|
Jizzax-2024 M. N. EshonqulovaBog'liq Monografiya - Eshonqulova 2 (1)Rasmdagi izohlar:
1.
Ariza beruvchi zarur hollarda gigienik xulosa olish uchun hududiy
sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan
holda laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va
ob’ektni tekshiradi.
1a. CHorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza
beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kechikmasdan tuman (shahar)
veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi.
1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati
organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo‘lgan aniq
qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob yuboradi.
Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyasiyalash-cheklash (karantin)
choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti
karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi.
1v. O‘simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan
hujjatlar olingan vaktning keyingi kunidan kechikmasdan tuman (shahar)
o‘simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi.
1g. O‘simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda
fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi.
2.
Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya
xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza
beruvchiga gigienik xulosa beradi.
74
Ariza beruvchi
(tadbirkorlik
sub’ekti)
1
Hududiy sanitariya
nazorati organi
(gigienik xulosa)
1a
Veterinariya
uchastkalari
|
| |