26
O‘lchash
– bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va
o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan
kattalikning
ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay
formadagi ifodasini ishlab chiqishdir.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi
bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari
(yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz (3.1-rasm).