66
Uchinchi tomon tarafidan olib boriladigan sertifikatlashtirish ishlab
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng
qo‘llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan
bajarilayotgan
sertifikatlashtirish
tizimini
tashkil
etish
amalda
shuni
ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan. Sertifikatlashtirish tarixini
ko‘rib chiqadigan bo‘lsak bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi assotsiyasiyalar, yirik
iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari shug‘ullanib turli tizimlarni
yaratganlar. Masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar
tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini
sertifikatlashtirish tizimi yaratildi.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan
o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab
olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb
hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning,
kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom
reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatilishdagi havfsizligini ta’minlash
maqsadida texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga
oshiradi.
Akkreditatsiya
– bu nufuzli idora tomonidan, boshqa bir tashkilot yoki
shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to‘la huquqli vakolat berilganligini
e’tirof etishidir.