• Muntazam xatolik
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246626
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

    Dinamik xatoliklar - 
    o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida 
    o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga 
    kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning 
    inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda 
    emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi. 
    III.
    Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab: 

    asosiy; 

    qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linadi. 
    Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigan 
    xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 






    havo namligi 65 % 

    15 %, atmosfera bosimi (750 

    30) mm.sim.ust., ta’minlash 
    kuchlanishi nominalidan 

    2 % o‘zgarishi mumkin va boshqalar. 
    Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil 
    bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi. 
    IV.
    Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra: 
    1.
    Muntazam xatoliklar; 
    2.
    Tasodifiy xatoliklar; 


    49 
    3.
    Qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv. 
    Muntazam xatolik 
    deb umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida 
    muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan 
    tashkil etuvchisiga aytiladi. 
    Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: 
    3.17-расм. Ўлчаш хатоликлари: 
     


    – muntazam xatolik; 


    – tasodifiy xatolik; 


    – qo‘pol xatolik. 
    Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va 
    tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin 
    bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi: 

    Uslubiy xatoliklar; 

    Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; 

    Sub’ektiv xatoliklar. 
    O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy 
    xatolik kelib chiqadi. 
    O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan 
    xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri 
    graduirovkalanishi 
    (darajalanishi), 
    qo‘zg‘aluvchan 
    qismning 
    noto‘g‘ri 
    mahkamlanishi va hokazolar. 
    Sub’ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir. 

    м 

    қ 

    т 


    50 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish