SIFATNI BOSHQARISH BO‘YICHA ASOSIY




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246626
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

SIFATNI BOSHQARISH BO‘YICHA ASOSIY 
QOIDALAR 
 
2.1
 
Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi, vazifalari va faoliyat turlari 
Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni 
amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab chiqishdan 
iborat. 
Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: 

sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini tashkil 
qilish; 

yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish; 

bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini 
ishlab chiqish; 

sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab 
chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari); 

sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan 
o‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash. 
Sertifikatlashtirish milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasining qonuniy va 
me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi. 
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida quyidagi 
faoliyat turlari olib boriladi: 

mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish; 

sifat tizimlarini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish; 

majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat 
olib borish; 

yuqoridagi keltirib o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert- 
auditorlarni tayyorlash va attestatlash kabi faoliyat turlarini yuritadi. 
O‘zbekiston Sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT) sertifikatlashtirish bilan 
shug‘ullanuvchi chet davlatlar tizimi va tashkilotlar, hamda shaxslari uchun 


63 
sertifikatlashtirish tizimi qoidalarini tan olish sharti bilan ochiq deb hisoblanadi. 
Sertifikatlashtirish mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning quyidagi 
talablarga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ish olib boradi: 

davlatlararo standartlarga (MHD – mustaqil hamdo‘stlik davlatlari); 

mahsulotga talablarni belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida 
qabul qilingan va rasman nashr qilingan me’yoriy hujjatlarga (keyinchalik MH); 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
sertifikatlashtirish 
milliy 
tizimiga 
Sertifikatlashtirish idorasi sifatida a’zo bo‘lgan sertifikatlashtirish tizimlari 
doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga. 
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi 
tizimlar bilan o‘zaro bog‘lanishda faoliyat olib boradi: 

O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi (O‘z DST); 

O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash davlat 
tizimi (O‘z O‘DT); 

O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimi (O‘z AT); 

MDH davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari, shuningdek, bu 
ishni boshqarish uchun maxsus huquqga ega bo‘lgan davlat boshqaruv idoralari 
boshchiligida faoliyat ko‘rsatayotgan muvofiqlikni tekshiruvchi boshqa tizimlar 
(Sanoatgeokontexnazorati, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi) bilan o‘zaro bog‘liqlikda 
faoliyatini olib boradi. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish