Raqamli o‘lchash asboblar. Raqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida
uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki
raqamlarni
yozib
boruvchi
qurilmada
diskret
tarzda
o‘zgartirilib,
indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli o‘lchash asboblari hozirgi kunda
juda keng tarqalgan.
Raqamli o‘lchash asboblari analog o‘lchash asboblariga nisbatan quyidagi
afzalliklarga egadir : yuqori aniqlik; keng ish diapazoni; tezkorlik; o‘lchash
natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi; avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash
mumkinligi; o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va
hokazolar.
Lekin, har to‘kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o‘lchash asboblarining ham
muayyan
kamchiliklari mavjud : murakkabligi; tannarxining balandligi; nisbatan
ishonchliligi pastroq.
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar
tobora chekinib bormoqda.
Raqamli o‘lchash asbobining asosi bo‘lib ARO‘ hisoblanadi. Unda ma’lumot
diskretlashtiriladi, so‘ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan
(juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash
qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz
qiymatlarini X
n
diskret qiymatlarning to‘plami bilan almashtirish hisoblanadi.
Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining
qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda
ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat.
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o‘lchash asbobining asosiy xatolik
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o‘ziga
yarasha xatoliklar kiritadi.
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o‘lchash asboblarining
43
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda.