
kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr
yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul o‘z usuliyatiga, ya’ni o‘lchashni bajarish usuliyatiga
ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni
bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bo‘yicha
o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
O‘
lchanadigan kattalikning o‘lchash jarayonida o‘zgarish xarakteriga ko‘ra
statik
va
dinamik
o‘lchashlarga ajratiladi.
Statik o‘lchash
deganda qiymati
o‘lchash jarayoni mobaynida o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash tushuniladi.
Bundan tashqari, davriy o‘zgaruvchan kattaliklarning turg‘un rejimidagi o‘lchashlar
ham kiradi. Masalan, o‘zgaruvchan
kattalikning amplituda, effektiv va boshqa
qiymatlarini turg‘un rejimida o‘lchash.
Dinamik o‘lchashlarga
qiymatlari o‘lchash jarayonida o‘zgarib
turadigan
kattaliklarni o‘lchashlar kiradi. Dinamik o‘lchashga vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan
kattalikning oniy qiymatini o‘lchash misol bo‘la oladi.
YUqorida ko‘rilgan o‘lchash usullaridan tubdan farq qiluvchi