54
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va
tadbiq etish;
o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya
etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va
hokazolar.
Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir:
1.
Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
2.
Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil
topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
3.
Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar
birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va
ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari
va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab
chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish,
modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni
yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
4.
Me’yoriy-uslubiy (qonuniy) asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat
standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan