64
muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat
tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta
Xalqaro standartlashtirish
tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish
va sinov
laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning
qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik
-
atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha
talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi -
muvofiqlik
bayonoti,
muvofiqlikni
attestatlash,
muvofiqlikni
sertifikatlashtirish
degan tushunchalar mavjud.
Muvofiqlik bayonoti
deb etkazib
beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq
bir standartga yoki boshqa
me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga
olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda "o‘z-o‘zini
sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z- o‘zini
sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi
kafolatni o‘z zimmasiga oladi.