40
kam ishlatiladi. Ular asosan quvvatni o‘lchash uchun vattmetr sifatida va logometrik
mexanizmi prinsipida yasalganida esa fazometr va chastotomer sifatida ishlatiladi.
Bu asboblarning quyidagi afzalliklari bor: ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas
tok zanjirlarida ishlatiladi; yuqori darajadagi aniqlikka ega; elektr quvvati sarfini
hisoblashda qo‘llanilishi mumkin; bir vaqtning o‘zida ikkita kattalikni tekshirish
mumkin.
SHuning ayrim kamchiliklarga ham ega: xususiy energiya sarfi katta; tashqi
temperaturaga bog‘liqligi kuchli; katta qiymatlarni bevosita o‘lchay olmaydi.